11
qiladigan narsalarga his-tuyg’usi, diqqat-
e’tibori, taqlid qilishi va tasavvur etishi
sabab bo’ladi. Lekin ularda hali hayot tajribasi to’liq shakllanmagan bo’ladi. Shunga
ko’ra
tarbiyachi, ota-ona va boshqa katta yoshlilar bolada muomala ehtiyojini ijtimoiy
ehtiyojga aylantirishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tarbiyaviy ta’sir etish pedagogik
jihatdan to’g’ri bo’lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada xulq madaniyatini
shakllantirishda zarur deb hisoblanadi.
Lekin bularning barchasi quyidagi shart-sharoitlarda amalga oshishi maqsadga
muvofiq:
- bolalar muassasasida katta yoshlilar o’rtasida o’zaro sog’lom munosabatni
vujudga keltirish;
- tarbiyachi-murabbiylar bilan ota-onalar o’rtasida o’zaro munosabatlarni to’g’ri
yo’lga qo’yish;
- katta yoshlilar bilan bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ta’sir doirasini
faollashtirish;
- guruhlarda, mashg’ulotlarda kun tartibini qat’iy yo’lga qo’yish;
- guruhlarni mashg’ulotlar uchun zarur fshyolar bilan ta’minlash;
- bolalarda o’z atrofini o’rab olgan muhitga nisbatan ijobiy his-tuyg’uni vujudga
keltirish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xulq madaniyatini
tarkib toptirishni
an’anaviy tarzda quyidagi muhim tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin:
1.
Faoliyat madaniyati
2.
Muomala madaniyati
3.
Gigiyenik madaniyat ko’nikma va malakalari.
Faoliyat madaniyati bolalarning mashg’ulotlarda, o’yin jarayonida, mehnat
topshiriqlarini bajarish davomida tarkib topa boradi.
Faoliyat madaniyatini shakllantirish – bu bola mehnati, o’yin va mashg’ulotlar
paytida o’z joyini tartibli va saranjom-sarishta saqlash, boshlagan ishini oxiriga
yetkazish, o’yinchoqlarini va o’ziga tegishli boshqa narsalarni tartibli saqlash va
boshqalardan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’z faoliyatlarini boshqara olishga odatlana
boradilar. Xulqida o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu ularning o’yin, mehnat, mashg’ulotlar
uchun kerakli narsalarni tayyorlay olish, mashg’ulotlarga qiziqish
bilan qatnashish kabi
faoliyatida shakllana boradi. Faoliyat madaniyatning mezoni sifatida maktabgacha
12
tarbiya yoshidagi bolalarning ixtiyoriy mehnat qilishiga ishtiyoqi, bajarayotgan
ishiga qiziqishi, uning mohiyatini tushunish, mustaqil va faol harakat qilish, o’z faoliyati
natijasiga befarq qaramasligi, mehnat faoliyatida o’rtoqlariga va boshqalarga o’zaro
hamkorlik kabi faoliyatni olishimiz mumkin.
Muomala madaniyatiga bolaning o’z tengdoshlari va katta yoshlilar bilan
munosabat qoidalari va me’yorlariga rioya etishi, ya’ni xushmuomalalik, o’zaro hurmat,
til boyligining rivojlana borishi, jamoat joylarida va ko’pchilik orasida, turmush
sharoitida o’zini tutu bilish qoidalari kiradi. Bu xislatlar bolada hali hayotining dastlabki
kunlaridan boshlab o’rgatilib borilsa, 5-6 yoshlarda esa bolani o’z hissiyotlarini boshqara
olishi, o’z atrofdagilariga hurmat-ehtirom
bilan qarashni shakllantirish, undagi tantiqlik,
xudbinlik, shaxsiyatparastlik xislatlarining oldini olishga yordam beradi va muomala
madaniyati tarkib topa boshlaydi.
Muomala madaniyatining shakllanishida, albatta, nutq sofligi va nutq madaniyati
muhim rol o’ynaydi.
Muomala madaniyati bolada o’trog’ining so’zini diqqat bilan tinglashi, nutqda
samimiyligi, yumshoqligi, so’zlashayotganda tinch,
xotirjamlikni saqlashi, “Siz” deb
murojaat etishi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Muomala
madaniyatini
garchi,
tarbiyachining
ta’lim-tarbiyaga
oid
mashg’ulotlarda, puxta tuzilgan muloqotlar jaryonida tarkib toptirish birmuncha qulayroq
bo’lsa ham odatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning mustaqil faoliyati
jarayonida, kundalik turmush sharoitida samaraliroq kechadi. Lekin bunday holatlarda
ham tarbiyachi, ota-ona maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning og’ib ketmasligiga
e’tibor berishi kerak.
Bolalarda madaniy-gigiyenik malakalar tarkib topishining samarali davri
maktabgacha davr bo’lib hisoblanadi. Tozalikka rioya etish, kiyim-bosh,
tanasini toza
tutish, faqat gigiyena talablariga rioya etish uchungina emas, balki xulq-odob qoidalariga
ham rioya etilishi sanaladi. Bola o’z tashqi qiyofasi bilan ham boshqalarga yaxshi
taassurot qoldirishi, xulq madaniyatining muhim talablaridan ekanligini anglab yetishi
zarur.
Tarbiyachilar va ota-onalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni kiyinish
madaniyati, tozalikka va ovqatlanish madaniyatiga rioya etishi inson uchun hamma vaqt,
umrining oxirigacha zarur ehtiyojga aylanishiga erishishlari kerak.
13
Albatta, maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarda xulq madaniyatini
shakllantirish bog’chalarda o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Bunda biz, eng avvalo, o’zbek
xalqining o’ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi milliy qadriyatlardan samarali
faydalanish,
bolalarning yosh xususiyati, oilalaridagi muhit hamda psixologik va
pedagogik talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: