2.2. O’quvchi hayotida muloqot va nutqning o’rni
Bugungi kunda nutq madaniyati kursi barcha o’quv maskanlarida va oliy
o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir. Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik
fanining dolzarb masalalaridan biridir. Chunki, til va nutq har ikkala soha inson nutqi
bilan aloqadadir. Har ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining foydali ta’sirchan,
o’tkir bo’lishi uchun kurashadi, insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini
o’stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy
go’zallik, nutqiy mantiq qoidalaridan oziqlangan holda ish ko’radi.
Muloqotda nutq muhim o‘rin tutadi, ayniqsa, uning ravonligi, atamalarning o‘z
joyida va to‘g‘ri ishlatilishi va hokazolar. Nutq
eshittirilib, yo ovoz chiqarmasdan aytilishi yoki kar-soqov kishilarda biron-bir
mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Muloqotda axborot
beruvchi bilan axborot qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi.
Axborot shaxsning tashqi ko‘rinishi, kiyimi, mimikasi, ovozi, tez gapirishi yoki
salmoqlab gapirishiga bog‘liq bo‘ladi. Shaxs axborotni ikkinchi bir shaxsga nutq orqali
berish bilan birga, jest, mimikalarni qo‘shib beradi yoki u yozma usulda, ko‘rgazmali
shaklda ham bo‘lishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional
Holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi. Ko‘p
hollarda muloqotda majburiylik bo‘ladi, ya’ni guvoh va gumon qilinuvchi muloqot
qilishga majbur, buning ustiga, qonunga asosan, muloqot qilmasa, shaxs jazolanishi
mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu
faktlar shaxslarda ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga olib kelishi mumkin.
Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z maqsadini yashiradi, natijada ma’lum bir
vaqtdan keyin uning bu maqsadi yuzaga chiqadi.Har bir muloqotda huquqni muhofaza
qilish organlari xodimlarining bir necha maqsadlari, ya’ni dalillarni yana bir marotaba
aniqlash, o‘zidagi bor dalillarni boyitish, shaxsning yuqoridagi voqealarga aloqadorligi
qay darajada ekanligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Muloqot doimo inson
xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs janjalkash bo‘lishi mumkin, bu janjal
ziddiyatlarning natijasida yuzaga keladi yoki shaxsning ziddiyatni keltirib
chiqaradigan holatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
- 42 -
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalambor,
O’quvchilar faoliyatida yetakchi o‘rinni egallaydi. Muloqot jarayonida
obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki,
ko‘p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir.
Muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular sun’iy ravishda
vujudga keladi.
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud:
1) motivatsion to‘siqlar;
2) aqliy (intellektual) to‘siqlar;
3) emotsional to‘siqlar;
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh
tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamasligi
jarayonida namoyon bo‘ladi. Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim
doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi
mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. Emotsional to‘siqlar muloqotga
kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi
(agressivlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiytarixiy tajribani o’zlashtirish,
anlodlarga bеrish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy qarakatlarini
rеjalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma'lumot va yangi bilim bеrish aqliy topshiriklarni еchish
faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha
jarayonning o’zidir.
Qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida
qanday funktsiyani bajarayotgan bo’lsa, o’sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro
etgan. U davrlarda axborotlar, ma'lumotlar ko’lami tor bo’lganligi tufayli insonlar
novеrbal nutqdan ko’p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kеlganlar. Avlodlar tarbiyasi
ma'lumotlar uzatish novеrbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy
- 43 -
(shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo’lgan, tobora
takomillashib borgan.
Biz nutq yordamida bir-birimizga ta’sir qilamiz. Nutq gapirayotgan kishining
ongida va kalbida bo’lgan fikr va maqsadini ifoda kiladi. Biz nutq yordamida bir-
birimizga ta’sir kilamiz. Nutq gapirayotgan kishining ongida va qalbida bo’lgan fikr
maqsadini ifoda kiladi. Biz nutq vositasi bilan birovni xursand kilamiz yoki unga
tassalli bеrishimiz mumkin. Nutqning kuchi haqida xar bir xalqda alohida maqollarni
bo’lishi xam bеjiz emas. Bu maqollar nutqning kishi ruxiga qanday ta’sir qilish
kuchiga ega ekanligginni yaqqol ko’rsatadi. Masalan, «Yaxshi so’z-jon ozig’i»,
«Sеvdirgan xam til, bеzdirgan xam til» va xakazo.
Kishilar bir-birlari bilan muomala, munosabatda bular ekanlar, ular u yoki bu
tildagi (o’zbеk rus, frantsuz, nеmis, va k.) grammatik qoidaga asoslangan so’zlardan
foydalanadilar. Insonlarning til vositasida bir-birlari bilan muommala qiladilar.
Dеmak nutq til yordamida bir-birlari bilan aloqa qilish vositasidir.
«Nutq» va «
til» tеrminlarining ma’nosini ko’pincha bir-biriga aralashtirib
yuboradilar. Nutq bilan til bir narsa emas. Til so’z
bеlgilari sistеmasidan iborat bo’lib,
u aloqa quroli bo’lsa, nutq aloqa jarayonorining o’zidir. Lеkin ularni bir-biridan ajratib
bo’lmaydi. Ular birgalikda mavjuddir. Xar bir til tarixiy taraqqiyot davomida
odamlarning nutq yordamida aloqa bog’lash jarayo
nida vujudga kеlgan, rivojlangan va
takomillashib borgan. Xar qanday tilning mavjud bo’lishi, takomillashib borishi
kishilarning o’sha tilda doimiy gaplashib turishga bog’liq. Agar kishilar u yoki bu tilni
nutq orqali biladigan muomalada ishlatmay qo’ysalar u til inqirozga uchraydi, «o’lik
til»ga aylanib qoladi. Nutq faqat kishilar o’rtasidagi aloqa vositasigina bo’lib
qolmasdan, balki tafakkur qilishning zaruriy vositasi, tafakkur kurolidir. Chunki biz
fikr qilish uchun so’zdan foydalanamiz, fikrimizni so’z bilan ifoda qilamiz va
boshqalarning fikrini bilib olamiz. Odatda biz ovoz chiqarib yoki ovoz chikarmasdan,
zz ichimizdan tilning grammatika qoidalarga xos xolda aytiladigan so’zlar orqali fikr
yuritamiz. Tafakkur bilan nutq turli xodisa bo’lsa xam, lеkin ular bir-biri bilan uzviy
ravishda bog’lanib kеtgan. Xap bir kishidagi tafakkurning o’sishi shu kishi nutqining
- 44 -
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lganidеk kishi nutqining rivojpanishi xam undagi
tafakkurning o’sishiga bog’liqdir.
Birok kеyingi yillarda fiziologik va psixologik olimlar (P.K. Anoxin,
A.R.Luriya, A.N.Lеontеv, D.N.Uznadzе va boshkalar) tomonidan amalga oshirilgan
kator ilmiy tadkikot ishlaridan ma’lum bo’lishicha, nutq faoliyatining fiziologiya
asosini yuqorida ko’rsatilganidеk talqin etish еtarli emas. Balki bosh miya po’stining
boshqa markazlari kabi, nutq markazlarining xam katiy chеgaralari yo’q va bir-biridan
ajralgan xolda xarakat kilmaydi.
P.K.Anoxin tadqiqotlarida xosil qilingan ma’lumotlar nuqtai nazaridan olganda,
nutq faoliyatining fi
ziologik asosini bir nеcha funktsonal sistеmalarning murakkab
uyushmasi tashkil etadi, bu funktsional sistеmalardan ayrimlari nutq uchun
ixtisoslashgan sistеma bo’lsa, boshqalari o’zga faoliyatlar uchun xam xizmat qila
bеradi.
Kishi nutq orqali boshqalar bilan munosabatda bo’lar ekan, buni albatta ikkinchi
signal sistеmasi orqali amalga oshiradi. Shuiing uchun xam vaqtli bog’lanishlar
vujudga kеladi. Bu esa uzining qator xususiyatlariga ega bo’ladi. Eshitilgan so’zarning
xammasi esda saqlanib qolavеrmaydi. Ikkinchi signal sistеmasi tanlab esda olib qoladi.
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim
g’oyalar mutlaqlikka da'vo emas albatta, chunki ularning ko’pgina jixatlari, qirralari,
mеxanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim
o’rinlarda ularning har birini ekspеrimеntal tadqiq etishni taqozo qiladi, yangi
mеtodikalar, tеstlar, trеninglar ishlab chiqishni izlanish prеdmеtiga olib kiradi, amaliy
va nazariy muammolar еchimini tеzroq hal qilishga safarbar etadi, nutqning muomala
jarayonidan kеlib chiqib yondashish evaziga qiymatli matеriallar to’plash mumkin
hamda uning nеgizida har qaysi psixolog mutaxassisni notiqyaik san'atiga o’rgatish
kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga muhim xissa bo’lib qo’shiladi.
- 45 -
2.3. Ta’lim jarayonida o'quvchilar muloqot va nutqining osishi
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o’qish, o’yin, ijod
qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi.
Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli
xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab
qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining
muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita
bog’liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab
jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik
jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik
ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari,
xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan,
muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs
taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o’zaro
bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq
yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan
biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi,
- 46 -
so’rashadi, xol - ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham
ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi
faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi,
so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni
ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish
qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan
odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina
manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda
izolyatsiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan.
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy
xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan
yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band
etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar
o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi
odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o’ziga
ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka
mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu
avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik
nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Shaxsning muloqotga
bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi
fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib
qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar
o’z oldida to’rgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha
iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida
- 47 -
o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan
bo’lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno
asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib,
sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so’rovnoma asosida bir - birini yoqtirgan va bir -
birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda
emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olsak,
odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi xamda
samaradorlikning muhim omillaridandir.
Muloqot jarayoni o’ziga xos ravishda murakkab bo’lib, bunda uch xil bosqich
mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutani
“Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa,
demak, u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi»— deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-
o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini
belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo
jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan
suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish
mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak uning har bir
shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan
ko’rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday
muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning
jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa,
masalan, rahbarning o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning
talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha suhbatdoshlarnnng fikr-o’ylari,
niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do’stlar
- 48 -
suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida
talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari.
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo
odamlarning hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin
shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni
uning qanchalik sergapligi, ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til
topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik
muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham
rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki
buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik
talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning:
• ijtimoiy yo’naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
• guru¦dagi predmetga yo’naltirilgan (o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga
oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni
bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti);
•
shaxsiy mulo¢ot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish
maqsadida o’rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda
ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni)
turlari farqlanadi
.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma
- yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash)
orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki
do’stona bo’lishi; sub’yekt - sub’yekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub’yekt -
ob’yektli (monologik) bo’lishi mumkin.
Har bir muloqot turining o’z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo’l-yo’riqlari
borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda
bo’ladiganlarning burchidir.
- 49 -
Inson xayotida nutk ma'lum davrda paydo bo’lib, taraqqiy eta boshlaydi. Bu
taraqqiyot asosan uch davrga bulinadi. Birinchi davr - nutqni uzlashtirishdan oldingi
davr. Bu ikki oylikdan un bir oylik davrgacha to’g’ri kеladi. Ikkinchi davr - tilni
dastlabki uzlashtirish davri. Bu un bir oylikdan bir yoshu еtti oylik davrgacha davom
etishi mumkin. Uchinchi davr - tilning grammatik tuzilishini uzlashtirish davri bo’lib,
bu davr bir yoshu еtti oylikdan 3 yoshgacha bulgan davrni o’z ichiga oladi. Bundan
kеyingi davrda bola nutqida printsipval jixatdan suz formalari kupayib borishi
mumkin. Bola nutkining riiojlanishi uning butun psixik protsеsslarining tarakkiyoti
bilan boglik va bunga yashash sharoiti xam katta ta'sir etadi. Yangi tugilgan bolada
xali nutq bo’lmaydi, unda qandaydir chinkiriq yig’lash xususiyati buladi. Bu ichki va
tashki signallarga (issik-sovuklik ochlik tashnalik yoki biror joyining og’rishiga)
boglikdir. Taxminan ikki oylik bo’lganda bolada «gu-gulash» boshlanadi. Ya'ni bola
«gugu», «atu» kabi tovushlarni chikaradi. Ammo buni biror narsaga boglamasdan, shu
tovushlarni chiqarishning uzidan mamnun bulganaеk tuyuladi. Olti oylik bo’lganda
esa, ayrim tovushlarni birlashtirib so’z chikaradigan bo’lib krladi va kattalarga
ergashib suzning ma'nosiga tushunmasa xam uning intonatsiyasiga qarab payqab ola
boshlaydi. So’z va gapning ma'nosini bola fakat bir yoshga tulgandan kеyingina
tushuna boshlaydi va bu yoshda uzi xam nutk egallash davrini utaydi. Bu davrda
bolalar nutkida lugat sostavining sеkin-asta oshib borishi sеzila boradi. Dastlab bola
biror bugin yoki so’zni aytish bilan uzining maksadini bildira boshlaydi, bu so’z tugal
bir gan vazifasini bajaradi. Bolalarning tovushlarni notugri talaffuz qilishi xillari xam
buladi. Masalan, R tovushi o’rniga, L, Sh urniga, S, K tovushlari talaffuz ztadi. Raqam
o’rniga Lakam, bеr o’rniga bе, va xokazo.
Ba'zi bolalardagi toviushlarni talaffuz qilishdagi nuqsonlar maktab yoshida
xam uchrab turadi. Bu ba'zan nutk apparatlarining nuksonlariga boklik bo’lib, buni
maxsus mutaxassis vrachlar va logopеdlar tuzatishi mumkin Ammo bolaning nutq
apparata yaxshi ishlasa xam, nutqdagi fonеtik nuqsonlar ota-ona, oiladagi katta
yoshdagi kishilar tomonidan noto’g’ri tarbiya bеrilishi tufayli ancha vaqtgacha
saklanib kеladi. Asosan bu kattalarning bolalar tilida erkalanib gapirishlaridan kеlib
chikadi. Bolalar talaffuzidagi kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatilmasa ba'zan bolaning
- 50 -
duduqlanib qolishi va so’zlarni noto’g’ri talaffuz qilishiga olib kеladi. Kun sayin
jismoniy jixatdan o’sayotgan bola aqliy, psixik tomondan xam takomillashib boradi.
So’z boyligi borgan sari o’sa boradi. Xodisa va voqеalar, narsalar nomini bildiradigan
so’zlar, so’ngra fе'l, kеyinchalik sifat va sonlar paydo bo’la boshlaydi. Masalan, ikki
yashar bola taxminan 300-
500 so’z egallagan bo’lishi mumkin. Ikki yosh bilan bеsh-
еtti yosh o’rtasida bolaning nutki tеz o’sa boshlaydi va so’z boyligi 3-4 mingtaga еtadi.
Shu bilan birga uning tafakkuri xam rivojlana boradi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari
to’g’risida ko’p savol bеradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Albatta,
buning uchun bolaga tugri tarbiya bеrish, u bilan so’zlashish, ertaklar gapirib bеrish,
kitob o’qib eshshtirish kеrak. Nutqkni uz vaqtida amaliy egallab olish va so’z boyligini
o’stirish umuman maktabda sifatli o’qish uchun yaxshi zamin bo’ladi. Maktabda
ukitiladigan barcha fanlar orkali ukuvchining lug’at sostavi boyib boradi, bolalar o’z
nutqiga ongli munosabatda bo’ladi, bunda til va adabiyot darslari katta xissa qo’shadi.
Chunki bu fanlar ukuvchilarga o’z nutqini muayyan grammatik talablarga javob bеra
oladigan kilib tuzish konunlarini o’rgatadi. Tabiiy fan
lardan dars bеruvchi ukituvchilar
xam xar bir fikrni bayon qilishda grammatik qoidalarga rioya qilganlari xolda, anik
ravon, logik jixatdan mukammal nutk orkali mashgulotni utkazishlari ukuvchilar
nutkining usishiga, tafakkurning rivojlanishiga barakali ta'sir kursatadi.
O’quvchilar nutqining o’sishida ularning maktabda o’qishi ayniqsa katta rol
o’ynaydi. O’quvchi maktabga kirmasdan oldin o’zi qanday gapirayotganligi ustida
o’ylab o’tirmasdan, o’z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi.
Maktabda o’qitilayotgan hamma fanlarni o’rganish va shu fanlar bilan shug’ullanish
jarayonida o’quvchi nutqining lug’at boyoligi boyiydi, so’zlarning mazmuni
chuqurlashadi. Har qaysi so’zning, har qaysi tеrminning ma'nosi aniqlanadi. Adabiyot
darslari bilan shug’ullanish o’quvchilar nutqining o’sishida ayniqsa katta taesir qiladi.
O’quvchilarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o’stirishda muhim
bosqich hisoblanadi. Kitob o’qishva ayniqsa, o’zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab,
bayon qilib bеrish tilning grammatik tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga
egadir. Yozma nutqni egallash og’zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to’g’ri va
kеngroq qilib tuzishga yordam qiladi.
O’quvchi ovoz chiqarib o’z so’zlari bilan
- 51 -
takrorlash yoo’li bilan o’zining artikulyaqiya apparatini mashq qildiradi, o’z nutqining
qay darajada to’g’riligini nazorat qiladi, shu bilan birga, o’zi o’zlashtirgan bilimlarning
to’g’riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.
Mazmunli to’liq fikrli, to’g’ri tuzilgan, uslub jihatidan chiroyli bo’lgan nutqni
o’stirish maktabda o’quvchilarning o’qitish sohasida qo’ygan muhim vazifalarining
biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |