Mundarija:
Kirish.
………………………………………………………………………..3-7
I bob.
Atoqli otlarni o‘tish usullari. ……………………………………….. 8-40
1.1. Atoqli otlarning turlari va ularni noan’anaviy usulda o‘tish. ….... 8-21
1.2. Tarixiy sana va bayram nomlarini anglatuvchi otlarni noan’anaviy
usulda o‘tish. ……………………………………………………………….22-40
II bob.
Turdosh otlarni o‘tish usullari. …………………………………… 41-54
2.1. Turdosh otlar va uning ma’noviy guruhlari. …………………..41-50
2.2. Turdosh otlarni noan’anaviy usulda o‘tish. ………………….. 51-54
III bob. Bitiruv malakaviy ishining amaliyotga tadbiqi. .......................55-57
3.1. Bir soatlik noan’anaviy dars ishlanmasi
Xulosa………………………………………………………...…………….58-59
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………60-61
Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
bitiruvchi kurs talabasi Shermatova Dilraboning “Otlarning ma’no jihatidan
turlari va uni maktabda o‘tish usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Mazkur bituruv malakaviy ishi ma’lum reja asosida yozilgan. Rejada
ko‘rsatilgan barcha savollar ona tili o‘quv uslubiga moslangan holda ijodiy
yozilgan, ish uch bob va xulosadan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va bu borada
ilmiy va nazariy ma’lumot bergan tilshunos olimlar haqida to‘xtab o‘tgan.
Ikkinchi va uchinchi boblarda esa bitiruvchi ot mavzusini o‘tishda tayyor bilim
berish shuningdek aqliy hujum, mashq bajarish o‘quvchilarning bilim darajasini
mustahkamlashdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tadi.
Ayniqsa uchinchi bobda bilimning amaliyotga tadbiqi haqida mulohaza
yuritadi. Muallif bilimlarning qanchalik chuqur egallash talabaning faqatgina
talabaning amaliyot, mashq natijasi belgilab berishini ta’kidlab ko‘rsatadi.
Ishda ot va uning ma’no turlari haqida o‘quvchilarga axborot berganda,
uning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa so‘z turkumlaridan asosiy farqi nimada
ekanligini yangicha ravishda tushuntirishni, bu borada o‘qituvchining vazifasini
ko‘rsatib beradikim, bu ko‘pgina o‘qituvchilarga namunali vazifasini bajaradi.
Ishning xulosa qismida yuqorida ko‘rsatilgan boblarda otlarning ma’no
jihatidan turlari va uni maktabda o‘tish usullari masalalariga alohida e’tibor
qaratiladiki,bu borada 6-sinflar uchun ona tili darsligida berilgan otlarning
ma’no jihatidan turlari va uni maktabda o‘tish usullari ishlab chiqilganligining
guvohi bo‘ldik.
Shunday qilib, Shermatova Dilraboning bu ishi bitiruv malakaviy ish
yozishning barcha talablariga javob beradi. Ayrim arfografik xatolarni e’tiborga
olmaganda, ish yaxshi yozilgan. Bitiruv malakaviy ishini yuqori bahoga loyiq
deb hisoblayman.
Taqrizchi:
prof.X.Jo‘rayev
Do'stlaringiz bilan baham: |