O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


Ona tili o’qitish metodikasi fanining



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana24.08.2022
Hajmi0,88 Mb.
#847628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi

Ona tili o’qitish metodikasi fanining
tekshirish metodlari 
Reja: 
Metodlar (an’anaviy va noan’anaviy) haqida 
1.
Tekshirish metodlariga qo’yiladigan talablar. 
2.
Tekshirish metodlarining turlari. 
A) nazariy metod; 
B) empirik metod. 
3.
Metodikaning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati. 
Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi 
ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, 
yuqori ilmiy darajada aniq va puxta, asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarini ham 
yuqori saviyada, ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi tekshirish metodlarining puxta 
o’tkazilishiga bog’liq.
Tekshirish metodlari 2 xil: 
I. Nazariy tekshirish metodlari. 
U quyidagilarga tatbiq etiladi:
1.Biror hodisaning metodik asosini boshqa bog’liq fanlarni o’rganish qo’yilgan 
gipotezani aniqlash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash uchun.
2.Masala tarixini o’rganish, chet el maktab tajribalarini o’rganish, mavzuga doir 
adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlangan va hal 



qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, 
hozirgi kun talabi bilan baholash uchun. 
3.Bir-biriga yaqin fanlarning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish 
ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining yangi eksperimental 
metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida. 
4.Empirik yo’l bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, 
o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy 
tavsiyanomalarni shakllantirish uchun. 
II. Empirik metod: 
1.Bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini tanlash, 
umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining 
darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi; 
2.O’qituvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning 
biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasi, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi 
va o’quvchilarini anketa orqali tekshirish kabilar qayd etiladi. 
3.Eksperiment metodi hozirgi kunda keng tarqalgan. Unda deduktiv yo’ldan 
boriladi. Eksperimentda 2 sinf tanlanadi. Biri – eksperiment sinf, ikkinchisi – kontrol 
sinf. Eksperiment sinfda yangi metod, yangi darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, 
kontrol sinfda amaliy metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta 
sinflar almashtiriladi. Har ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli 
foydali sanaladi.
Eksperiment vazifasiga ko’ra: 
1.
YAngi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirish; 
2.
Metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini; 
3.
Metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlash uchun 
o’tkaziladi. 
Eksperiment natijasini chiqarishda baho normasiga bo’ysuniladi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Nazariy metod qay holda tatbiq etiladi? 
2.
Empirik metod nima? 
3.
Eksperiment o’z vazifasiga ko’ra necha turli bo’ladi? 
4.
Ilmiy tekshirish bosqichlari va uning vazifalarini ayting. 
5.
Boshlang’ich ta’limda qo’llaniladigan metodlar haqida so’zlang. 
Tayanch atamalar: nazariy tekshirish metodlari, gipoteza, eksperimental 
metodika, empirik metodlar, deduktiv yo’l, eksperiment sinf, tekshiruv sinf, baho 
me’yori, o’quvchilarning bilish faolligini o’stirish, darslik, qo’llanma, nazorat, 
tajriba, an’anaviy, noan’anaviy metodlar. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish