Malaka ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mavzuni o`rganish borasida o`quvchilar biologik ob`yektlarni tanish, biologik atamalarni ma’nosini anglash, hayot faoliyati jarayonlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi hamda bilim darajasini oshishishiga yordam beradi. Shu bilan birga o`quvchilar inson va tabiat o`rtasidagi jarayonlarni anglab boradi. Natijada o`quvchilarda bilim hosil bo`ladi, o`rganish natijasida ko`nikma , amalyotda qo`llash orqali esa malaka hosil bo`ladi. O`quvchilar mavzuni amalda qo`llash yoki mavzuda o`zlari bevosita ishtirok etishlari natijasida xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bundan tashqari o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini shakllantiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o`zlashtirgan bilimlarni nazorat qilishi va o`zini-o`zi baholash, mantiqiy fikr yuritish jarayonlarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashlariga imkon yaratadi.
Malaka ishining tarkibiy tuzilishi. Malaka ishi 35 sahifadan iborat boʻlib, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
ASOSIY QISM
1. Biologiyani o‘qitishda o`quvchilarda bilish faoliyatlarini shakllantirish.
O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi, tasnifi.
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi sanaladi, boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining o‘qitish metodlari yordamida o‘zlashtirilishiga erishishdir. Metod so‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir. O‘qitish metodlari tom ma’noda o‘qituvchining bilimlarni o‘quvchilar ongiga etkazish va ayni paytda ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
Didaktikada o‘qitit metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga asosan ta’riflanadi: o‘qitish metodi o‘qitish jarayonining o‘ziga xos pedagogik sharoitda ob’ektiv reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni o‘qitish metodlari yordamida o‘quvchilarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi.
O‘qitish metodlari o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag‘batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
O‘qitit metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti bo‘lgan o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir.
Darsda o‘qitish metodlari doimo muayyan birikma holida qo‘llanila- di. Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. Muayyan bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod ustunlik qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo‘ysunadi. Biologiyani o‘qitishda, aksariyat hollarda, ko‘rgazmali metod etakchi o‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo‘ysunadi yoki singib ketadi.
Didaktikada o‘qitit metodlarini tasniflat munozarali masala bo‘lib, tasniflash turli asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan. Akademik I.D.Zverev metodlarni o‘qitish manbalari va o‘quvchilar faollik darajasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashni tavsiya etgan.
Mazkur jadvalda o‘qitish metodlarining 9 ta guruhi keltirilgan:
O‘qitish manbalari bo‘yicha
|
O‘quvchilar faollik darajasiga ko‘ra
|
Reproduktiv (qayta
|
Qisman
|
tadqiqotchilik
|
Og‘zaki
|
+
|
+
|
+
|
Ko‘rgazmali
|
+
|
+
|
+
|
Amaliy
|
+
|
+
|
+
|
Taniqli olim Yu.K.Babanskiy o‘qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan: o‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, ma’ruza); o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari; o‘qitishning amaliy metodlari; o‘qitishning muammoli-izlanish metodlari; o‘qitishning mantiqiy metodlari; mustaqil ishlash metodlari; o‘qitishda o‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari; o‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. Shuningdek, ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligiga ko‘ra metodlarni uchta guruhga ajratiladi: passiv, faol, interfaol.
Do'stlaringiz bilan baham: |