O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Bajardi: talaba Bobojonova Sevara



Download 0,64 Mb.
bet2/4
Sana09.01.2020
Hajmi0,64 Mb.
#32759
1   2   3   4
Bog'liq
musiqa mashgulotlarida musiqani idrok etishni orgatish uslublari

Bajardi: talaba Bobojonova Sevara



Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Sh.I.Jalilov



Navoiy – 2015


1


MUNDARIJA.

KIRISH 3

I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA MASHG`ULOTLARI

1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasi…………………………………………….14
1.2. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi…………………………………………….17
1.3. Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari………25



  1. bob. MUSIQA MASHG`ULOTLARIDA MUSIQANI IDROK ETISHNI O`RGATISH USLUBLARI

2.1. Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish………………..29


2.2.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish ………………………………..33

XULOSA VA TAVSIYALAR 41


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 52


2

KIRISH



Mavzuning dolzarbligi: Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.
Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san’atning, xususan, musiqa san’atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:

a.) Musiqa – o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,

b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,
d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.

Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan

3

vazifalardan biridir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda”1, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi.


O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustivor deb e’lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an’analarini va madaniyatini e’zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki



  1. I.A.Karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T. : “Ma’naviyat” , 2009. 141-bet.

4

yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olisah malakasiga ega bo`lishlari ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta’sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantiradigan asosiy omillar, ma’naviy va moddiy hayot uyg`unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog`liq muammolar haqida batafsil ma’lumot berganlar. Ushbu ma’lumotlardan va mulohazalardan kelib chiqqan holda, maktabdagi va maktabdan tashqaridagi musiqa tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, bolalarnihg musiqani to`g`ri idrok eta olish qobiliyatlarini to`g`ri yo`nalishda shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilishi zarur.


Bolalar tomonidan musiqaning idrok etilishi avvalo milliy m usiqalarimizn I idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy merosimizga milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz qatorida alohida e’tibor berila boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir-biridan go`zal mahalliy musiqiy an’analarini, mumtoz musiqa namunalarini tinglab idrok etish va ulardan ma’naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy ma’naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go`zal badiiy ifodasi bo`lishi bilan bir vaqtda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo`lida tinmay mehnat qilayotgan

5

xalqimizga, jamiyatimizga ma’naviy, ruhiy quvvat bag`ishlovchi muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.



Turli san’at turlarini tahlil etib ko`radigan bo`lsak, musiqa san’ati boshqa san’at turlaridan o`ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi. Masalan, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, arxitektura kabi san’at turlarida asar ko`rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo`lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san’atida esa asarni ko`z bilan ko`rib, idrok etib bo`lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo`laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma’lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san’at turlaridagi shakllardan o`zining idrok etilishi, ya’ni eshitish va vaqt bilan bog’liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo`lib, ko`pincha o`zgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi.
Yuqorida sanab o`tilgan jihatlariga ko`ra musiqa san’atining idrok etilishi so`z san’atining idrok etilishiga o`xshab ketadi. Adabiyotda ham asarni rejalashtirish jihatdan bir-biriga o`xshashlik muttasil uchrab turadi. Masalan, romanlar ham garchi ularning syujeti har-xil bo`lsada ularning rejalashtirilishida ma’lum o`xshashlik mavjud. Xuddi adabiy asarlar kabi musiqa asarlari ham turlicha qismlardan

6

tashkil topadi. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi, imotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi ham psixologik, ham tarbiyaviy vositadir.



Ma’lumki, musiqa asarlarining shakli bir butun, yaxlit bo`lishi bilan bir vaqtda turli qismlarga ham bo`lingandir. Bu qismlar bir-biridan ma’no jihatdan u yoki bu darajada farq qiladi. Xuddi adabiy asarlar bo`lim, bob, abzats, gap, jumla va so`zlarga bo`lingani kabi musiqa asarlari ham katta qismlarga, davriyalarga, musiqiy jumlalarga, motivlarga va submotivlarga bo`linadi. Har bir inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, butun umri davomida deyarli har kuni musiqadan zavq olib yashaydi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi. U madaniy hayotimizda keng o`rin tutgan, inson shaxsini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan san’at turidir. Shuningdek, musiqa tarbiyasi insondagi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan bo`lib, uni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirib boradi.
Musiqa asarining tuzilishi musiqa shakli deb ataladi. Musiqa shakli alohida olingan har-bir asarning mazminiga qarab belgilanadi, u mazmun bilan birga yaratiladi va vaqtlarga ajratilgan barcha tovush elementlarning o`zaro bog’liq holda harakatlanishi bilan harakterlanadi.

Musiqa asarlarini tinglab, tahlil qilar ekanmiz, ko`rishimiz mumkinki, har-bir alohida olingan asarning shakli hamisha individual bo`lib, aynan shu asarning o`zigagina tegishli va betakrordir. Lekin ayni vaqtda shakl yaratish qoidalarining miqdori nisbatan cheklangan bo`lib, ko`pchilik asarlar tuzilishi jihatidan umumiy belgilarga egadir. Bu esa shakl turlarini yoki ularning umumiy kompozitsion sxemalarini


7

aniqlash imkonini beradi. Shakl barcha san’at asarlariga xos bo`lsada, u har-xil san’at turlarida turlicha idrok etiladi.

Bolalar tomonidan musiqa idrokining chuqur o`zlashtirilishiga erishish, milliy musiqamizni jahon miqyosida keng targ`ib qilish, ulardagi ilg`or milliy-ma’naviy qarashlarni, yetuk g`oyalarni, progressiv dunyoqarashlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga va qalbiga singdirish, ularga musiqani to`gri yo`nalishda idrok etishni o`rgatish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi.

Mavzuning ishlanganlik darajasi.
Barcha ta’lim muassasalarida, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil etish muammolari o`zbek va jahon xalqlari musiqashunos olimlari, taniqli pedagoglar va psixologlar tomonidan o`rganilib kelinyapti. Bunda musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan mashhur kompozitor D.Kabalevskiy hamda o`zbek musiqashunos olimi, bastakor, mashhur pedagoglarimizdan biri bo`lgan D.F.Omonullayevning xizmatlari juda katta. Ular boshqa musiqashunoslar bilan birgalikda mahalliy uslublarga xos bo`lgan ko`plab o`zbek xalq qo`shiqlari, termalari, laparlari hamda turli bayram va marosim qo`shiqlarini o`rganib, maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan edilar.
Musiqani ongli idrok etish qonuniyatlari bo`yicha izlanishlarda psixologik yo`naltirish, aniq maqsad qo`yish nazariyasi katta ahmiyat kasb etdi. V.V. Medushevskiy psixologik maqsad qo`yish
8

muammosini tinglovchiga nisbatan ko`rib chiqqan. Ilgarilovchi aks etish masalasida esa Anoxin, Bernshteyn, Sokolov, Feygenberg, Elkonin, Uznadze va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan

Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi musiqa o`qitish metodikasining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, u o`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarining to`rtta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish masalasi XX asrdan boshlab ancha rivojlandi. Bu borada musiqashunos olimlar tomonidan anchagina risolalar yozilib, ilmiy ishlar qilindi.

O`zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan musiqa san’atiga ko`rsatilayotgan e’tibor tufayli musiqani idrok etish ni o`rganish ishlariga tobora ko`proq olimlar, musiqashunoslar, sozanda va bastakorlar hamda mohir pedagoglar jalb etilmoqda. Mustaqillik yillarida musiqani idrok etishni tashkil etish uslublarini o`rganish va uni amaliyotda keng qo`llash ishlari tobora kengaymoqda.

Bugungi kunda ijod qilayotgan san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov xalq og`zaki ijodini, xususan, mahalliy musiqa uslublarini o`rganishga katta hissa qo`shish bilan bir vaqtda, musiqa tinglash madaniyati, musiqani idrok etish masalalari bilan ham ijodiy shug`ullanmoqda. U o`z izlanishlarining natijalarini Jamil Sadirov bilan birgalikda 7-sinf uchun yozgan “Musiqa” darsligi (G`.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, Toshkent-2004)ga kiritdi.

Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ko`plab kompozitorlar, musiqiy etnograflar, musiqashunoslar, pedagoglar,
9

psixologlar va ijrochi sozanda hamda xonandalar tomonidan tinimsiz ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtga kelib, butun jahon xalqlarining e`tiborini o`ziga qaratayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o`tkazib kelinmoqda va yildan yilga an’anaviy tus olmoqda. Bu milliy musiqamizning jahon xalqlari tomonidan idrok etilib, e’tirof etilayotganligini bildiradi. Ushbu festivalda Sharq xalqlari musiqiy ijodi namunalari, an’anaviy uslubdagi milliy kuy-qo`shiqlari, mumtoz va zamonaviy milliy musiqa asarlariga xos bo`lgan kuy-qo`shiqlar ham ijro etilib, muvaffaqiyat bilan ishtirok etib kelmoqda.

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida o`zbek xalqi musiqiy ijodi bilan bir qatorda barcha qardosh Sharq xalqlari musiqiy qadriyatlari e’zozlanadi va keng miqyosda targ`ib qilinadi. Shu bilan bir vaqtda “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqa va do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi fikrlarni xulosalagan holda aytish mumkinki, musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar hali o`z nihoyasiga yetgani yo`q va bundan buyon bu boradagi ilmiy izlanishlar yanada yangi bosqichga ko`tariladi, deb ishonch bilan aytish mumkin.

Bitiruv ishining maqsadi:
Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil
10

etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqish. Milliy musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish.



Bitiruv ishining ob’yekti: Musiqani idrok etishni tashkil etish jarayonlarini tahlil etish mobaynida kuzatiladigan ish tajribalari, namunaviy darslar, musiqa mashg`ulotlari hamda shu paytgacha va hozirgi davrda qilinayotgan ilmiy-metodik izlanishlar tahlili.
Bitiruv ishining vazifasi:
1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

  1. O`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

  2. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

  3. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

  4. Kuzatilgan, o`rganilgan tashkiliy jarayonlarni umumlashtirrgan holda tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


Bitiruv ishining metodologik asosi:
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997), O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
11

asari va boshqa asarlaridagi mavzuga aloqador bo`lgan zarur tavsiyalar va ko`rsatmalar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublikada musiqa madaniyatini rivojlantirish bo`yicha chiqargan qarorlari va farmonlari, Prezidentimizning xalqimiz ma’naviy merosidan ijodiy foydalanish haqidagi qimmatli ko`rsatmalari, ilg`or pedagogik tajribalar tahlili va musiqashunos olimlarning shu borada qilgan va qilayotgan ilmiy-ijodiy izlanishlari.



Tadqiqot metodlari:
Kuzatish, o`rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, suhbat, ilg`or tajribalarni o`rganish, test so`rovlari, amaliy mashg`ulotlar.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida, maktabdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib boriladigan barcha musiqiy-ta’limiy, tarbiyaviy ishlarning o`zaro integrallashuvini tahlil qilish, nazariy tamoyillarini o`rganish orqali musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini ho`zaro integrallashtirish nazariyasini ishlab chiqish mumkin.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
Ta’lim muassasalaridagi musiqa o`qituvchilari, musiqa rahbarlari hamda to`garak rahbarlari tavsiya etilayotgan nazariya va metodik tavsiyalardan maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida, maktabdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib boriladigan barcha musiqiy-ta’limiy, tarbiyaviy ishlarni amalga

12

oshirishda hamda bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida samarali foydalanishlari mumkin.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1.Turli nazariy yondashuvlar va amaliyotdagi kuzatishlar tahliliga tayangan holda barcha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiya elementlarini turli variantlarda qo`llash va uning yangi variantlarini izlab toppish hamda shu orqali bolalarning musiqani idrok rtish qobiliyatini rivojlantirish muammosi dolzarb muammo ekanligining asoslab berilganligi.

  1. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarining tajribali o`qituvchilarning ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan darslarini kuzatib, tahlil qilish orqali aniqlanganligi.




  1. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritib berishda didaktik imkoniyatlarning amaliy dars jarayonlarini tahlil qilish orqali mufassal o`rganilganligi.

  2. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiya elementlarini amaliy dars jarayonlarida qo`llash orqali o`quvchilarning musiqani idrok etish sohasidagi individual qobiliyatlarini alohida rivojlantirish bo`yicha ilmiy – metodik tavsiyalarning ishlab chiqilishi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Kirish, ikkita bob,
xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

13

I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish