Unlilar tasnifi
1. Lablarning
ishtirokiga
ko’ra
Lablashmagan
Lablashgan
Tilning
gorizantal
harakatiga ko’ra
Tilning
Vertikal
harakatiga ko’ra
Til oldi
Til orqa
Tor unlilar
I
U
O’rta keng unlilar
E
O‘
Keng unlilar
A
O
O’zbek tilshunosligida unli fonemalarning boshqacharoq tasniflari ham bor. Chunonchi
B.To’ychiboyevning «O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari», O.Azizovning «Tilshunoslikka
kirish», M.Mirtojiyevning «O’zbek tili fonetikasi» kabi qo’llanmalarda har bir tilshunos unli
tovushlar haqida o’z fikrlarini bayon qilgan.
Shunday qilib, o’zbek adabiy tili, vokalizmining tasnifi va tavsifi masalalari hozirgacha
ancha munozarali bo’lib qolayotganligini anglash qiyin emas. Bunday munozaralarga sabab
bo’layotgan omillar quyidagicha: 1) eski o’zbek adabiy tili vokalizmga xos 9 unlili tizimning
hamda shu tizimga xos juftliklarning (i-iu, u-u, a-a, o-o) hozirgi adabiy til unlilar tizimi ham
saqlanganligini asoslashga intilish; 2)qipchoq lahjasi shevalari unlilarga xos fonologik
xususiyatlarning hozirgi o’zbek adabiy tili vokalizimida borligini asoslash harakati; 3)fonemalar
o’rnida ularning ottenkalarini (variantlarini) ko’rsatish holatlarining mavjudligi va hokazolar.
Unli tovushlar tasnifi va tavsifi masalasi bo’yicha «Unlilarning unsiz taqdiri»
(«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi 1997 yil 4 iyul sonida) nomli maqolada ham bu
borada olib borilgan munozoralar keng talqin etilgan.
Olinma so’zlarda, xususan, arab tilidan o’zlashgan leksik qatlamda unlilar juft va ketma-
ket (qush) tarzda keladi: matbaa, taajjub, itoat kabi. Ko’pincha a,u va i qo’sh unlilari bilan kelgan
arabcha so’zlar o’zbek tilida ko’proq uchraydi.
Qo’sh unlili so’zlar
Juft unlili so’zlar
Manfaat
Inshoot
Mudofaa
Maorif
Soat
Mushoira
Taalluqli
Taassurot
Mutolaa
Taajjub
Matbaa
Badiiy
Tabiiy
Shuur
Itoat
Shoir
Baodob
Qiroat
Muammo
Oila
Muallif
Jamoat
Tekshirish savollari:
1. Vokalizm nima?
2. O’zbek adabiy tili unlilari qaysi fonemalarni o’z ichiga oladi?
3. Unli tovushlar tasnifi nimalarga asoslanadi?
4. O’zbek tilshunosligida hozirgi o’zbek adabiy tili unlilariga oid qanday masalalar
munozarali bo’lib qolmoqda?
5. Unlilar tavsifida nimalarga e’tibor beriladi?
Tayanch tushunchalar.
Unlilar (vokalizm), tasnif, tavsif, lablarning ishtirokiga ko’ra lablashgan, lablashmagan;
tilning vertikal (tik) harakatiga ko’ra yuqori tor, o’rta keng, quyi keng; tilning gorizantal (yotiq)
harakati ko’ra til oldi, til orqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |