1.3.Geologik tuzilishi va relefi.
Tektonik jihatdan Shimoliy Nurota tog’lari gersin burmalanishida hosil
bo’lgan bo’lib, Turkiston-Hisor orogen oblast tizimlari tuzilishiga kiradi (Rijkov,
1962). Hududning geologik tuzilishida paleozoy va mezozoy davrining yotqiziqlari
qatnashadi. Paleozoy davrining yotqiziqlari har xil cho’kindi vametamorfik
formatsiyalardan iborat.
Paleozoy yotqiziqlari biz o’rgangan hududda litologik jihatdan ham va
yoshi jihatdan ham xilma-xildir. Bu davrning yotqiziqlari slanets, kristallik slanets,
qumtosh va oxaktoshdan iborat bo’lib, tog’ tuzilishining asosiy maydonlarini
egallaydi. Shimoliy Nurota toglarining tuzilishida magmatik, ya’ni aniqrog’i
intruziv jinslari ham uchraydi. Intruziv tog’ jinslari Qo’ytosh tog’Iarining
tuzilishida keng tarqalgan.
Paleozoy davri yotqiziqlari orasida silur, devon va karbon yotqiziqlari
uchraydi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |