Individual (yakkama-yakka tartibda) masofaviy o‘qitish - telekommunikasiya va ta’limni ta’minlash uchun zarur dasturiy vositalariga ega bo‘lgan masofaviy o‘qitish.
Intranet – Internetning ko‘pgina funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tarmog‘i. Intranet Internetga ulangan bo‘lishi ham mumkin.
Internet – yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i.
Internetga ulanish – Internet kanallari orqali axborot resurslaridan foydalanish (ochish, ko‘rib chiqish, nus’halash, uzatish va boshqalar) imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterning ishlash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |