2.1.7 (A) Mavzu:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq, o‘qish va savodga
tayyorgarligi yo‘nalishi. (2soat ma’ruza)
Maqsad: Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda nutq rivojlanishining
talablari
nutqni tinglash va tushunish;
so`zlashish va muloqot yuritishga qodir bo`lish;
nutq-tovush madaniyatini shakllantirish;
oddiy tahlil va sintez qilish ko`nikmalarini rivojlantirish;
so`z boyligini faollashtirish;
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
bog`lanishli nutqni shakllantirish;
ijodiy hikoya qilishni shakllantirish.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda o`qish va savod malakalari rivojlanishining
talablari haqida tushuncha berish.
Tinglovchilar:- maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining o`ziga xos
xususiyatlari, nutq o`stirish bo`yicha qo`yilgan vazifalar, bolalarning lug‘at boyligi,
tovush talaffuzi, grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirishga o‘rgatish usullari. Bolalar nutqida
uchraydigan kamchiliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |