94
tuyg'usini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
tarqatma material, Tohir Malikning «Chorrahada qolgan
odamlar» asari
Darsning rejasi:
1. Grammatik o'yin o'tkazish.
2. Mashq ishlash.
Oxirgi dars «Til bog'iga sayohat» deb nomlanadi. O'qituvchi sinfni besh
guruhga bo'ladi. Har bir guruhdan bittadan o'quvchi ajratib,
ularni
«Kirish», «Ot
o'yin», «Charxpalak», «Sirg'anish»
va
«Halinchak»
maydonlari uchun mas'ul etib
tayinlaydi. Har bir mas'ul qo'lida beshtadan savollar to'plarni bo'lib, guruhlar
navbatma-navbat ularga javob topadi. Savolga to'g'ri javob topgan guruh
maydonchaga kirish huquqiga ega bo'ladi.
I. «Kirish» uchun savollar. Quyidagi gaplar ichidan
olmoshlarni toping va
ularga izoh bering.
I. Shu aziz Vatan barchamizniki. 2. O'z uyingni o'zing asra. 3. Sen ham,
siz ham bir og'izdan chiqadi. 4. Do'stlikni hech qanday g'anim buza olmaydi. 5.
Biz qanday go'zal yurtda yashayapmiz, qarang.
II. «Ot o'yin» maydonchasiga o'tish uchun savollar.
Tohir Malikning «Chorrahada qolgan odamlar» asaridan olingan gaplar
tarkibida kelayotgan ko'makchilarni toping va ularga izoh bering
1. Xuddi shu onda Yer kurrasi atrofida yo'ldosh kabi aylanayotgan yassi
kema sayyoradan uzoqlashib, Somon yo'li tomon uchdi. 2. Bizga faqat bir narsa
— yuksalish uchun ishlash, ishlash uchun yuksalish kerak. 3. Donishmand ikir-
chikirlar bilan emas, ilm bilan mashg'ul bo'lishi kerak. 4. Yerdagi bulo-larni
esladi. Quloqlari ostida suvning shildirashi eshitilib, entikdi. 5. O'zbekning
donishmand allomalari bu qadar ko'p deb sira o'ylamagandim.
III. «Charxpalak» maydonchasiga kirish uchun savollar.
Quyida berilgan so'zlar ichidan 1-guruh bog'lovchi, 2-guruh yuklama, 3-
guruh ko'makchi, 4-guruh undov so'z, 5-guruh taqlid so'zlarni charxpalakka tortib
joylashtirsin.
So'zlar:
keyin, biroq, toki, oh, taq-tuq, hamda, qoshida, iye, shivir-shivir,
hatto, uchun, qaraganda, -him, eh, singari, obbo, shu sababli, voy, milt-milt, -mi,
qars, faqat, -qina, g'iyq, nahotki.
IV «Sirg'anish» maydonchasiga o'tish uchun savollar. X. To'x-taboyevning
«Besh bolali yigitcha» asaridan olingan gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga
yuklamalardan mosini qo'yib ko'chiring.
1. Iye, bu doktor-..! Maktabga kelib hammamizni emlab ketadigan doktor-..!
2. Yig'lama, qani yoshingni art-.., artding..? 3. Qarang-.., dadasi — dedi To'xta
95
xola. 4. Afanding ham o'zingga o'xshagan soddagina ekan-.., a? 5. E, qo'qonlik,
qo'qonliklar... qani o'tiringlar-...
V. «Halinchak» maydoniga o'tish uchun topshiriq.
Tagiga chizilgan
so'zlarning nimaga nisbatan taqlid qilinayotganligini toping va o'sha narsaning
nomini nuqtalar o'rniga qo'ying.
1. Yaqinda shahardan Sobirning tog'alari keldi. Oq «...» da. Sobir rulga
o'tirib olib, «bib-bib»latdi. (S. Mardiyev) 2. Ko'kka chiqdi..., Tun yuzini yoritib.
Misoli tosh chiroqdek, Yonardi ular lip-lip.(S.Ochilov) 3....yeldek uchib borar,
har zamonda: «u-u-uuu», — deb qichqirib ham qo'yyapti. (X. To’xtaboyev) 4....
dumini likillatdi-da, hurdi: «Vovo-vov! Vovvov!» (/. Xolliyeva) 5. ... «duv» etib
qochadi-yu, ko'p o'tmay yana uchib kelishadi. (P. Qodirov)
O'qituvchi darsda faol qatnashgan o'quvchilarni baholaydi. 7-sinfda
o'tilganlarni
umumlashtirib, darsga yakun yasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: