O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


I - BOB. IJTIMOIY PSIXOLOGIYaDA  ShAXS MUAMMOSINING



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana19.06.2021
Hajmi0,6 Mb.
#71069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi (1)

I - BOB. IJTIMOIY PSIXOLOGIYaDA  ShAXS MUAMMOSINING 

NAZARIY METODOLOGIK MASALALARI 

 

1.1. Ijtimoiy  psixologiyada shaxs masalasining     metodologik  asoslari 

 

Ijtimoiy  psixologiya  boshqa  bir  qator  ijtimoiy  fanlar  bilan  uzviy  bog’liq. 

Ular  qatoriga-  sosiologiya,  pedagogika,  falsafa,  umumiy  psixologiya  fanlarni 

kiritish  mumkin.  Sosiologiya  ijtimoiy,guruhiyva  individual  qadriyatlar  va 

normalarning tabiati hamda xarakterini o’rganadi. Ijtimgoiy psixologiyada esa ular 

shakllanishining  aniq  xususiyatlari  hamda  u  yashaydigan  makro  va  mikro 

muhitning  ta’siri  hisobga  olinadi.Agar  sosiologiya  shaxs  ijtimoiy  faolligining 

manbalarini  tushuntirib  bersa,  ijtimoiy  psixologiya  esa  bu  faollikning  namoyon 

bo’lish  qonuniyatlarini  va  yo’llarini  tadqiq  etadi.Sosiologiya  turli  xil  insoniy 

guruhlar  ichidagi  shaxslararo  aloqalarning  ijtimoiy  mohiyatini  ochibberadi. 

Ijtimoiy  psixologiya  esa  bu  munosabatlar  har  bir  alohida  kishining  faoliyatida  va 

ayrim  guruhlarda  qanday  namoyon  bo’ladi  hamda  ularning  shaxs  sifatlari 

shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri qiziqtiradi. 

Pedagogikada  qo’lga  kiritilgan  tajribalardan  foydalanar  ekan,  ijtimoiy 

psixologiya shaxs va jamoaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish samaradorligini oshirish, 

ta’lim  tarbiya  jarayonlarini  takomillashtirish  yo’llarini  ochib  beradi.  Ijtimoiy 

psixologiya  pedagoglarni  jamoalar,  ularda  shaxslararo  munosabatlarni  psixologik 

tahlil qilishning ilmiy usullari bilan qurollantiradi va bu orqali eng muhim masala 

yangi  insonni  shakllantirish  vazifasini  hal  qilishga  yordamlashadi.  Shuningdek, 

psixologiyaning  har  bir  tarmog’ida  bo’lgani  singari  ijtimoiy  psixologiyani 

o’rganish ham umumiy psixologiyani o’rganishdan boshlanadi, chunki psixikaning 

umumiy  qonuniyatlarini,  asosiy  tushunchalarini  chuqur  bilmasdan  turib,  ijtimoiy 

psixologiya hal qilishi lozim bo’lgan muammolarni ko’rib chiqish mumkin emas. 

Ijtimoiy psixologiya fanining asosiy yo’nalishlari: 

1.Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini o’rganishdan iboratdir. 

2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o’rganish. 




 

3. Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar 



4. Oila—ijtimoiy psixologiyaning o’rganish obyekti   

 sifatida. 

Birinchidan,  uning  asosiy  yo’nalishi  kichik  guruhlar  va  jamoalar 

psixologiyasini  o’rganishdan  iboratdir.  Har  bir  shaxs  hamisha  malum  ijtimoiy 

guruxlap  doirasida  faoliyat  ko’rsatadi.  Bu  uning  oilasi,  mehnat  jamoasi,  ko’cha-

kuydagi  norasmiy  guruhdagi  do’stlari  davrasi,  o’quv  jamoasi  va  hokazolardir. 

Shaxsning  yakka  va  turli  guruhlar  doirasida  o’zini  tutishi,  xulq-atvori,  mavqyei, 

unga  o’ziga  xos  guruhiy  ta’sirlar,  guruhdagi  shaxslararo  moslik,  liderlik,  guruhiy 

taz’yiqqa  beriluvchanlik  kabi  qator  hodisalar  aslida  o’sha  guruhlarni  boshqarish, 

o’zaro munosabatlar sharoitini  yaratish - bu  odamlarni samarali  o’zaro muloqotga 

o’rgatishning  zaruriyatidir.Guruhlardagi  kishilar  o’rtasida  o’zaro  muloqot,  o’zaro 

bir-biriga  ta’sir  usullari,  odamlarni  samarali  muloqotga  o’rgatish  ham  guruhlar 

ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi. 

Ikkinchidan,  shaxsni  ijtimoiy  psixologik  o’rganish.  Shaxsning  ijtimoiy 

psixologik  qiyofasi  masalasi  ham  bugungi  kundagi  o’zgarishlar  va  manaviy 

jihatdan  poklanish  davrida  o’ta  muhim  sohadir.  Shaxsni  ijtimoiy  psixologik 

o’rganish  tadqiqotlarining  obyekti  sifatida  qaralganda,  avvalo  uning  xulq-atvori, 

ijtimoiy  motivlari,  uning  yo’nalishlari,  xulq-atvor  normalari,  shaxsning  jamiyatda 

turli  ijtimoiy  rollari,  mavqyei,  ijtimoiy  qo’shilish  omillari-ijtimoiylashuvi; 

shaxsning  o’z-o’ziga  bahosi,  munosabati,  hurmati  hamda  ijtimoiy,  tarixiy  va 

madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o’rganiladi. 

Uchinchidan, Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar 

Jamiyat  miqyosida  ro’y  beradigan  ommaviy  hodisalar  ijtimoiy  psixologiya 

uchun  tadbiqiy  ahamiyatga  ega.  Ijtimoiy  psixologiyada  ommaviy  hodisalar 

deganda  turli  kishilar  guruhida  shaxslararo  munosabatlar  va  o’zaro  ta’sir 

jarayonlari;  milliy  etnopsixologiya  hamda  sinflar  psixologiyasi  muammolari; 

milliy 

madaniyat, 

urf-odatlar, 

an’analar, 

udumlar, 

aqidalarning 

shaxs 

shakllanishidagi  roli;  olomon  psixologiyasiga  oid  psixologik  qonuniyatlar;  turli 




 

guruhlarda  odamlarning  bir-birini  idrok  qilishlari  va  tushunishlari,  o’zaro  ta’sir 



masalalari tushuniladi. 

Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning 

tasirini  inkor  etish  -  masalaga  bir  yoqlama  yondashish  bilan  barobardir.  Masalan, 

shaxs uchun u  mansub bo’lgan millat, elat  yoki xalqning ruhiyati, uning  ongidagi 

asrlar  davomida  saqlanib  kelayotgan  ananalar,  rasm-rusumlar,  aqidalar,  udumlar, 

faoliyat stereotiplari kabilar o’z muayyan tasir kuchiga  ega. 

To’rtinchidan,  Oila—ijtimoiy  psixologiyaning  o’rganish  obyekti  sifatida. 

Oila—ijtimoiy  psixologiyaning  o’rganish  obyekti  sifatida.  Bu  yerda  oilaga  xos 

psixologik  jarayonlar,  oila  a’zolarining  bir-birlariga  munosabatlari,  nikohdagi 

o’zaro  moslik  masalalari,  oilaviy  mojarolarning  psixologik  omillari,  oilada  bola 

tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o’rganiladi. 

Ajratilgan vazifalardan yana biri  shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya 

o’zi  bilan  bevosita  aloqador  bo’lgan  boshqa  psixologiya  tarmoqlari  bilan 

hamkorlikda keskin o’zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo’ladi, u 

bu  o’zgarishlarni  qanday  idrok  qilmoqda,  uning  hayotiy  mavqyeini  qanday  qilib 

maqsadga  muvofiq  tarzda  faollashtirish  mumkin,  degan  savollarga  ilmiy 

asoslangan javob topib berishdir. 

Boshqaruv  psixologiyasi,  sanoat  va  ishlab  chiqarish  psixologiyasi  ham 

shunday  guruhiy  jarayonlarning  qonun  va  qoidalarini  tadqiq  etish  tufayli  ajralib 

chiqqan tadbiqiy sohalardir. 

Ijtimoiy psixologiya o’rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o’tilgan 

muammolarni  o’z  ichiga  olgan  masalalardan  biri  -  6u  muomaladir.  Psixolog 

olimlarnnng  fikricha,  bugungi  kunda  ijtimoiy  psixologiyaning  predmeti  ham  va 

uning  doirasida  o’tkaziladigan  barcha  tadqiqotlarning  umumiy  obyekti  ham 

muomaladir. Uning inson hayotida tutgan o’rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar 

sharoitida  samara  beradigan  muomala  turlari  va  uslublarini  yoritish,  uning  sof 

psixologik  mexanizmlarini  tadqiq  etish,  fanning  eng  muhim  tadbiqiy 

yo’nalishlaridandir.  Shuning  uchun  ham  har  bir  konkret  sharoitda  shaxslararo 




 

10 


muloqot 

samaradorligini 

oshirish 

omillarini 

o’rganish 

hozirgi 


ijtimoiy 

psixologiyadagi muhim muammolardandir. 

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 

1)  faaliyat  sohasi,  ya’ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita 

yoki bilvosita jalb etilgan bo’lib, bu jarayonda faoliyatlar jabhasi, sohasi kengayib, 

boyib  boraveradi.  Har  bir  faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va 

ko’nikmalarni,  bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo’lidagi  aktivligi  unda 

o’ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 

2)  muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o’smirlik 

davrlaridagi  muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni 

paydo  qiladiki,  buning  natijasida  u  faol  hayotiy  mavqyega  ega  bo’ladi,  jamiyatda 

o’z o’rnini tasavvur qilishga erishadi. 

3)  o’z-o’zini  anglash  sohasi,  ya’ni  ''Men"  obrazining  yil  sayin  o’zgarib  borishi 

jarayoni  bo’lib,  avval  o’zini  boshqalardan  farqliligini,  o’zicha  mustaqil  harakat 

qilish,  mustaqil  fikr  yurita  olish  qobiliyatini  anglash,  so’ngra  esa  o’z-o’zini 

baholash,  anglash,  nazorat  qilish-  xususiyatlari  rivojlanadiki,  ular  ham  faol  shaxs 

psixologiyasining tarkibiy qismidir. 

Shaxs  ijtimoiylashuvining  ushbu  bosqichlari  mavjud.  Masalan,  birinchi 

bosqich—mehnat  faoliyatigacha  bo’lgan  bosqich  bo’lib,  unga  bolaning 

maktabgacha 

yosh 

davri 


hamda 

o’qish 


yillari 

kiradi. 


Bu 

davrdagi 

ijtimoiylashuvning  ahamiyati  va  o’ziga  xosligi  shundaki,  bu  davrda  asosan  tashqi 

ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga 

tayyorgarlik borasida muhim bosqich o’tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati 

davri — bu davr  odamning  yetuklik  yillari bilan bog’liq bo’lib, avvalgi davrlarda 

singdirgan  ijtimoiy  ta’sirlarni  bevosita  faol  faoliyatda,  shaxslararo  munosabatlar 

sistemasida  namoyon  etadi.  Kasbga  ega  bo’lib,  aniq  hayot  yo’lini  tanlagan, 

turmush  qurib,  kelgusi  avlodni  tarbiyalayotgan  shaxsda  namoyon  bo’ladigan 

barcha  ijtimoiy  fazilatlar  shu  davrning  mahsulidir.  Nihoyat,  uchinchi  bosqich  — 

mehnat  faoliyatidan  keyingi  davr  bo’lib,  bunga  asosan  aktiv  mehnat  faoliyatidan 

so’ng  qarilik  gashtini  surayotganlar  kiradi.  Bu  davrda  ham  shaxs  ijtimoiylashuvi 




 

11 


davom  etaveradi,  chunki  endi  ilgarigi  davrlarda  orttirilgan  tajriba  boshqalarga 

uzatiladi, shunga ko’ra shaxs strukturasida ham xususiy o’zgarishlar ro’y beradi. 

Bu jarayon ro’y  beradigan sharoitlar —  muassasalar xususida  gapiriladigan 

bo’lsa,  turli  davrlarda  oila,  bolalar  muassasalari,  maktab,  boshqa  dargohlari, 

mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish