- Oxirgi to‘rt yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi;
- Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oya asosida maktab ta’limi tizimida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida va hududlarda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko‘payib bormoqda;
- “Besh muhim tashabbus” dasturi, “Barkamol avlod” markazlari doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun bu yilning o‘zida 36 mingta qo‘shimcha to‘garak tashkil etilib, 874 mingga yaqin bola ularga jalb etildi. Shuningdek, ta’lim muassasalari, kutubxona va o‘quv markazlariga qariyb 100 mingta san’at va sport inventarlari, kompyuterlar, 600 mingga yaqin kitob yetkazib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |