Bog'liq mt-137 mtm tarbiyachilari kursi mutaxassislik fanlari uchun
Darsning borishi: I. “Aqliy hujum”MTM da bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha qanday
tushunchalar hosil qilinadi. Tinglovchilar “Zanjir” usulida bittadan tushuncha aytadi. Takroriy
aytilmaydi. Takrorlangan, to‘xtab qolgan o‘yindan chiqadi. O‘qituvchi tahlil qiladi, qo‘shimcha
qo‘shadi.
II. “Kichik guruhlarda ishlash” Tinglovchilar 5 guruhga ajratiladi. 1. Ilk yosh guruh
2. Kichik guruh
3. O‘rta guruh
4. Katta guruh
5. Maktabga tayyorlov guruh
Vazifa “Bolajon” dasturida berilgan ta’lim-tarbiya vazifalarini o‘z guruhi bo‘yicha tahlil
qilish. Plakatda tasviriy illustratsiyalar orqali ifodalash. Oxirida taqdimotini o‘tkazishda xonaning
93
5 ta joyiga plakat ilib qo‘yiladi. Har guruhdan bitta sardor tushuntirib turadi. Guruh
ishtirokchilari barcha plakatlar oldiga borib tushunib oladilar. “Galeriyaga sayohat” usulida
taqdimot o‘tkaziladi.