Edit (Правка). Bu bo‘limda videoepizodlarni tahrirlash amalga oshirilib, kutubxonadagi tasvir yoki videoepizodlar vaqt shkalasiga ko’chirib qo’yiladi.
Effect (Эффект). Bu bo‘limda videoepizodlarga (rasm yoki video) va ularning orasiga har xil ko’rinish-dagi effekt turlari tanlanadi hamda o’rnatiladi.
Overlay (Наложение). Bu bo‘limda “tasvir ichida tasvir” effekti qo’llanilib, bir videokadrda ikki epizodni joylash imkoniyati mavjud.
Title (Титр). Bu bo‘limda videoepizod (rasm yoki video)larga titrlar, ya’ni tagso’z, izoh yozuvlar o’rnatiladi va uning turli ko’rinishlari (imkoniyatlari) tanlanadi.
Audio (Аудио). Bu bo‘limda ovoz yozish, ovozli yoki musiqiy fayllarni joylashtirish hamda ularni tahrirlash imkoniyati mavjud.
Share (Запись/Сохранить). Bu bo‘limda yaratilgan multimediali faylni, videoepizodni qaysi formatda va qayerga saqlash ishlari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |