Tarbiyaning vazifalari zamonaviy pedagogikaning yutuqlaridan foydalangan holda komil insonni tarbiyalashdagi eng muhim muammolar ustida bosh qotiradi va uni bajarishga erishadi.
Bunday muammolar yechimi barcha tarbiya maskanlari qatori boshlang’ich ta’limda o’z aksini topgan.
Unda o’quvchilarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda “Odobnoma” darsiga qo’yilgan talablar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Standartda 1-4 sinflarda “Odobnoma” fanini o’qitishda o’quvchiga qo’yiladigan bilim, ko’nikma va malakalar, uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab boriladi, mavzular biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi. 1-sinfda dastlab o’quvchiga salomlashish odobi o’rgatilsa, 2-sinfda “So’zlashish odobi”, 3-sinfda “Orastalik-yaxshi odob” ekanligi haqidagi yanada kengroq tushunchaga ega bo’lishi nazarda tutildi. Insonlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi vosita, ularning odobi, ochiq chehrali bo’lish ekanligi haqidagi tushunchalar yanada kengaytirilib, bu tushunchalar 4-sinfda “odob-inson ziynati” ekanligi salomlashish, xushxulqlik, insondagi odoblilik yuksak fazilat ekanligi haqidagi bilimlari yanada boyitilib, bu bilimlar kundalik hayot bilan taqqoslangan holda va kuzatish, namoyish etish singari metodlar orqali ko’nikma va malakalarga aylanib boriladi.
Shuningdek, bolalarga yoshlikdanoq nima savob-u nima gunoh, xalol-u nima xarom kabi o’zbekona turmush tarziga xos tushunchalarni o’rgatishga ahamiyat berildi.
1-4-sinflarda “Odobnoma” darslarida kerak bo’lgan o’rinda Quroni Karim, Hadis ilmidan foydalanilgan holda, diniy aqidaparastlikni oldini olishga doir ilk tushunchalar ham berib boriladi.
Odob va axloq darslarini namunali, qiziqarli, sermazmun o’tkazishda ota-onalarning yaqindan ko’maklashtirishlari taqozo etiladi. Darslardagi har bir mavzu bolalarning kundalik hayoti, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan. Har bir bo’lim va mavzular tarbiyaviy jarayondan ayricha emas, o’qituvchi mavzularni o’zi yashaydigan mahalliy sharoitdan ham olishi mumkin. Tarixiy, madaniy obidalar, rasm-rusumlar dars yo’nalishini tashkil qiladi.
“Odobnoma” darslarni maktabni tajribali, bilimdon zukko, oq-qorani yaxshi tanigan, iymon-e’tiqodli, tajribali o’qituvchilari o’tishi, ayrim xollarda shoiru yozuvchilar, olim-u fuzalolar, yetuk shaxslar olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Buyuk hazrat Alisher Navoiy “Haqiqiy sharaf xayo va odobdan keladi”, - degan edi. Darhaqiqat, odob muammosi kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan boshlab, xalq ijodining maxsuli – afsona, ertak, daston, maqol, rivoyat va hikoyatlarda o’z ifodasini topgan.
Bu fanni o’qitishdan maqsad: bolalrni sog’lom turmush tarziga tayyorlash, ularda ota-onadan mamnun bo’lish hissini uyg’otishdan iboratdir. Muddaomiz o’quvchiga hayotimizdagi yaxshilik va yomonlik tushunchalari mazmunini anglatishdan iborat ekan, biz bunga erishmog’imiz, kelajagi buyuk yurtning har tomonlama yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazmog’imiz bu yo’lda “Odobnoma” fani mavqyeini oshirmog’imiz lozim.
“Odobnoma” darslarida o’quvchiga amaliy mashg’ulot, mustaqil ishlash uchun muammoli topshiriqlar berish orqali ijodiy ishlash ham nazarda tutilgan.
1-4 sinflarda o’qitiladigan “Odobnoma” fani boshlang’ich sinfdagi integrasiyalashgan fanlar majmuasi bo’lganligi sababli, o’quvchini turli fanlardan olgan bilimiga sayqal baxsh etadi.
“Odobnoma” fanidagi mavzular xayotiy haqiqatga, insoniy kechinmalarga yaqin. U o’quvchini o’ylantiradi, o’ziga tegishli xulosalar asosida mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
Shu talablardan kelib chiqqan holda 2 – sinf “Odobnoma” darsligida “Do’st bo’lish odobi” deb nomlangan bo’limida, aynan 2 sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirishda
VII. DO'ST BO'LISH ODOBI
Do'sti ko'p inson —eng baxtlidir, Do'stini xursand qilish yaxshi odatdir.
Qadrlasang qadring oshar,
Qadrsizdan hamma qochar.
Do'stlaringiz bilan baham: |