ΙΙ. BOB. MAShINA ChOKLARINING KLASSIFIKASIYaSINI
O‟QUVChILARGA AMALIY O‟RGATISh ASOSLARI.
2.1.Mashina choklarini o‟quvchilarga amaliy o‟rgatish uchun uslubiy tavsiya
ishlab chiqish.
O`quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablarda
o‘quvchilar "Servis xizmati" yo`nalishi bo‘yicha gazlamaga ishlov berish
texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov
berish, bichish-tikish asoslarini o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv
mashinalari, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va
ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq
hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik,
popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari asoslarini
egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari;
gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma‘lumotlarga ega
bo`ladilar.
"Servis xizmati" yo`nalishi mashina. Mexanizm va stanoklar bo`limida:
o`quvchilar ishlab chiqarilayotgan tikuv mashinalari va ularning klassifikasiyasi,
texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga
mexanik ta‘sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishiab
chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab
chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni
nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash,
malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari,
marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning
bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari;
mehnatni unumini tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni
ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash
ishlarini o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
49
Qiz bolalar uchun servis xizmati yo‘nalishi gazlamalarga ishlov berish ishlari
bo‘yicha o‘quvchilarga tikuv mashinalari va ularni ishlatish qoidalari bilan
tanishtirish ko‘zda tutilgan. Bu mavzularni o‘qitishda 2 ta ta‘limiy maqsadni
amalga oshirish talab etiladi. Bu maqsadlar qo‘yidagilardan iborat.
1.Tikuvchilikda ishlatiladigan tikuv mashinalarining tuzilishi va ularni
ishlatish qoidalari, ularda uchraydigan asosiy nuqsonlari, ularni bartaraf qilish
yo‘llari bo‘yicha o‘quvchilarni bilim va malakalarini shakllantirish hamda ularni
rivojlantirish.
2.Tikuv mashinalarida ish bajartirish orqali o‘quvchilarning amaliy
ko‘nikma va malakalarini, politexnik dunyoqarashini shakllantirish hamda
rivojlantirish.
Agar har bir sinfda tikuv mashinalari bilan tanishtirish va ularda ishlashni
o‘rgatishdan iborat deb qaraydigan bo‘lsak katta didaktik xatoga yo‘l qo‘yigan
bo‘lamiz, bunda ta‘limning rivjlantiruvchi xarakteri yo‘qoladi hamda yuqoridagi
maqsadga erishish imkoniyatlari cheklanadi. Shuning uchun har sinfda
o‘quvchilarga yetkazish lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni,
hajmi oldindan o‘quv dasturidan foydalangan holda aniqlanib olinishi zarur.
Shuningdek bu bilim va malakalarning politexnik xarakterini aniqlash va
buni o‘quvchilar ongiga yetkazish yo‘l-yo‘riqlarini oldindan rejalashtirish kerak
bo‘ladi.
Mehnat ta‘limni o‘qitish jarayonida xar xil metodlardan foydalaniladi.
O‘qitish metodi—ta‘lim jarayonini o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan
maqsadga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Ta‘lim metodlari o‘quv materiali va
vazifalarini xarakteriga qarab tanladi. Ayniqsa, mehnat ta‘limiga xos bo‘lgan
metodlar umumdidaktik, xususiy metodlarni amalga oshirish vositalari, shakllari
ko‘proq tanlanadi.
Mashqlarni bajarishda texnologik xujjatlardan foydalaniladi va ishlab
chiqarish topshiriqlarini bajarish yuzasidan nazariy bilimlar beriladi va amaliy
ishlar bajariladi.
50
Darsning texnologik xaritasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |