O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 216,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi216,09 Kb.
#229752
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbek orfoepiyasi haqida malumot (1)

dub>du:b(rus), pul(o„zb.) – puls>pu:ls(rus.), tush(o„zb.) – tush>tu:sh(rus.) kabi. 

9.Rus tilidan o„zlashtirilgan ko„p bo„g„inli so„zlarning urg„uli bo„g„inida "u" 

unlisi  o„zbek  tilidagi  "u"dan  ancha  cho„ziq  va  bir  oz  yo„g„onroq  talaffuz  etiladi. 

Qiyos qiling: bu-da(o„zb.) – budka (rus.), mangu (o„zb.) - mangusta (rus.), mavzu 

(o„zbeduza (rus.)  kabi. 

10.Rus  tilidan  o„zlashtirilgan  ko„p  bo„g„inli  so„zlarning  urg„usiz 

bo„g„inidagi "u" qisqa talaffuz qilinadi, ammo o„zbek tilidagi "u" ayni shu fonetik 



pozitsiyada 

ruscha 


"u"dan 

ham 


qisqaroq 

bo„ladi. 

Qiyos 

qiling: 


dushman>d’shmen(o„zb.)- turbina(rus.), muzday>m’zdey(o„zb.)-muzey(rus) kabi. 

11.So„z  boshidagi  berkitilmagan,  urg„usiz  bo„g„inda  "u"  unlisi  ruscha 

so„zlarda  yo„g„onroq,  o„zbekcha  so„zlarda  ingichkaroq  (yumshoqroq)  talaffuz 

etiladi. Qiyos qiling: uklad(rus.) – uxlamoq (o„zb.), uzual (rus.)-uzum (o„zb.) kabi. 

12.Ruscha leksik o„zlashmalarda "u" unlisi yumshoq undoshdan so„ng o„ta 

ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so„ng esa yo„g„on (orqa qator 

unli  tarzida)  talaffuz  qilinadi.  Imloda  ingichka    "u"  tovushi  "yu"  harfi  bilan 

ifodalanadi.  Qiyos  qiling:  abajur  va  manikyur(manik’ÿr),  ultimatum  va  kostyum 



(kast’ÿm),  plug  va  salyut(sal’ÿt)  kabi.  Rus  tilidan  o„zlashtirilgan  so„zlarda 

yumshoq  undoshdan  keyin  kelgan  "u"  o„zbekcha  "u"dan  ham  ingichkaroq  va 

yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: gul (o„zb.)-tyul>t’ÿl (rus.) kabi. 

13.Ruscha  leksik  o„zlashmalarning  urg„usiz  bo„g„inidagi  "e"  unlisi 

o„zbekcha  "e"dan  ancha  tor  ("i"ga  yaqin)  talaffuz  etiladi:  telefon>tilifon., 

televizor>tiliviz’r, adres>adris kabi. 

14.Rus  tili  orqali  o„zlashgan  so„zlarda  "a"  unlisi  o„zbekcha  "a"dan 

yo„g„onroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: kana(o„zb.)-kanal (rus.) kabi.  

15.Rus  tilidan  o„zlashtirilgan  so„zlardagi  o„rta  keng,  lablangan  "o"  unlisi 

urg„uli  bo„g„inda  o„zbek  tilidagi  o„rta  keng,  lablangan  "o„"dan  kengroq  talaffuz 

etiladi. Qiyos qiling: ton (rus.) -to‘n (o„zb.), tok (rus.) -to‘q (o„zb.), tort (rus.)-to‘rt 

(o„zb.)  kabi.  Urg„usiz  bo„g„inda  esa  ruscha  "o"  reduksiyaga  uchrab,  o„ta 

kuchsizlanadi  va  "qisqa  "i"  yoki  "a"  tarzida  talaffuz  qilinadi:  traktor>t’rakt’r

samolyot>samal‟öt kabi. 

16.Jonli  tilda  "r"  bilan  boshlangan  arabcha,  forscha  va  ruscha  so„zlarning 

boshida  bir  "o„"  tovushining  orttirilishi  ancha  keng  tarqalgan:  ro„za>o„raza, 

rus>o„ris, ro„mol>o„ramol kabi. Adabiy talaffuz me‟yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol 

shakllari saralangan. 

17.Rus  tilidan  o„zlashtirilgan  so„zlarning  oxirida  lab-tish  "v"  undoshi 

jarangsiz  "f"  tarzida  talaffuz  qilinadi:  aktiv>aktif,  passiv>passif,  ustav>ustaf, 

kursiv>kursif kabi; "v"ning jarangsizlanishi so„z ichidagi assimilyativ holatda ham 



yuz beradi: avtomat>aftomat, stavka>stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun 

me‟yor  sanaladi,  ammo  o„zbek  tilining  o„z  so„zlarida  qo„llanadigan  lab-lab  "v" 

undoshi  so„z  oxirida  ham,  jarangsiz  undosh  ta‟sirida  ham  "f"  ga  o„tmaydi:  ov, 

birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me‟yor sanaladi). 

18.Rus  tilidan o„zlashtirilgan  so„zlarning ko„pchiligida urg„u  erkin bo„ladi, 

bu  hol  o„zbek  adabiy  tili  va  talaffuziga  ham  singib  bormoqda:  atlás,  trolléybus, 

tramváy kabi. 

19.O„zbek  tilidagi  urg„u  asosan  so„zning  oxirgi  bo„g„iniga  tushadi,  ammo 

ayrim  o„zlashgan  so„zlarda  urg„u  so„zning  oldingi  bo„g„inlarida  bo„lishi  ham 

mumkin:  hámma,  jámi,  hamúsha,  afsýski  kabi.  Bunday  holatlardan  xabardor 

bo„lish adabiy talaffuz me‟yorlariga amal qilish imkonini beradi. 

 

 



Download 216,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish