NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANGICH TALIM FAKULTETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANGICH TALIM YO’NALISHI BTS 212-GURUH 2- KURS TALABASI
ZIYOYEVA UMIDANING
ONA TILI FANIDAN
DARS ISHLANMASI
Fan: Ona tili
Mavzu: Bosh gapni to`laligicha izohlovchi ergash gap.
Maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: o`quvchilarning ona tili haqidagi bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash
2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda milliy g`urur , ona tiliga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:
A) Fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarishga o`rgatish.
B) Olgan BKMlarini amalda qo`llash
S) Tezkorlik va sezgirlik qoboliyatini oshirish.
Dars jihozi: savol kartochkalari, kompyuter.
Dars usuli: Klaster, savol-javob, musobaqa.
Darsning vaqtlar bo`yicha taqsimoti:
1. Tashkiliy qism – 5 min.
2. O`tilganlarni so`rash va baholash – 10 min.
3. Yangi mavzu bayoni – 25 min.
4. Mustahkamlash – 3 min
5. Uyga vazifa berish – 2 min.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish: Assalomu alaykim
Davomatni aniqlash : Bugun kim navbatchi, Hamma ishdan darakchi
Navbatchi: Bugun menman navbatchi, Hamma ishdan darakchi
Darsning borishi:
1.O`tilgan mavzuni takrorlash.
O'tilgan darsni “aqliy hujum" metodidan foydalanib takrorlab mustahkamlab olish.
1.Qo`shma gap haqida nimalarni bilasiz?
2.Qo`shma gap necha turga bo`linadi?
3.Ergashgan qo`shma gapda bosh va ergash gaplar qanday ajratiladi?
4. Bosh gap deb nimaga aytiladi?
5.Ergash gap deb nimaga aytiladi?
2. Yangi mavzu bayoni:
ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yoki shunday bog`lovchi vazifasidagi so`zlar yordamida bog`langan qo`shma gaplar ergashgan qo`shma gaplar hisoblanadi. Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman, agan o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. Sayramov to`g`on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi.
BOSH VA ERGASH GAP
Ergashgan qo`shma gaplar, tarkibida nechta gap bo`lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Ergashgan qo`shma gaplar, asosan, quyidagi qolipda ifodalanadi:
Ergashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra so`z birikmalariga o`xshaydi. Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi:
Agar arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradilar. So`z birikmasi tarkibidaga so`zlar nechta bo`lishidan qat’i nazar ikki qismdan – hokim va tobe so`zlardan tashkil topadi: toza havo, o`qilgan kitob, tez yurmoq.
Ergash gap bosh gapdan oldin, bosh gapdan keyin, bosh gap ichida kelishi mumkin: Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg`iz emas. Hali gul ochilmagan bo`lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo`yilgan edi. O`qituvchi, bolalar kelgach, darsga kiradi.
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG`LOVCHI VOSITALAR
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog`lanadi: 1)ergashtiruvchi bog`lovchilar; 2)ko`makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3)yuklamlamalar (-ki, -mi); 4) nisbiy so`zlar (kim – o`sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so`zi va boshqalar. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. Mahkam bog`lang mehnatga bel, chunki mehnat bilan ko`karar el.
ERGASHTIRUVCHI BOG`LOBCHILI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, shart yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab(chunki, negaki), maqsad(toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo), qiyoslash-chog`ishtiruv (go`yo, go`yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog`lovchilari yordamida bog`lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari ergash gap boshida qo`llanada va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: Bu masalani keng muhoqama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. Odobli odam tabibga o`xshaydi, chunki u bilan suhvatlashish ko`ngildagi g`amni quvadi.
Shart bog`lovchilari gapning boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko`pincha shart bog`lovchilari qo`llanmasa ham, va shart mayli shakli qo`shma gap qismlarini bog`layveradi: Ozgina hovliqib turishsa ham, cho`chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo`ladi. (M.M.Do`st)
KO`MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko`makchili qurilmalar vositasida bog`lanadi. Ular bosh gapning tarkibida keladi. Xalq Yusufbek xojidan zarra yomonlik ko`rmagan, shuning uchun u qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi.
Deb SO`ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi uchun ko`makchisi bilan ma’nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi. Ergash gaplar yozuvda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.(H. Olimjon)
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo`shimchasi ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan Vergulbilan ajratiladi. Erga mehringni bersang, u senga rizq beradi.- shart ma’nosi; Yolg`iz qolsak, u menga hech narsa gapirmaydi. – payt ma’nosi.
KO`RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo`llangan ergash gaplar bosh gapga –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo`ladi va ergash gap bosh gapdan Vergulbilan ajratiladi. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib vahra olasan. Ba’zan bu bo`lak qo`llanmasligi ham mumkin, ammo uning o`rni bilinib turadi: Men istaymanki, hamma o`z vazifasini Bijdonan bajarsin.(Men shuni istaymanki…)
Ko`rsatish olmoshili ergashgan qo`shma gaplarda bosh gap oldin keladi: vaxtim shuki, seni uchratdim. Shunisi quvonarliki, sinfimiz o`quvchilari bir-biri bilan axil.
O'quvchilarni baholash :
Darsda yaxshi ishtirok etgan,savollarga javob bergan,mashqlarni tez va to'g'ri bajargan o'quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: Ergash gapning turlariga gaplar tuzish,o'tilgan mavzuga oid ma'lumotlar topib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |