O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi andijon viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi izboskan tumani xalq ta‘limi bo’limi



Download 9,39 Mb.
bet15/78
Sana29.01.2022
Hajmi9,39 Mb.
#416397
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
TARIXIY SHAXSLAR

Mirzo Ulugʻbek

Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruhning oʻgʻli. Buyuk Oʻzbek astronomi (Yulduzshunos) va matematigi.


Tavalludi 22-mart 1394-yil Sultoniya, Ozarbayjon
Vafoti 27-oktabr 1449-yil (55 yoshda).Samarqand yaqinida.. Istiqomat joylari. Millati turkiy (oʻzbek)Sohasi Siyosat, astronomiya, matematika
Mashhur ishlari Ziji jadidi Koʻragoniy nomli asar, sferik geometriya, trigonometriya
Ulugʻbek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Eron va Afgʻoniston Turkistonida hukmdorlik qilgan.
Shaxsiyati
Mirzo Ulugʻbek oʻn beshinchi asrning nobigʻasi, Amir Temurning sevimli nabirasi va Shohrux Mirzoning oʻgʻli boʻlib, asl ismi Muhammad Taragʻaydir. Yoshligidan uni „Ulugʻ bek“ deya izzat qilishgan va yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur boʻlgan. Xat-savod, diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari yosh Muhammad Taragʻayga begona emas edi. U Buyuk Yulduz bilimdoni va riyoziydon boʻlgan, Qur'oni Karimni yoddan bilgan. Ulugʻbekning onasi Gavharshod begim boʻlsa ham, Temur saroyida hukm surgan anʼanaga ko‘ra shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim tarbiyasiga topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga murabbiy qilib tayinlanadi. U yoshligini koʻpincha Oʻrta Sharq va Hindistonda oʻtkazgan boʻlib Amir Temur oʻlimidan keyin Samarqand yaʼni Koshgʻarli Mahmudga koʻra Samizkentda yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni oʻz davlatining boshkenti etib tayinlagach, oʻn olti yoshlik Ulugʻbek 1409-yilda Samarqand boshchisi boʻlib, 1411-yilda esa Movarounnahr xonliklarining erkin hukumdori boʻlgan.
Hukmdorlik yillari
Temur vafotidan soʻng temuriylar oʻrtasida hokimiyat uchun jang avj oldi. Kurashlar natijasida Xuroson va Movarounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. 1409-yilda Ulug‘bek markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrga hukmdor boʻldi. Ulug‘bek bobosi kabi harbiy yurishlar qilmadi. 1425-yilda Shermuhammadxonni yengib, 1427-yilda Baroqxonga magʻlub boʻlgach, 20 yil mobaynida harbiy yurish amalga oshirmadi.
Meʼmorchilik
Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yildaBuxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan.
Ilmiy-madaniy merosi
Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulug‘bek“ — yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (To‘rt ulus tarixi) — tarixga oid.Astronomiya (Yulduzlar bilimi)Mirzo Ulugʻbek sharafiga SSSRpochta markasi.
U 1437-yilda 994 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulug'bek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan[1].
Matematika
Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz o'nlik kasr ya sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan.
Ulugʻbek davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan.
Oʻlimi
Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi[2]. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830 - yilda olmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi



  1. Download 9,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish