Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda mustaqillikning e'lon qilinishi, xalqni Sovet mustamlakachiligidan ozod qilib, Respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurishga, bozor iqtisodiyotiga o‘tishga yo‘l ochib berdi. Mustaqillik tufayli yurtimiz tarixi, ma'naviy qadriyatlarimiz, qadimiy madaniyatimiz tiklana boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov mustaqillik sharoitida qadimiy madaniyatimizning tiklanishi sabablarini ko‘rsatib shunday degan edi: " Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni maqarrar xalokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma'rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o‘lkada o`sha yillari ma'rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi. Negaki, podsho Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o`lkani yo‘qotishga, xalqning ko‘zini ochishga faqat ma'rifat orqaligina erishish mumkin edi. Ma'rifatparvarlik biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi" 1.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Milliy g‘oya bo`lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka davat etadi, jamiyatni yanada birlashtiradi. O‘z milliy g‘oyasi milliy mafkurasiga ega davlat mustahkam, qudratli va obod bo‘ladi.” 6 deb aytgan edi.
Chorizm mustamlakasi davrida ma'rifat g‘oyasini baland ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo‘la oladi. Mahmudxo`ja Bexbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma'rifatparvar, fidoyi insonlarning o`z shaxsiy manfaati, huzur-xalovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o`chmaydi7. Birinchi Prezident Islom Karimov ta`lim va tarbiya hususida “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo`lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so`zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi” 8 degan edi.
Sho‘rolar hukmronligi davrida bazi tarixchilar Jadidlar va Yosh xivaliklarning aniq bir dasturi bo`lmagan, deb davo qiladilar. Bu fikr noto‘g‘ri.
Yosh xivaliklar partiyasining rahbari Polvonniyoz Xoji Yusupov “Xotiralari” asaridan, uning ruscha tarjimasidan o`z ilmiy ishlarida foydalangan bir qator tarixchilar, jumladan G‘. G.Nepesov, K.Muhammadberdiyev, M. V.Pogorolskiy,
N.X.Qalandarovlar “Xotiralar” muallifi P.X.Yusupovga rahmatlar aytish o‘rniga, tarixiy faktlarni soxtalashtirib, uning boshiga tuxmat va bo`htonlar yog`dirib uni
“Burjua millatchisi”, “Xalq dushmani” deb ayblagan adilar. O`sha davrda milliy tariximizning boshqa ancha masalalari ham soxtalashtirilgan.
Xaqiqiy tariximizni xolisona, manbalar asosida qaytadan yozish xozirgi kunning dolzarb masalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |