1-topshiriq. 210-mashq matni ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar tushum kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlar ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar tushum kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlar ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar tushum kelishigidagi otlar doim fe’lga bog‘lanishi haqida bilib oladilar.
211-mashqda berilgan fe’llarga mazmunan mos keladigan tushum kelishigidagi otni tanlab, birikma shaklida yozdiriladi.
Tushum kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi so‘z turkumiga bog‘laydi? Tushum kelishigidagi otlar gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
2-topshiriq. Ekranda chizma va ostida qo‘yish uchun so‘zlar beriladi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri tanlasa, so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bu mashq orqali qaratqich kelishigidagi otlar otga, tushum kelishigidagi otlar fe’llarga bog‘lanishiga oiq bilimlar mustahkamlanadi. Berilgan chizmaga mos otlarni tanlab, birikma tuziladi.
Ayrim o`quvchilar bilan dars davomida “Blis-so`rov” metodidan foydalanib o`tilgan mavzu tekshiriladi. O`qituvchi quyidagi tarqatamani o`quvchilarga tarqatadi. O`quvchilarning tarqatmasida “To`g`ri javob” ustunidagi raqamlar berilmaydi. O`quvchi savolning javob berilgan qator raqamini “O`quvchining javobi” ustuniga yozadi. Javoblarni tekshirish maqsadida “To`g`ri javob” ustuniga to`g`ri javoblar raqmi aytib turish orqali yozdiriladi. O`quvchi o`zining javoblari bilan to`g`ri javobni taqqoslab o`ziga baho beradi.
Savollar
|
O`quvchining javobi
|
To`g`ri javob
|
Javoblar
|
Tushum kelishigi qo`shimchasi
|
|
3
|
Kelishik qo`shimchalar
|
Qaysi qo`shimcha lar yangi ma`noli so`zlarni hosil qiladi?
|
|
1
|
- ni
|
So`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar yana qanday nomlanadi?
|
|
2
|
-chi, –la, –kor, -dosh, -li, -siz so`z yashovchi qo`shimchalar.
|
Kelishiklar soni nechta?
|
|
5
|
Asosdosh so`zlar deyiladi.
|
Bilim? Bilimdon? Bilimli so`zlari qanday so`zlar?
|
|
4
|
6 ta.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash uchun “Assisment” metodidan foydalaniladi.
O‘quvchilar Assisment javoblarini yozib bo‘lgach, o‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni o‘qiydi va o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarilganligini tekshirib boradi va o‘z-o‘zini baholaydi. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
Test. O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi
Otlarda nechta kelishik bor?
6 b) 4 d) 5
Bosh kelishik qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
a) kimni?,nimani?,qayerni?
b) kim?, nima?, qayer?
d) kimning?, nimaning?, qayerning?
Qaratqich kelishigi qo`shimchasi qaysi?
a) –ni b) –ning d) –ga,-ka,-qa
Kitob, daftar, ruchka, qalam so`zlari qaysi kelishikdagi ot hisoblanadi?
a) qaratqich kelishigi
b) jo`nalish kelishigi
d) bosh kelishik
Qaratqich kelishigidagi ot qaysi so`z turkumiga bog`lanib keladi?
a) sifat so`z turkumiga
b) ot so`z turkumiga
d) fe`l so`z turkumiga
V. Darsga yakun yasash va baholash
Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi
Dars davomida rag`bat kartochkalari hisoblab jamlanadi va svetofor shakli hosil bo`lganligini aytadilar. O`quvchilar tomonidan svetofor haqida qo`shiq kuylanadi. O`qituvchi tomonidan hamisha yo`l qoidalariga amal qilish kerakligi uqtiriladi va darsga yakun yasaladi.
VI. Uyga vazifa: 212-mashq.
Topishmoqlarni o‘qing, javobini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |