Ma’muriy choralar orqali quyidagi ishlar bajarilishi belgilanadi:
ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy va me’yoriy talablarning bajarilishi (xavfsizlik siyosati va qoidalari, ularga rioya qilishni nazorat qilish);
ta’lim muassasasi xodimlarini axborot xavfsizligi choralari va konsepsiyasi bilan tanishtirish, ularni axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish talablarini ishlab chiqish;
qabul qilingan qarorlar ijrosini va qoidalarning buzilmasligini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, ma’sul xodimlarni aniqlash.
Ma’muriy choralar mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
1) xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish;
2) axborot tizimi va uning infrastrukturasiga bo‘ladigan tahdidlar tahlilini o‘tkazish va qaltisliklarni aniqlash;
3) axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari va vositalarini tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |