Rolli o’yinlar. O’qitishning bu metodida “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi. Eslab qolish qobiliyatini kuchaytiradi.
Qo’llanilishi:
-yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda;
-o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llab ko’rishga chorlashda;
-o’quvchilarning faolligini yanada oshirish uchun.
Afzalligi:
-“real hayot”ni qayta tiklash;
-o’quvchilarni mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;
-o’quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko’rish imkonini berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |