On-line mashg‘ulot – barcha qatnashuvchi (talabalar va o‘qituvchi)lar Internet orqali axborot almashinish yo‘li bilan o‘zaro aloqa qiladigan o‘quv mashg‘uloti ko‘rinishi.
On-line o‘qish – Internet texnologiyalariga asoslangan ta’lim muhitidan foydalanib o‘quv materiallarini o‘rganish jarayonini tashkil etish usuli.
Oraliq test sinovi – ta’lim jarayonida bilimlarni nazorat qilish shakli.
Pedagogik axborot texnologiyalari – kompyuter, tarmoq texnologiyasi va didaktik vositalarni foydalanishga asoslangan texnologiyalar.
Server – axborot-ta’lim resurslarini tarmoqda joylashtirish va uni tarqatish uchun mo‘ljallangan kompyuter qurilmalari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |