Yangi mavzu bayoni: O‘qituvchi Mirtemirnin quydagi she’rini o‘qiydi:
Ha, men turkistonlik,Turkistondanman –
Olis bobolarning oltin tuprog‘i.
Munglik bir jafokash bir jahondanman,
Jafokash jahonning qadim aymog‘i.
Mirtemir haqida adiblarning fikri slaydda namoyish etiladi.
Mirtemir ulkkan shoir, jonajon do‘st tengi yo‘q dil kash inson edi.
Mirtemirni hamisha mashhur qalamkash salafllari qatorida barhayot deb bilamiz.U biz uchun G‘afur G‘ulom, Oybek, Shayxzoda va o‘zbek adabiyotining katta avlodiga mansub boshqa sa’natkorlar bilan yonma-yon turadi.
Chingiz Aytmatov
O‘zbek xalqining ardoqli shoiri Mirtemir hamisha barhayot. U xalqimizning qalbida avlodlarimizning mehru-muhabbatida, shoirning maktabida o‘qigan, o‘qiyotgan qanchadan-qancha yosh adiblarimizning olmas iste’dodlarida, qoshiqlarimizning baland avjida mangu yashaydi.
Komil Yashin
So‘ng Mirtemir ijodini esga olish uchun 5-sinfda o‘ rganilgan she’riyatidan namunalar o‘qib eshittiriladi, buning uchun “Eshitamiz topamiz” , usulidan foydalaniladi. Bu usul shartiga ko‘ra o‘quvchilarga kompyuter orqali shoir sherlaridan parchalar eshittiriladi, o‘quvchilar esa she’r nomini topishi kerak bo‘ladi.
Ko‘k yuzida pag‘a bulu t – oq bulut,
Oq bulutdan sut oqarmi yoki qut?
Pag‘a bulut - yahshi ko‘klam elchisi,
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi....
Javob: “Bulut” she’ridan
Bizning qishlog‘ tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ b ag‘rida
Do'stlaringiz bilan baham: |