O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


O’qish darslarida ruscha - baynalminal so’zlarni o’rgatish yo’llari



Download 273 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana02.07.2022
Hajmi273 Kb.
#732297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’qish darslarida ruscha - baynalminal so’zlarni o’rgatish yo’llari. 
Dunyoda hech bir til faqat o’z so’zlaridan iborat emas. Har qanday tilda 
ham boshqa tillarga mansub so’zlar ko’plab uchraydi. Hozirgi o’zbek adabiy tili 
lug’at tarkibida ham o’zlashgan qatlam katta qismni tashkil etadi. O’zlashma 
so’zlarni arabcha, forscha-tojikcha va evropa tillaridan kirgan so’zlar tashkil 
etadi. Evropa tillaridan kirgan so’zlar tilshunoslik fanida baynalminal so’zlar 
deb yuritiladi. Baynalminal so’zlarning asosiy qismini ilm-fan va texnikaga oid 
terminlar tashkil etadi. 
Davlatlarning o’zaro aloka va munosabatlari rivojlangan, texnika va 
komьpyuterlar taraqqiy etgan bizning hozirgi asrimizda ijtimoiy hayotning 
baynalminal so’z va tushunchalar kirib bormagan soxasi yo’q. Boshlang’ich sinf 
o’kish darsliklarida berilgan matnlar ham shular jumlasidandir. CHunki "Ta’lim 
to’g’risida"gi konun va "Kadrlar tayerlashning milliy dasturi"da "kelajagi buyuk 
davlat" ning bo’lg’usi etuk kadrlari ilm-fan va taraqqiyotning, zamonaviy 
texnika va texnologiyalarning eng so’nggi yutuqdaridan xabardor bo’lishlari, 
ular asosida bilim egallashlari zarurligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 
Biz bu o’rinda e’tiborimizni 4-sinf o’qish kitobida qo’llanilgan 
baynalminal so’zlar tahliliga qaratmoqchimiz. Darslikda berilgan ilmiy-
ommabob matnlarda 50 dan ortiq baynalminal so’zlar qo’llanilgan. Biroq, 
darslik so’nggida berilgan "Ma’nosi qiyin so’zlar lug’ati"da bu so’zlardan faqat 
bittasigina kiritilgan. (konveyer so’zi), qolgan so’zlar shevaga mansub va 
eskirgan so’zlardan iborat. Bu esa o’qituvchidan katta mas’uliyatni, ko’proq 
izlanish va "jon koyitish"ni talab etadi. CHunki matndagi biror so’zning 
ma’nosini tushunmaslik shu darsdan ko’zda tutilgan maqsadlarning tulaqonli 
amalga oshishiga to’sik. bo’ladi. Masalan, ma’nosi tushunarsiz so’z matn uchun 
muhim ahamiyatga ega bo’lsa uning mazmunini to’la tushunmaslik, bu bilan 
bog’lik holda asar g’oyasini tushunmaslikka olib keladi. YOki o’qish darsining 
o’quvchilarni so’z boyligini oshirish maqsadi amalga oshmaydi. Ana shunday 
holatlar ro’y bermasligi uchun o’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida matnda 


qo’llanilgan baynalminal so’zlar ma’nosini albatta maxsus lug’atlardan ko’rib 
chiqishi va darsda lug’at ishi o’tkazishi zarur. 
Hozirgi vaqtda ruscha baynalminal so’zlar o’zbek tilida so’zlashuvchi 
barcha kishilarning nutqida keng iste’molda bo’ladi. CHunki kundalik 
turmushimizdagi zaruriy extiyojlarning nomlari sifatida o’zbekcha muqobili 
bo’lmagan stol, stul, divan, kravat, shkaf, televizor, ruchka, parta kabi ko’plab 
so’zlar hattoki bog’cha va maktab yoshidagi bolalar nutqida ham uchraydi.
4-sinf o’qish kitobida berilgan matnlar tarkibida 60 dan ortiq ruscha – 
bayalminal so’zlar qo’llanilgan. Ular ichida quyidagi avtomat, robot, motor, 
konveer, kuzov, kapot, bloknot, garderob, koridor, kassa, posilka, stansiya, 
kamer – yunker kabi so’zlar o’quvchilar uchun ma’nosi tushunarsiz, ular 
birinchi marta duch kelayotgan so’zlardir. Bu so’zlar asosan E.Malikovning 
―Assalom, Neksiya‖, A.Fozilovning ―Olti yuz so’m‖, X.To’xtaboevning 
―Do’stlik‖, G.X.Andersonning ―Bolalar gurungi‖ matnlarida qo’llanilgan. 
Biz yuqorida bildirilgan fikrlarimizni darslikning 7-8-sahifalarida berilgan 
Erkin Malikovning "Assalom, Neksiya" matni misolida yoritib bermoqchimiz. 
Bu matn ilmiy-ommabob matn bo’lib, darslikning "Istiqlolim-istiqbolim" 
mavzudagi bo’limida berilgan. Unda mustaqil O’zbekistonning avtomobilь 
sanoati xaqida o’quvchilarga ma’lumot beriladi. Asar g’oyasi esa bolalarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’z vatanining qudrati va yutuqlari bilan 
farxrlanish xissini o’rgatishdan iborat. Ushbu matnda Neksiya, Tiko, Damas, 
avtomobilь, kompьyuter, robot, avtomat, konveyer, kuzov, kapot kabi 11 ta 
baynalminal so’z qo’llanilgan. Kurinadiki, bu darsda o’kituvchidan albatta 
lug’at ishi o’tkazish talab etiladi. CHunki matnda qo’llanilgan baynalminal 
so’zlarning ma’nosini izohdamay turib, uning mazmunini tushunib bo’lmaydi. 
Bunda o’qituvchi lug’at ishini quyidagicha tashkil etadi. Berilgan so’zlarni 
ma’nosi tanish, ma’nosi qisman tanish va ma’nosi mutlaqo notanish kabi uchta 
guruhga ajratib oladi. 1-guruhga -neksiya, tiko, damas, kompьyuter kabi so’zlar 
kiritiladi. O’qituvchi bu o’rinda ana shu narsalarning rangli tasviri tushirilgan 
rasmlarni 
ko’rsatadi. 
Neksiya, 
Tiko, 
Damas 
O’zbekistonda ishlab 


chiqarilayotgan mashinalarning nomi ekanligi aytiladi. 2-guruhga robot, 
avtomat, avtomobilь, zavod kabi so’zlar kiritiladi. Bu so’zlarni izohdashda 
o’qituvchi dastlab o’quvchilarning shu so’zlarning ma’nolari yuzasidan 
tushunchalarni 
aniqlaydi 
va asosiy e’tiborni ana shu tushunchalarni 
kengaytirishga, so’zlarni yangi ma’no qirralari bilan boyitishga qaratadi. 
CHunki bolalar robot, avtomat, avtomobilь so’zlarini uyinchoqlar nomi sifatida 
biladilar. 
Robot - murakkab operasiyalarni ham xuddi odamlardek bajaradigan 
qurilma ekanligini, katta zavodlarda barcha og’ir ishlarni robotlar bajarishini 
aytib o’tadi. 
Avtomat - bolalar tushunganidek o’q otish quroli ma’nosidan tashqari 
kishining bevosita ishtirokisiz, uning nazorati ostida o’z-o’zidan ishlaydigan 
apparat nomi ham ekanligi aytiladi. 
Avtomobilь - so’zi izohlanganda so’zlar tarkibida qatnashuvchi "avto" 
qismi alohida sharhdanadi. Avto - "O’zi" degan ma’noni anglatishi, ya’ni bu o’zi 
yuradigan mashina ekanligi aytiladi. Misol tariqasida avtomat - o’zi 
xarakatlanadigan, avtoportret - o’zining rasmi, avtobiografiya -tarjimai hol 
kabilar izohdanadi. 
3-guruhga mator, konveyer, kuzov, kapot kabi so’zlar kiritiladi. Ularni 
izohdashda ham ana shu narsalarning rasmi tasvirlangan ko’rgazmadan 
foydalanish kerak. 
Mator - mashinaning asosiy qismi bo’lib, yonilg’i xisobiga mashinani 
xarakatlantiruvchi qurilma. 
Konveyer - uzluksiz aylanib turuvchi lentasimon qurilma, uni 
ekskavatorning xarakatlanayotgan gildiragiga o’xshatish mumkinligini aytish 
bolalarda yana ham aniqroq tasavvur uyg’otadi. 
Kuzov - mashinaning ichki detal va g’iddiraklarsiz qismi. Bu so’zni 
izohlashda aynan o’yinchoq mashinani g’iddiraklari echib olingan holatda 
ko’rsatish mumkin. 


Kapot - mashinaning old yoki orqa qismi. Buni ham o’yinchoq mashina 
misolida ko’rsatib berish mumkin. 
Agar bu dars mashinani ishlab chiqarish jarayoni tasvirga olingan 
disklarni nomoyish etish yoki shunday zavodlarga sayohat uyushtirish asosida 
tashkil etilsa - nur ustiga a’lo nur bular edi. CHunki bolalar faqat yangi so’zlar 
bilan tanishib qolmasdan, ularning ma’nosini o’zicha tasavvur etmasdan, balki 
bevosita yangi voqelik, hodisa, tushuncha bilan va bu orqali yangi so’z bilan 
tanishadilar. Ana shunda so’z ularning lug’atidan mustahkam joy oladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang’ich sinflarga chiqarilgan o’qish 
darsliklaridagi baynalminal so’zlarni o’rgatish uchun alohida tayyorgarlik 
ishlarini olib borish o’quvchilar uchun talay afzalliklarga ega: bunda ularning 
borliq va undagi hodisalar xususidagi tasavvuri kengayadi, so’z boyligi ortadi, 
talaffuz imkoniyatlari kengayadi, muayyan so’zning imlosi bilan tanishadilar va 
rus, ingliz, nemis tili kabi chet tillarni oson o’zlashtirishga zamin yaratiladi. 



Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish