O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Mustaqil bajarish uchun misol va masalalar to



Download 214,4 Kb.
bet16/22
Sana11.03.2022
Hajmi214,4 Kb.
#490704
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Жамолова Камола

3.1. Mustaqil bajarish uchun misol va masalalar toplami.

O‘tiladigan har bir dars uchun mavzu maqsad ko‘rsatiladi. Maqsadida faqat yangi materialni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan misol va masalalargina emas, balki o‘zlashtirilgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash, keyingi darslarda yangi materiali o‘zlashtirishga tayyorlovchi misol va masalalar ham o‘z aksini topadi.


Mustaqil ishlarni tashkil qilishda masalalarni hayotga bog‘lab, oddiydan murakkabga qarab tuzish zarur. Misol va masalalar qanchalik o‘quvchining yoshiga, qiziqishiga mos usulda tanlansa, o‘qituvchi o‘zining talimiy hamda tarbiyaviy maqsadiga erishadi.
1. Dominoga qarab misol tuzing.
O‘quvchilar 2 guruhga ajratiladi.
1- guruh 1- domino donalariga qarab
2- guruh 2- domino donalariga qarab misollar tuzib yechadilar. Har bir guruh 4 tadan misol tuzishi mumkin.
3+5 6+2
5+3 2+6
8-5 8-2
8-3 8-6

2) Quyidagi sonlarning yig‘indisini toping.


1) 2 o‘nlik 9 birlik va 6 o‘nlik 3 birlik
2) 6 o‘nlik 5 birlik va 3 o‘nlik 4 birlik
3) 8 o‘nlik 8 birlik va 1 o‘nlik 2 birlik
3) To‘rtta sonning yig‘indisi va ko‘paytmasi 8 ga teng. Bu sonlarni toping.
( Javob: 1*1*2*4=8 1+1+2+4=8 )
4) Qulay usul bilan hisoblang.
13+9+7; 18+6+2; 26+4+50; 35+4+16

5) Bo‘sh kataklar o‘rniga sonlarni joylashtiring.



+ 42 + =96 39 + + = 78
19 + + =62 + + 23 = 85
+ +30 =100 + 50 + =100
6) Amallarni bajaring.
Namuna:
9+8=17 17+6 5+26
17-9=8 23-… …..
17-8=9 23-… ….
7) 3 ta 3 raqami va amal ishoralari bilan 36 ni qanday hosil qilish mumkin?
( Javob: 33+3=36 )
8) Ota va ikki o‘g‘il 3 ta olma oldilar. Ularning har biri nechtadan olma yedilar? ( bittadan )
1-2- sinflar uchun
Oddiy masalalar
1) Maktabni isitish uchun birinchi kuni 10 mashina ko‘mir, ikkinchi kuni esa undan 2 mashina kam ko‘mir keltirildi. Ikki kunda necha mashina ko‘mir keltirildi?
2) Do‘konda bir kunda 7 ta ayollar velosipedi, undan 4 ta ortiq erkaklar velosipedi sotildi. Hammasi bo‘lib necha velosiped sotilgan?
3) Bir bankada 9 ta tuzlangan bodring, ikkinchi bankada 6 ta tuzlangan bodring bor edi. Tushlikda 5 ta bodring yeyildi. Nechta bodring qoldi?

Tabiatni asrashga doir masalalar.


1) Tog‘ maydonida 178 ta qora va oq archalar bor edi. 14 ta qora archa kesib olingach, qora archalar oq archalar sonidan 3 marta kam qoldi. Maydonda qancha qora archa qoldi?
2) Bir tonna benzin yonishi natijasida 60 kg is gazi havoga ko‘tariladi. Yengil mashina 100 km.ga 10 kg benzin sarflaydi. 20.000 km yurgan mashina chiqargan is gazi miqdorini aniqlang.
3) Suv quviridan 1 sekundda 2 tomchi suv tomchilamoqda.12 minutda esa 720 gramm suv to‘kilmoqda.1 sekundda, 1 soatda, 5 kunda qancha suv isrof bo‘lishini hisoblang.
4) Bitta terak daraxti yiliga o‘rtacha 84 kg kislorod ishlab chiqaradi. Bitta odam esa kuniga 12 kg kislorod yutadi. Insonning bir hafta yashashi uchun qancha terak, qancha kislorod ishlab chiqishi kerak.

3-4 sinflar uchun.


She’riy topishmoqli masalalar.
Bir va yuz o‘rtasida
O‘rnim bilib turaman.
Birdan keyin qo‘shib nol
Yuksaklikka yuraman. (10 raqami).

O‘tar eshik oldidan


Qo‘y echkilar podasi
Sanab chiqdim barini
Yo‘qmikan-a xatosi?
Yuzni qirqqa qo‘shsam
Chiqdi echkilar soni
Qo‘y ulardan yuzta ko‘p
Barchasi nechta soni
1) 100+40=140
2) 140+100=240
3) 140+240=380
Fermadagi 7777 quyon
Chopishar u yon bu yon
Minggi ketdi bir yonga
Yuzi boshqa tomonga
O‘ni ketdi u yonga
Biri keldi bu yonga 1) 7777-1000=6777
Qarab ko‘ring 2) 6777-100=6677
O‘rtadagi quyonga 3) 6677-10=6667
Kim topadi 4) 6667+1=6668
Teng ekkanin qay songa?
Kelishardi izlab buloq
Bir echkiyu ikki uloq
Ularda bor necha quloq
Qancha oyoq, qancha tuyoq?

1) 3*2=6 quloq


2) 3*4=12 oyoq
3) 3*8=24 tuyoq
90 tovuq don cho’qir
Suv ichadi yuztasi
Necha tovuq bo’ladi
Inda bo’lsa 5 tasi
( 90+100+5=195 )

Ushoxdadir 50 qush


Bu shoxdadir 50 qush
Uchib kelsa 10 tasi
Shoxda bo’lar necha qush?
( 50+50+10=110 )

Qiziqarli masalalar.


1) Agar kechasi soat 12 da yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa, 48 soatdan keyin quyosh chiqib turishi mumkinmi?
( Yomg‘ir, chunki vaqt tunga to‘g‘ri keladi )
2) Quyon 2 oyoqda turganda 5 kg, to‘rt oyoqda necha kg bo‘ladi? (5 kg)
3) Xaridor 20 ta qovun sotib oldi. U har bir juft qovunga 350 so‘m to‘ladi. Xaridor hammasi bo‘lib necha pul to‘lagan?
( 20:2=10 350*10=3500 so’m )
4) Ikki o‘quvchi 5 soat shaxmat o‘ynadi. Har bir o‘quvchi necha soat shaxmat o‘ynadi?
( 5 soat )
5) Beshta baliqchi 5 ta laqqani 5 kunda yedilar. 10 ta laqqani 10 ta baliqchi necha kunda yeydi? ( 5 kunda )
6) Bir daraxtda 12 ta shox bor. Har bir shoxda 30 ta barg bor. Har bir bargning bir tomoni oq, bir tomoniqora. Bu nima?
( Yil, oy, sutka, kun va tun )



Download 214,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish