BOB. TA‘LIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA
MAVZUNING BERILISHI
3.1. Mavzuni ta‘lim jarayonida amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik
tavsiyalar………………………………………………………………….....47
3.2. Dars ishlanmasi……… ..........…………………………………………..50
XULOSA 57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………… ……........60
3
KIRISH
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. XX asr o‘zbek adabiyotida Mirtemir poeziyasini o‘rganish, badiiy o‘ziga xosliklarini aniqlash, ul arni yaxlit badiiy sistema sifatida tadqiq etish, davr, ijtimoiy voqelik va ma’naviy hayot taqozasi bilan yuzaga kelgan belgilarni kuzatish, Mirtemir lirikasi janrlari sistemasida tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash, mavqeini tahlil va tadqiq etishdan iboratdir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy siyosiy-ijtimoiy sohalarda islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan bir qatorda, madaniy va adabiy merosimizga ham munosabat tubdan o‘zgardi. Bu jarayonda adabiy qadriyatlarning ijtimoiy hayotdagi va komil inson tarbiyasidagi o‘rni hamda mavqeiga e’tibor kuchaymoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy g‘urur va badiiy nafosat urug‘larni undirishda san’at va a dabiyotning o‘rni beqiyosdir. Yurtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek: „Ma‘nav iyat—insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir“. 1
Mashhur faylusuf Hegel ta’biri bilan aytganda „san‘ at obrazlar orqali fikrlashdir“. Badiiy adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur ta‘sir etishning boisi uning obrazli ekanidir. Badiiy obraz ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri bo‘lib, kengroq ma‘noda poetik obraz atamasi bilan ham yuritiladi. Adabiyotning asosida inson obrazi turar ekan, uning ruhiy olamini kashf etish ijodkorning bosh maqsadi hisoblanadi. Ijodkor mahorati ham bevosita inson qalbining kechinmalarini qay darajada haqqoniy tasvirlay olishi bilan belgilanadi. Zero, U Normatov haqli ravishda ta‘kidlaganidek, „Inson va uning tabiati, qalbi, ruhiyati haqiqatini kashf etishda hech bir soha adabiyot bilan tenglasha olmaydi, uning o‘rnini bosolmaydi“ 2.
Ma‘lumki, har bir ijodkor o‘ziga xos iste‘dod sohib idir. Ular inson ruhiyati
1
Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, 2008 –yil, 59-bet
2
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’na viyat, 2000. 98-bet.
manzaralarini faqat o‘ziga xos, boshqlarga o‘xshama gan tarzda kashf etadilar. Chunki, har bir ijodkor shaxsning o‘z ruhiy olami, e’tiqodi, shaxs sifatidagi xislat va fazilatlari turlicha bo‘ladi.
She‘riyat so‘z san’atining boshqa turlariga qaragan da o‘zining nafisligi bilan, his-tuyg‘ularning jo‘shqinligi, obrazlilikni ng serqatlamliligi va ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. Zero, she‘r inson qalbining tub-tubidan otilib chiqayotgan tuyg‘ular tug‘yoni, voqelikka bo‘lgan ehtirosli va murosasiz munosabat ifodasidir. Shu bois she’riyat inson qalbi dramatizmini butun ziddiyatlari bilan, butun po‘rtanalari, isyonlari bilan aks ettirishga qodir bo‘lgan ilohiy qudratga ega kuchdir. Shunga ko‘ra she‘riyat olami, she‘r hodisa si, uning o‘ziga xos tabiati adabiyotshunoslar, faylasuflar, nafosatshunoslarning diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |