67.Xudoyorxon
Xudoyorxon (1831, Qoʻqon 1884, Karrux, Afgʻoniston) — Qoʻqon xoni (1845—75 yillar, tanaffuslar bilan). Ming sulolasiga mansub. Sheralixonnnyat oʻgʻli. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga oʻtqazilgan. Ammo yosh boʻlganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoklar qoʻliga oʻtadi va ular xoxdaganicha beboshliklar qila boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853 yil qipchoqlar qirgʻini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar oʻldirilgan, Musulmonqul esa Qoʻqonda dorga osilgan. Shu yildan Xudoyorxon davlatni mustaqil idora qila boshlagan. Ammo, tajribasizligi tufayli koʻp xatolarga yul qoʻygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib 1858 yil oʻzini Qoʻqon xoni deb eʼlon qilgan (qarang Mallaxon). Xudoyorxon Buxoroga qochishga majbur boʻlgan. 1863 yil Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qoʻqon taxtiga qayta oʻtirgan. Ammo Musulmonqulning oʻgʻli mingboshi Alimqul xonzodalardan boʻlmish yosh Sayd Sultonmurodni xon deb eʼlon qiladi va Xudoyorxonni yana Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul amir ulumaro boʻlib amalda davlat ishlarini yakka oʻzi boshqarib borgan. Qoʻqon xonligidagi ichki kurashlardan foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864 yil) va Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865 yil Qoʻkrn taxtiga Xudoyqul ("Belboqchixon" degan laqabi ham mavjud) oʻtirgan. Ammo u 14 kundan soʻng xazinani oʻzi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan Xudoyorxon yana taxtga chiqqan. Xudoyorxon davrida qishloq xoʻjaligiga eʼtibor berilgan, yangi anhor va ariqlar qazilgan. Qoʻqonda 1873 yil xon oʻrdasi bitkazilib nihoyasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, Xudoyorxon davrida "Madrasai Oliy", "Madrasai Hokim oyim", "Madrasai Sulton Murodbek"lar qurilgan. Xudoyorxonning farmoni bilan Mahzun (Ziyovuddin Hoʻqandiy) 1696 saxifalik "Shohnoma" asarini yozgan (qoʻlyozma Istambulda saqlanmoqda)
Xudoyorxon davrida xonlik hududi ancha qisqarib, turli soliklar oʻylab chiqilgan. Buning ustiga 1868 yilgi Turkiston generalgubernatori K.P.Kaufman bilan guzilgan "teng huquqli" shartnomaga muvofiq, rus savdogarlariga xonlikning hamma shahar va qishloqlarida boʻlish va karvonsaroylar qurish, rus tovarlarini xonlik hududi orqali boshqa davlatlarga boj toʻlamasdan bemalol olib oʻtish huquqi berilgan; rus savdogarlari qoʻqonlik savdogarlar bilan bir miqdorda boj toʻlaydigan boʻlgan. Xudoyorxon Turkiya va Buxoro bilan yaxshi aloqada boʻlishga, Angliya emissarlari bilan uchrashib, ulardan madad olishga intilgan. Ammo, yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli u K.P.Kaufman bilan koʻproq yaqinlashishga majbur boʻlgan.
Taxt uchun kurashlar, oʻzaro urushlar, soliqlarning koʻpayib ketishi aholi turmushini ogʻirlashtirgan. Natijada xonlikda teztez qoʻzgʻolonlar boʻlib turgan. Shulardan eng kattasi 1873 yil boshlangan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" boʻlgan. Qoʻzgʻolonni bostirishning ilojini topa olmagan Xudoyorxon, barcha xazinani olib K.P.Kaufmandan harbiy yordam olish uchun Toshkentga qochgan, soʻngra Orenburgga surgun etilgan. U bu yerdan qochib Makkaga borgan. Keyinchalik, Qoʻqon xonligining qolgan hududlarini ham Rossiya bosib olgandan soʻng Xudoyorxon K.P.Kaufmanga rasman murojaat qilib siyosiy ishlarga aralashmaslikni vaʼda qilib Qoʻqonga qaytishga ruxsat soʻragan, ammo rad javobini olgan. Xudoyorxon 2-marta murojaat qilgan. Bu ariza senatda koʻrib chiqilib Xudoyorxonga Qoʻqonga qaytishga ruxsat berilgan. Ammo bundan xabarsiz Xudoyorxon yashirin holda Qoʻqonga qaytmoqchi boʻlgan. Yoʻlda vafot etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |