Oʻzbekiston respublikasi xalq tа’limi vаzirligi nаmаngаn viloyati xalq ta’limi xodimlarini qаytа tаyyorlаsh vа ularning mаlаkаsini оshirish hududiy markazi



Download 0,94 Mb.
bet6/16
Sana08.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#644747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Inomov Jahongir MI 2020

Interfaol metodlar faol metodlarning zamonaviy ko‘rinishi, deb ham qaraladi. “Interfaol” so‘zi (inglizcha «inter» - o‘zaro, «act» - harakat qilmoq), kim bilandir birgalikda harakat qilish, hamkorlik qilishni anglatadi. Interfaol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Faol metodlardan farq qilib, dars jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarni qo‘yilgan dars maqsadlariga erishishiga yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. O‘qitishning interfaol metodlari o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil ishlash, vaziyat va sabablarni tahlil qilish, qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Interfaollik deganda o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. Interfaol o‘qitish, avvalo, dialog tarzda o‘qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir. O‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo‘lgan muloqot o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi; o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga o‘z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi; o‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma- bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi; o‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari etarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo‘lishiga erishish lozimligini anglaydilar; o‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlash orqali qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etilishlariga erishiladi.
Interfaol o‘qitishning asosiy mohiyati shundaki, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
O‘quv materialini o‘rganish, muammoni hal etish bo‘yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o‘quvchilarning hamkorligi har bir o‘quvchiga guruh muvaffaqiyati uchun o‘z ulushini qo‘shishga, ular o‘rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o‘zaro yordam muhitida sodir bo‘lganligi uchun, o‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki o‘zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko‘tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o‘quvchining ustunlik qilishi, uning o‘z fikrini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallaydilar. Interfaol metodlarning fo‘llanilishi o‘quvchilarda, ayniqsa, kommunikativ, milliy va umummadaniy, axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga imkon beradi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘qituvchi metodlarning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq anglashi va o‘z o‘rnida samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi lozim Biologiya fanini o‘qitish jarayonida tanlangan o‘qitish metodlari biologik bilimlar va ko‘nikmalarni egallashni ta’minlashi kerak. Biologiyaning ko‘pgina mavzulari amaliy xarakterda bo‘lib, ularni faoliyat orqali hal qilish talab qilinadi. O‘quvchilar diqqatini nazariy bilimlarni
o‘rganishga va maqsadni arzirli natijalarni qo‘lga kiritishga qaratish kerak, shuningdek, o‘quvchilardan muhim nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda, o‘z ustida mustaqil ishlashlari ham zarurligi talab etiladi.
Nazariy bilimlarni eshitib o‘rganish orqali egallash xotira uchun ma’lum qiyinchiliklarni tuzdiradi va yana o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini buzadi. SHu sababli, o‘z-o‘zini boshqarishni va dars davomida o‘qitishni o‘zida jamlagan o‘qitish metodlaridan foydalanish juda muhim. Amaliy metodlarni qo‘llashning ijobiy natijalari shundaki, ular o‘quvchilarni tanqidiy o‘ylashga, rejalashtirishga, savollarga javob topishga, bahslashishga va yechim topishgaruhlantiradi.
Tabiatga sayohat va o‘quv-yer maydonchasidagi ishlar kabi mashgulotlar o‘quvchida amaliy va bilim, ko‘nikmalarni rivojlantiradi, fanga qiziqishini orttiradi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchining tabiat va atrof-muhitni kuzatishiga sharoit yaratadi, shuningdek, sinf xonasida egallagan bilimlarini sinashga, ularni tajribada qo‘llashga imkon beradi, o‘quvchi bilimi va xulq-atvorida ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish