O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat



Download 440 Kb.
bet1/20
Sana20.02.2021
Hajmi440 Kb.
#59450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy



O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
abdulla qodiriy nomli jizzax davlat

pedagogika instituti

PEDAGOGIKA kafedrasi

5141600 – Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

Milliy-ma’naviy qadriyatlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish tizimi”(Odobnoma, o’qish darslari) misolida mavzusida bajarilgan
Bitiruv malakaviy ishi
Bajaruvchi: Zokirova Laylo

Ilmiy rahbar: p.f.n. Kushvaktov N.X.

Ishni himoyaga tavsiya yetaman: p.f.n. Kushvaktov N.X._______



Kafedra mudiri: P.f.n. dosent Kushvaktov N.X ___________

(Ismi va sharifi) (imzo)



Jizzax - 2011

M U N D A R I J A






KIRIS’H……………………………………………………………... 3




I BOB

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MILLIY MA’NAVIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH ASOSLARI………………………………………………..

5





1.1.

Boshlang’ich ta’limda milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanishning ijtimoiy asoslari………………………….

5





1.2.

Milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning nazariy asoslari……………………………...………………...……

16





II BOB

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MILLIY-QADRIYATLARNI SINGDIRISH TEXNOLOGIYASI……………………………………….

25





2.1.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma darslari orqali milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish..............

25





2.2.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy ma’naviy qadriyatlarni o’qish darslarida singdirish texnologiyasi……………………………………….…….

37








Umumiy xulosa……………………………………………

43







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………

44


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda O’zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlatni qurish va uning istiqbolini ta’minlash borasida mustaqillikning ilk kuniyoq e’lon qilgan edi. Ota bobolarimizning boy ma’naviy merosini singdirish bugungi kunning eng asosiy muammolaridan biridir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida “...insonga xos orzu intilishlarni ro’yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy olamini bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak o’ylaymanki o’rinli bo’ladi”[4] degan fikrlari zamirida o’sib ulg’ayib kelayotgan yoshlar ongida borliq va uning ma’naviy olamini singdirish zaruriyati yotadi.

Yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan sug’orishda ularni qadriyatlarga nisbatan e’tiqodli qilib tarbiyalash o’ta muhim vazifadir. Iqtisodiy va moliyaviy inqirozning oldini olishga qaratilgan sayi harakatlaridan foydalanib shu bilan bir qatorda I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o’zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yo’llari va choralari” [5] asaridan unimli foydalanishni yo’lga qo’yish kerak.

Buning uchun emas biz pedagoglar yoshlarni ota-bobolarimiz meroslariga hurmat nuqtaiy nazardan yondashishga o’rgatishda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib ma’naviy – ma’naviy qadriyatlar bilan dars mazmunini boitib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu qonun va milliy dasturda o’quvchilarning ongi va qalbiga miliy-ma’naviy qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan qarashni ularni e’zozlagan holda kundalik hayotida ularga amal qilish ko’nikmalarini shakllantirishga alohida urg’u berilgan.

Bizga ma’lumki ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar ongiga va qalbiga milliy–ma’naviy qadriyatlarni singdirish muhim tizim hisoblanadi. Milliy–ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilari ongi va qalbiga singdirishda odobnoma va o’qish darslaridan keng foydalanib insoniy fazilatlarni shakllantirishga harakat qilinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini dars jarayonlarida milliy-ma’naviy qadriyatlarga o’rgatib borish bugungi kunning asosiy talabidir.

O’quvchilar ongiga va qalbiga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali, pok qalblarda insoniy fazilatlarni tarkib toptiriladi. Bugungi kundagi ta’lim – tarbiya jarayoni oldida turgan bosh masalalardan biri ham aynan shu bilan belgilanadi. Milliy-ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilari hayotida aks ettirish lozim sanalgani bois ham biz tomondan yoritilayotgan bitiruv malakaviy ishining mavzusi o’z dolzarbligini ta’kidlaydi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi: milliy – ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish muammolari bilan bir qator pedagogik olimlar shug’ullanganlar. Bulardan p.f.d. professorlar S.Nishonova., O.Musurmonova., R.Mavlonova., J.Hasanboyev, O.Hasanboyeva hamda t.f.d. xalqaro pedagogika fanlar akademiyasi akademigi X.To’raqulov, p.f.n. N.Kushvaktov va boshqalarni misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkin.

Tadqiqotning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladigan uslubiy tavsiyalar yaratish.

Tadqiqot obekti: Boshlang’iya sinf o’quvchilariga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni.

Tadqiqot premeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishning mazmuni, shakli, metodlari.

Tadqiqot metodlari: Boshlang’ich ta’limga oid adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish suhbat, bahs, axborot texnologiyalaridan foydalanish.


Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish