O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti



Download 55,23 Kb.
bet19/20
Sana28.10.2022
Hajmi55,23 Kb.
#857612
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
267-gr Odinayeva Farangiz

Amaliy tavsiyalar
Bizningcha, shaxslararo nizolarning o‘smirlarning shaxslilik rivojlanishidagi ijobiy roli haqidagi taxminlar chuqur nazariy ishlab chiqishni talab etadi. Shuningdek shaxslararo nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar psixokorreksiyasi tasvirlangan metodlarining korreksion ta’sir mexanizmlari ham chuqur nazariy tahlilga muhtoj.
1.Tadqiqotchilarning diqqat e’tibori korreksion ish davomida yuzaga keluvchi emotsional va kognitiv o‘zgarishlar qonuniyatlariga qaratilishi kerak.
2.Psixik o‘zgarishlarning ichki mazmunini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar zarur.
3.Bizning diqqat markazimizdan tashqarida qolgan muhim muammolardan biri – psixokorreksion jarayon qatnashchilarida shakllanadigan ichki shaxslilik va shaxslararo yangi tuzilmalardir.
4. Maktab psixologining nizoli vaziyatga tushib qolgan o‘smirlarning ota-onalari va o‘qituvchilari bilan o‘zaro ta’siri masalasi ham bizning tadqiqot ob’ektimiz tashqarisida qoldi , ularni o‘rganishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
5.Maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining turli shakllari va metodlarini tahlil qila turib, biz asosiy diqqatimizni darsdan tashqari ishlarga qaratdik, chunki, shu narsa aniqki, dars, hamkorlikdagi faoliyatning alohida shakli sifatida, maktab psixologining o‘smirlardagi shaxslararo nizolar vaziyatidagi psixokorreksion ishini tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlarni ham o‘z ichiga oladi.
6. Biz tomondan taklif etilayotgan maktab psixologining psixokorreksion faoliyati modeli maktab sinflari darajasida amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan va maktabni o‘zidagi kommunikatsiyalar, an’analar, rahbarlik maromi xususiyatlari va maktabdagi ichki hayotning boshqa xususiyatlari bilan o‘zaro aloqador yagona organizm sifatida qaramaydi, shunga ko‘ra uni keng qamrovli o‘rganish darkor.
7. Maktab konfliktologiyasining ahamiyatli muammosi o‘quvchilar o‘rtasida shaxslararo nizolarni yuzaga kelish omillari va shart-sharoitlarini o‘rganishdir. Maktabda psixokorreksion ishni tashkil etish bo‘yicha bizning tajribamiz shundan dalolat beradiki, ijtimoiy psixologiyada to‘plangan empirik ma’lumotlar to‘plami zamonaviy maktabdagi ta’lim-tarbiya maxsus sharoitlariga toza tarzda ko‘chirilib bo‘lmaydi, ularni adekvat baholay bilish shart.
8. O‘quvchilar o‘rtasidagi shaxslararo nizolarning keng doiradagi amaliy vazifalarini hal qilish psixokorreksiya va psixoprofilaktikaning alohida metodologiyasini yaratish, psixologik nizolar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha psixologik xizmatni tashkil etishning turli jabhalarini tadqiq etishni rivojlantirishni talab etadi.
9. Bizning fikrimizcha, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi psixokorreksion faoliyati tahliliga faoliyatning umumpsixologik modelini qo‘llash istiqbollidir. Biroq, psixokorreksion faoliyat maxsus modellarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini ta’kidlash joiz. Biz faoliyatning umumpsixologik modeli mantiqan individual faoliyat modeli ekanligi fikridan kelib chiqamiz.
Shu munosabat bilan shunday taxminni ilgari suramizki,
a) psixokorreksion modelni loyihalashtirish va tahlili etishda umumpsixologik (individual va birgalikdagi faoliyat) hamda maxsus (jumladan transakt tahlil) metodlarini qo‘llash mumkin;
b) ularni tanlash va qo‘llash konkret holatda tadqiqot vazifasi, uning bazaviy paradigmasi bilan belgilanadi;
v) bu sohadagi tadqiqotlar hali keng istiqbolga egaligini ta’kidlab o‘tish mumkin.
10. O‘smirlardagi nizolarni yengish va profilaktika qilishga psixokorreksion yondashuv ularni munosabatlarning maxsus tashkil etilgan tizimiga kiritishni nazarda tutadi, bu esa shaxslilik rivojlanishi jarayonini optimallashtirish uchun ob’ektiv manbani shakllantiruvchi, sub’ektlilikning turli shakllarini kamol toptiruvchi, xulq-atvorning nizosiz ko‘rinishlari arsenalini hamda shaxslararo nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini kengaaytiruvchi, o‘z xulq-atvorini tanqidiy baholash, boshqa odamlar va o‘ziga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish uchun sharoit yaratadi.
Psixologning vositachilik faoliyati salohiyati bizning ishimizda bolalar va voyaga yetmagan inspektorlar amaliy ishida ham ko‘rinadi.

Download 55,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish