O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya


Savol bayoni. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari



Download 1,08 Mb.
bet40/69
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#217205
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

7.4. Savol bayoni. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari.

Turli sezgilarning ana shunday xususiyatlariga sifatlari jadalligi davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.

Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib uni boshqa sezgi turlaridan farklaydi. Va ayni shu sezgi turi chegarasida uzgartiradi. Chunonchi eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri kattaligi bilan farklanadi. Ko’rish sezgilari ranglarning kuyukligi toni va boshqa shuning kabilar bilan farklanadi. Sezgilarning sifat jixatidan kup turliligi materiya harakati formalarining kup turligining aks ettirilishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy xarakteristikasidan iborat bo’lib ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik xarakteristikalaridan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi xam sezgi organlarining funksional xolati bilan ammo asosan qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti xamda jadalligi darajasi bilan belgilanadi.

Sezgilar uchun qo’zg’atuvchining fazoviy lakolizatsiyasi ya’ni qo’zg’atuvchining fazoda urin egallashi xarakterlidir. Distant ya’ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo’zg’atuvchining fazodagi urni xakida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar taktil ogrik maza sezgilari badanning qo’zg’atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog’liqdir. Bunda ogrik sezgilarining lokalizatsiyasi ya’ni badanga joylashgan urni taktil sezgilariga qaraganda badanga nachagina tarkalgan va unchalik aniq bo’lmaydi.

Qo’zg’ovchi ma’lum darajada kuchga ega bo’lgandagina sezgi paydo bo’ladi. Agar qo’zg’ovchi juda kuchsiz bo’lsa u sezilmaydi. Masalan biz terimizga yopishgan ayrim chang mayda zarrachalarni sezmaymiz. Bilinar bilinmas sezgi xosil qiladigan qo’zg’ovchining minimal miqdori sezgining absolyut chegarasi deb ataladi. Insonning qo’zg’ovchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz ta’sirini sezish kobiliyati absolyut sezgirlik deyiladi. Sezgining absolyut chegarasi bilan absolyut sezgirlik bir biriga teskari proporsional nisbatda bo’ladi. Absolyut sezgirlikdan tashkari fark sezgirligi ya’ni qo’zg’ovchilar orasidagi bilinar bilinmas farklarni sezish kobiliyati xam mavjud. Kushimcha qo’zg’atgichning dastlabki qo’zg’atgichga munosabati fark chegarasi deb ataladi. Fark sezgirligi absolyut sezgirlik kabi fark chegarasiga nisbatan teskari prporsional miqdori bilan xarakterlanadi. Sezgi chegaralari va sezgirlik avvalo qo’zg’alish va tormozlanish fiziologik jarayonlari bilan belgilanadi. Absolyut sezgirlik inson nerv sistemasining qo’zg’oluvchanligiga bog’liq. Nerv sistemasi kanchalik qo’zg’oluvchan bo’lsa sezgirlik shunchalik yukori bo’ladi. Va aksincha, fark sezgirligi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining munosabati kurinishlaridan biridir. Sezgirlikning uzgarishi kup jixatdan inson faoliyatining xarakteriga hayot va faoliyat tegishli analizatorga nisbatan kanday talablar kuyishiga ya’ni mashqlanishiga bog’liq. Qo’zg’ovchining davomiy ta’siri bilan sezgirlikning uzgarganligini kuramiz. Bu xodisa adaptatsiya ya’ni analizatorning ta’sir etib turuvchi qo’zg’ovchiga moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi xam kamayishi xam mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli sodir bo’ladi. Ko’rish maza sezish va xid bilish adaptatsiyalari ayniksa kuchli xisoblanadi.

Adaptatsiya yoki moslashuv deganda qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining uzgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya xodisasini bir biridan farq qilish mumkin.

1.Qo’zg’atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning tula yuqolishi tarzidagi adaptatsiya.

2. Yukorida ta’sirlangan xodisalarga yaqin bo’lgan boshqa xodisalarni xam adaptatsiya deb yuritiladi. Bunda kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi. Masalan, kulni muzday suvga tutib to’rgan paytda sovuk qo’zg’atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko’rish sezgilarining intensiv yoruglik qo’zg’atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishidan iborat bo’lgan bu xodisani yoruglik adaptatsiyasi deb yuritiladi.

3.Nixoyat sezgirlikning kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sodir bo’ladigan ortishini xam adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo’lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb tariflash mumkin. Ko’rish analizatorida pozitiv adaptatsiya korongulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U korongu joyda bulish ta’siri ostida ko’rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi.

Sezgi organlarining qo’zg’otilishi ta’siri ostida analizator sezgirligining uzgarishi sezgilarning o’zaro munosabati deb ataladi. Sensibilizatsiya – analizatorning o’zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishini sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o’zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy kismlari joylashgan bosh miya pustidagi qo’zg’alishning irradiatsiya xamda konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o’zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi xodisada namoyon bo’ladi. Qo’zg’atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bulishini sinesteziya deyiladi.

Sezgirlik va mashq. Sezgi organlarining sensibilizatsiyasi faqat yordamchi qo’zg’atuvchilarni kulanish bilangina sodir bo’lib kolmay balki mashq qilish yuli bilan xam sodir bo’ladi. Sezgi organlarining mashq kildirish va ularni takomillashtirish imkoniyati juda kattadir. Sezgi organlarining sezgirligini oshirishnini ikki soxaga bulish mumkin.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish