II. MAKTABNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
2.2. Ta’lim boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba va ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko‘maklashadi.
2.3. Maktab ta’lim-tarbiya ishlari har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
2.4. Bola huquqlarini ta’minlash, uning qadr-qimmatini e’zozlash, bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish mohiyatini shakllantirish maktabning asosiy maqsadidir.
2.5. Maktabning asosiy vazifalari:
- o‘quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
- ta’limning uzluksizligini, insonparvarligini, demokratikligi, ilmiyligi, dunyoviyligi ta’minlaydi;
- iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi;
- o‘quvchilarga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etadi;
- o‘quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
- o‘quvchilarga mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sadoqatlilikni shakllantiradi, davlat ramzlariga (bayrog‘i, madhiyasi va gerbi) hurmatini, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan tarbiyalaydi.
2.6. Maktabda sifatli umumiy o‘rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi:
- bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatini to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tadbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish;
- ahloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli izlanuvchan fidoiy inson, o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog‘lom avlodni yetkazib berish;
- 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish, ularning o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinfida yoki o‘zlari tanlagan akademik litsey va kasb-hunar maktablarida o‘qishlarini davom ettirishlarini ta’minlash;
- maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari uchun kasbiy ta’lim berishni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish;
- 10-11 sinf o‘quvchilarini tanlagan kasblari bo‘yicha o‘quv-ishlab chiqarish majmualariga to‘liq qatnashishlarini nazoratga olish;
-11- sinf bitiruvchilarini oliy ta’limga yoki ularning xohish istaklariga ko‘ra o‘zlari tanlagan kollej va texnikum hamda ishga joylashishlarini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |