1-mulozim: Mana berilgan muddat ham poyoniga yetdi. Ammo javob topa olmadik.
2- mulozim: Bu ketishda boshimizdan judo bo’lishimiz tayinga o’xshaydur.
3-mulozim: Jonni saqlamoq kerak. Alisherbekni oldiga borib jumboqni yechmoq darkor. Ul kishi, albatta javobini biladur.
Sahnada Navoiy qiyofasidagi o’quuvchi paydo bo’ladi. Navoiy kitob mutolaa qilib o’tirgan bo’ladi.
Mulozimlar ta’zim qilib kirib keladilar.
Mulozimlar: Assalomu alaykum, mavlono.
Alisher: Vaalaykum assalom, kelsunlar.
1 -mulozim: Taqsir sizning oldingizda gunohkormiz. Sizga xasadimiz kelib, ustingizdan shohimizga arz qilib qo’yg’on edik.
2-Mulozim: Bizni afv etgaysiz. Shohimiz bizga bir jumboq berdilarki uning javobini topib borsak bizni siz kibi mukafotlashg’a, agar javob topa bilmasak bizni qatl qildirmoqqa va’da berdilar.
3-mulozim: Necha kundirki javobini topa olmadik. Bori umidimiz sizdandur. Bizni kechirib, bizga yordam bersangiz.
Alisher nim tabassumda
Alisher: Xasad har kimning ichini yondirg’uvchi o’tdir. Xo’p mayli, jumboq qandoq erkon?
1 -mulozim: Olampanoh bir qo’llarida boshni, bir qo’llarida tilini ko’rsatdilar. Bu bilan nima demoqchi ekanliklarini anglolg’animiz yo’q.
Alisher bir oz jim turib aytadi
Alisher: Shohimiz bu bilan tiling boshingni yeydi demoqchi bo’lganlar. Chunki odamni yaxshilikka yetaklovchi yoki yomonlikka duchor qiluvchi bu tildir. Bo’lar bo’lmas so’zlarni gapirish odamni umriga zomin bo’lishi mumkin.
Mulozimlar qulluq qilib chiqib ketadilar.
Sahnada Boyqaro va Alisher suhbat qurib o’ltiribdilar. Mulozimlar ta’zim qilib kirib keladilar.
Bayqaro: Xo’sh javobini topdingizmu?
Mulozimlar: Ha, topdik hazratim. Jumboqning javobi tiling boshingni yeydi erkon..
Bayqaro: Sizlarning bunga aqlingiz yetgoniga ishonmaymen, to’g’risini so’zlangiz kim aytdi.
Mulozimlar: Alisherbek
Bayqaro hayrat bilan Alisherga qarab
Bayqaro: Alisherbek, bularning sizga g’ayrligi borligidan xabardor bo’lsangiz kerak, bilib turib nega bularga yordam berdingiz.
Alisher: Hazratim inson umri azizdir. Bosh egib yordam so’rab kelgan odamga yordam bemoq, umrlarini asramoq savobdir, agar bularga yordam bermasam nomardning ishini qilg’on bo’lar erdim. Iltimos hazratim, bularning bir qoshiq qonidan kechsangiz.
Bayqaro: (mulozimlarga qarab) Ana ko’rdingizmi Alisherbekni nima sababdin sizdan ortiq ko’ramen. Javobini o’zingiz ham anglog’on bo’lsangiz kerak.
Mulozimlar: Bizni kechiringiz.
Barchalari birgalashib chiqib ketadilar.
1-boshlovchi: Navoiy bobomiz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’rilgan.
Asarlari ni o’qir ekanmiz, har bir satridan o’z xalqiga, insoniyatga cheksiz mehri, u bilan bir jon, bir tan ekanligini anglash qiyin emas.
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g`urbat havas aylama.
2-o`quvchi: Navoiyning jozibador baytlari bilan insoniyatga so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandek .
Bu gulshan ichra yo’qtir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot
1-boshlovchi: Bunday buyuk zotni qadrlamoq, unga munosib avlod bo’lmoq bizning muqaddas burchimizdir.
Nido tingla, bu kun yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang – biri Alisher.
Sahnada mayin mayin musiqa yangraydi. Tadbirda qatnashgan barcha o’quvchila chiqib ta’zim qiladilar.
“Boburxonlik kechasi” uchun tadbir ssenariysi (6-7sinf)
(Sahnaga Boburning portreti qo’yilgan. Bir tomonda Z.M. Boburning “Har kimki vafo qilsa vafo topqusidur…” deb boshlangan ruboyisi, bir tomonda esa. I.Karimovning “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qanch faxrlansak arziydi. O’zbek xalqi nomini butun dunyoga tanitgan ajdodlarimizdan biri o’laroq, bu kishi bizni tarixni qadrlashga, kelajakkka ishonch ko’zi bilan boqishga o’rgatdi” degan so’zlari shior qilib olingan plakat. Sahna ortida mayin musiqa past tovushda yangrab turadi. Sahnaga o’g’il va qiz boshlovchilar chiqib keladi.)
1-boshlovchi: Ko’hna tol beshikdan boshlangan olam,
Senga iddaolar qilmay sevaman.
Bir kuni singlim deb, bir kuni onam,
Vatan, kimligingni bilmay sevaman.
2-boshlovchi: Menga yering suyuk, osmonin suyuk,
Boqsam teng to’rtala tomoning suyuk.
Oyog’imga kirgan tikoning suyuk.
Kaftdan zirapchang ham olmay sevaman.
1-boshlovchi:
Ana shuday vatanini chin yurakdan sevib, undan ayro bo’lgan jismi shohlik umrini kezsa-da, yuragi g’arblik dardini surgan, lekin tarix uchun, adabiyot uchun shonli o’tmish yaratib ketgan bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining __yilligiga yig’ilgan siz aziz ustozlarga, qadrli o’quvchilarga assalomu alaykum deymiz.
2-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta'lim - tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.
1- boshlovchi: Bobur toj - taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta hissa qo‘shgan Bobur 530 yil Agra shahrida olamdan o‘tdi.
2- boshlovchi: U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al -zakot” (Zakot bayoni),”Xatti Boburiy”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she'riy asarlar yaratdi.
1- boshlovchi: Boburning ijodiy me’rosi besh asrdirki o’zining qadr-qimmqtii yo’qotgan yo’q. Bugun ham u sevib o’rganilmoqda. Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan yod olingan Bobur ruboiylaridan tinglaymiz.
(Sahnaga 6 ta o‘quvchi zarli chopon va do‘ppilarda chiqadilar. Sahna ortida “Ey sabo kuyi yangrab turadi”)
1-o’quvchi: Davron meni o‘tkardi saru samondin,
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,
Nelarki boshimga kelmadi davrondin.
2-o’quvchi: Yod etmas emish kishi mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ga shod o‘tmadi xech,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
3-o’quvchi: Eshitsa kishi bu sho’ru shevan ne degay,
Doim bu tariq ichguni ko’rgan ne degay,
Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,
Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay.
4– o’quvchi: Davlatga yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.
Borg’onni kel emdi, yod qilma, ey do’st,
Borish – kelishingni lutf etib o’ksutma.
5-o’quvchi: Davron meni o’tkardi sar-u, somondin,
Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin.
Gah boshima toj gah baloyi ta`na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
1-boshlovchi: Yoshligidan Zahirriddin Muhammadga shijoati bois “Bobur’ laqabini berishni ya’ni Bobur – “yo’lbars” demakdir.
2-boshlovchi: Boburga berilgan bunday taxallus ham uning chaqaloqligidagi ismi qo’yilgan kun kabi quvonchli edi.
Maktab o’quvchilari tamonidan Boburning chaqaloqligidagi ism qo’yish marosimi sahna ko’rinish orqali namoyish etiladi.
1-boshlovchi: Hijron qafasida jon qushi rom qiladur,
G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav`bitay firoq-u g’urbat shahrin,
Kim ko’z yoshi nomaning yuzini nam qiladur.
Maktab musiqa to’garagi a’zolari tamonidan Bobur g’azali ijrosida ashula ijro etiladi.
1-boshlovchi: Bobur shoh va shoir bo’libgina qolmay buyuk sarkarda ham edi. U yurt tinchligi yo’lida harbiy ilmni mukammal egallagan.
2-boshlovchi: Bungi avlod ham ana shunday ajdodlariga munosib voris bo’lishga hamisha harakat qiladilar.
Sahnada Sultonali Rahmatovning “Assalom, O’zbekiston ” kuyi ostida o’g’il bolalar harbiy harakatlar namoyish qiladilar
1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur mumtoz adabiyotning tuyuq janrida ham ravon qalam yurgizdi. Bugun tadbir mehmoni bo’lgan siz aziz o’quvchilarga uning bir tuyug’idan na’muna keltiramiz.
2-boshlovchi: Ushbu tuyug’ni diqqat bilan tinglab, uning ma’nosini birinchi bo’lib to’g’ri izohlab bergan o’quvchi tadbir tashkilotchilari tamonidan taqdirlanadi.
1-boshlovchi: Qaddimni firoq mehnati yo qildi,
Ko’nglim g’am-u anduh o’tig’a yoqildi.
Holim sabog’a aytib erdim, ey gul,
Bilmam, sanga sharh qilmadi, yoqildi.
Tadbirda ushbu tuyuqda qofiyadosh so’zlarining ma’nolarini to’g’ri topib tuyuqni tahlil qila olgan dastlabki o’quvchiga mukofot sifatida “Boburnoma” asari taqdim qilinadi
2-boshlovchi: Ruhi shod bo’lsin deb yodga olamiz ,
Xalqim iftixori u baxtli shoir.
1-boshlovchi: Toki o’zbek yashar ekan dunyoda,
Uning nomi abadiy qolur,
1-2-boshlovchi: Zahirriddin Muhammad Bobur
Mayin musiqa sadosi ostida sahnada o’zining chiqishlari bilan ishtirok etgan o’quvchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Shuning bilan Bobur tavalludiga bag’ishlangan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.
So’zimiz so’ngida esa siz azizlarga Boburdek fazilat, chin e’tiqod, Vatanga muhabbat nasib etishini tilab qlolamiz. E’tiboringiz uchun tashakkur.
Sahnadagi barcha ishtirokchilar ta’zim qiladilar.
8-9-sinflarda “Navoiyxonlik kechas”ini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi
Sahna bayramona bezatilgan. Alisher Navoiyning surati sahna devorining markazida turibdi. Sahnaning burchagida Navoiy yaratgan asarlar va Navoiy shaxsiyati, hayoti, ijodi haqida yaratilgan asarlar to’plami – kichik kutubxona tashkil etilgan. Sahnada mayin musiqa yangraydi. Tadbir Navoiy haqida rolik qo’yish bilan boshlanadi. Rolikda Navoiyning hayot yo’li, ijodiga keng o’rin ajratiladi. Rolikni yakunlovchi musiqa boshlanganda sahnaga Alisher Navoiy siymosi kirib keladi. Sahnada musiqaga monand harakatlanadi va g’azal o’qiydi.
Alisher Navoiy: Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otg’uncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badho’ kelmadi
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot
Ro’zgorimdek ham o’lg’onda ul qorong’u kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas yo’qsa kim qo’ydi qadam
Yo’lg’a kim avval qadam mashuqe o’tro’ kelmadi
Ey, Navoy boda birla hurram et ko’ngling uyin,
Kim bori qon boda kelgan bu kecha su kelmadi
G’azalni tuggallab, asta qadamlar bilan sahna ortiga o’tib ketadi. Boshlovchilar ikki tomonda chiqib keladilar:
1-boshlovchi: “Agar bu zotni avliyo desak, aliyol1arning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarnig sultonidir”.
2-boshlovchi: Bu buyuk siymoga yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan berilgan ushbu ta’rifning ne chog’liq haqiqat ekanligiga tarixning o’zi guvoh.
1-boshlovchi: Bugun mana shunday so’z mulkining sultoni, turkiy tilning asoschisi, davlat va jamiat arbobi mir Alisher Navoiy bobomizning ____yilligini nishonlash arafasida sizlar bilan diydorlashib turibmiz.
2-boshlovchi: Shunday buyuk insonlarning vorislari ekanligidan ko’ngillari g’urur va iftixorga to’la siz azizlarga assalomu alaykum deymiz.
1-boshlovchi: Kitobing kirmagan o`zbek elida xonadon yo`qdir,
Ruboiy kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo`qdir,
Yetuk avlodlaringdir ilmu donishli, gumon yo`qdir,
Bashar tarixini yuz bor o`qi, bunday zamon yo`qdir,
Ko`ngillarni yoritdik ma'rifatdan mohitob aylab.
1-boshlovchi: Navoiy 60 yillik umri davomida o`z davrining ijtimoiy-siyosiy voqeliklarini, inson tuyg`ularini, uning kamolini, o`z orzu-tilaklarini boy adabiy ilmiy merosida aks ettirdi.
2-boshlovchi: Navoiyning mana shu boy badiiy, ijodiy dahosi o`z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo`lib keldi.
1-boshlovchi: Navoiy bolaligidanoq o`zining o`tkir zehni, ziyrakligi va xushxulqi bilan barchani hayratga solgan. U uch-to`rt yoshidayoq she'riyatga mehr qo`yadi, to`rt-besh yoshida Qosim Anvor g`azallarini yod biladi, maktab yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini to`liq yod oladi.
2-boshlovchi: U yetti-sakkiz yoshlarida g’azallar bitgan bo’lsa, o’n ikki-o’n uch yoshlarida mamlakat bo’ylab shuhrat taratadi, el e’tiborini qozonadi. Navoiy yigitlik yillarida o`zi sevgan shoirlarning "shirin ash’ori va rangin ab’otidin" ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan.
1-boshlovchi: Navoiy hayoti davomida yettita devon tartib qildi. Turkiy tilda ilk “Xamsa” asrini yaratdi.
2-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Navoiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida sher jangi,
Magar sher o’lmasa bori palangi.
1-boshlovchi: Ana shunday mas’uliyatning uddasidan chiqa olgan Navoiy, xalqining farovonligi yo’lida ham qo’ldan kelgan barcha yordamni ayamadi. Xalqi uchun do’sti va olampanohi bo’lgan Husayn Boyqaro bilan birdek g’am chekdi.
2-boshlovchi: Odamiy ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami, -
so’zlari esa uning bir umrlik shioriga aylanib ketdi.
1-boshlovchi: Navoiy ijodi go’zal, turli tuman gullarga to’la bir chamoniston. Barchangizni bu gullar iforidan bahramand etishga chorlaymiz.
Sahnaga 4 ta o’quvchi chiqib Navoiy ruboiylaridan o’qiydilar. Sahna ortida Chorgoh musiqasi past ohangda yangrab turadi.
1-o’quvchi: Ey jism, aning ko’yini paydo qila ko’r,
Ey ko’ngil, o’shul ko’yini mavo qila ko’r.
Ey ko’r, sen aning yuzin tomosho qila ko’r.
Ey ashk, aning ko’yi sari oqila ko’r
2-o’quvchi: Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila mening yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdi oyoqing yaxshi.
3-o’quvchi: Zohid, sanga – hur, manga – janona kerak,
Jannat – sanga bo’lsun, manga – mayxona kerk.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
4-o’quvchi: Yo’q dahrda bir besar-u somon mendek,
O’z holig’a sargashta-vu hayron mendek.
G’ami kuyida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, alxon-u alomon mendek.
Maktab musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Navoiy g’azali asosida ashula aytiladi
1-boshlovchi: Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har nenikim sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Sahnaga Navoiy qalamiga mansub bo’lagan she’rlar asosida “Bahru bayt”ga navbat beriladi. To’rt o’quvchi milliy libosda chiqib bayt-baraka o’ynaydilar.
2-boshlovchi: G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul utsa,
Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Maktab raqossa qizlari ansabili tomonidan Navoiy so’zi nilan aytilgan ashullaga raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi: Baytinga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mashxargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.
Bunday kechalar, albatta, mushoirasiz bo’lmaydi. Endigi navbatni mushoiraga beramiz.
4 ta o’quvchi chiqib Navoiyning g’azallaridan o’qiydi. Past ohangda “Munojot” kuyi chalinib turadi.
1-o’quvchi: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim?!
Ko’rguzib yuz mehr, ming dard-u balosin ko’rmadim?!
Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig’a,
Har tarafdin yuz tuman tig’I jafosin ko’rmadim?!
Kimga ko’nglim ayladi mehr-muhabbat foshkim,
Har vafoga yuz jafo, aning jzosin ko’rmadim?!
Kimga soldim ko’z qaro-vu oqini ishq ichra kim,
Qon aro pinhon ko’zum oq-u qarosin ko’rmadim?!
Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu, ey rafiq,
Kim, men ushbu xaylning husni vafosin ko’rmadim?!
Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida,
Kim, bu ishq dayr pirining rizosi ko’rmadim.
2-o’quvchi: Rahm etib, ey do’stlar, majruh ko’ksumni yoring,
Qo’l yolang aylab solib, har yon ichimni axtaring.
Uchrasa yuzi qora ko’nglum tutub, tortib, uzub,
O’tqa solib o’rtabon, jonimni andin qutqoring.
Ketgan ersa choklik ko’ksim tikib, voqif bo’lub,
Kelsa bu jonib, sinolar birla sanchib qaytaring.
Chun o’larmen yorni istang, boshimg’a kelmasa,
Bosh yalong aylab, qo’yib tufroq uza yuz yolboring.
Kelsa ayturda oshiqmangkim, farahdin o’lmayin,
Nuktadonlig’ birla ul so’zni qoshimda o’tkoring.
Gar muyassar bo’lmasa bu ish, Navoiy xastani,
Qo’ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqaring.
3-o’quvchi: Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong,
Bu nav dahrda yo’q ehtimoli tun bila tong.
G’arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon elide,
Ko’rinmamish bu ikining misoli tun bilatong.
Tongim yorug’-u tunum tiyradurki, chirmashdur,
Ko’ngul aro zulfing xayoli tun bila tong.
Biravki, tong-u tunin boda birla o’tkargay,
Yaqinki, bo’lmag’ay aning misoli tun bila tong.
Navoiy etmadi zulf-u yuzun visolin kashf,
Valek erur g’amining ittisoli tun bila tong.
4-o’quvchi: Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,
Men ilg jondin yundum, chekmas ilig qonimdin el.
To’sh-to’shimdin baski rasvolig’ o’ti lov-lov yonar,
Har taraf yo’lida chiqarlar o’tsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusig’a go’yokim surudedur hazing,
Ko’yida bukim uyimas hart un afg’onimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka’bayi ko’yin xabar topquncha bormog’imdin el.
Ey Navoiy, qilmag’aylar ayb agar devonamen,
Ul pari vasfin o’qug’on soyi devonimdin el.
G’azal o’qigan o’quvchilar mushoirani davomini bog’da davom ettirishlarini aytib chiqib ketadilar.
2-boshlovchi: Navoiyning hayot yo’li ibratga to’la edi. Chin insoniyli, vatansevarlik, do’stlik, xalqparvarlik tuyg’ularini Navoiydan o’rganish kerak. Hozir e’tiboringizga Navoiyning ana shunday ibratga to’la hayotidan lavhani havola etmiz.
O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi qo’yiladi. Sahnada Husayin Bayqaro siymosi g’amgni va horg’in qiyofada; shohona liboslarda taxtda o’tiribdi. Alisher asta qadamlar bilan uning oldiga kirib boradi. “Cho’li iroq” musiqasi past ohangda yangrab turadi.
Alisher: Olampanoh!
Bayqaro: (Boshini ko’tarib, Alisherga qaraydi,o’rnidan turib quchoq ochib Alisher tamon yuradi) Alisher, do’stim!
Alisher: (Quchoq ochib u ham Bayqaro tomon yaqinlashadi) Olompanoh, endi ko’rgilik,
olampanoh. (Quchoqlashib ko’rishadilar. Bir muddat turadilar)
Bayqaro: (Og’ir xo’srinib, hazin ohangda) Boshimizda shunday kunlar ham bor ekan, og’ir gunohga botdik. (Yig’lamsirab) Nuriydiydamni, o’z jigarbandimni, Temur kabi ulug’ qo’shinlarga sardor bo’lguvchi shunqorimni o’z qo’llarim ila jallod qo’liga topshirmishmen, mavlono. Tangrim o’zi kechirmasa ahvolim mushkul.
Alisher: (Hazing ohanda) Yuz qarolig’ bo’libdi, hazratim. Tangrim, tangrim hech qaysi bandasining boshiga bunday kunlarni solmasin.
Bayqaro: Es-hushimdan, ixtiyorimdan ayrilgan vaqtda noinsoflar…
Alisher: Haqiqiy jinoyatkorlarni bilurmisiz ular kimlar?
Bayqaro: Noshukurlar, nobakorlar, fitnachilar, qo’yimda asrab yurgan chayonlar. (Bir oz sukutdan so’ng) Endi nima qilmoq kerak, mavlono.
Alisher: Davlat taqdirini, xalqni zolim vazirlar makriga havola qilmoq jinoyatdir. Mansabdorar o’z vazifalarini halol bajarsinlar. Hatto,hatto tojdor podshoh ham davlat va xalq manfaatlari uchun xizmat qilmoqqa mas’uldir, hazratim.
Bayqaro: (Uzoq tin olib) Haq so’zni aytdingiz, mavlono. Ammo, ammo siz juda yumshoq ko’ngulsiz. Men, men makkorlaning boshiga shunday daxshatli kunlarni solayki…
Alisher: Fitnachilar qilmishiga yarasha jazosini olsin. To’g’onbek kabi razil mahluqlarni bu aziz tuproqdan haydamoq kerak, hazratim.
Bayqaro: Mavlono, siz davlatimning tayanchi, saroyimning ustini, mening esa yuragim edingiz. Yana ham saroyda qolsangiz bu musibatlar girdobidan meni halos etsangiz.
Alisher: (Qat’iy ohangda) Men fasod, g’iybatlarga to’la bu dargohda qololmayman.
Bayqaro: Bizni tashlab qayoqlarga ketursiz.
Alisher: (Sahnaga qarab qulochini yozib) Endi men xalqimga, ijodimga keturmen. (Qo’lini ko’ksiga qo’yib Bayqaroga ta’zim qiladi) Boshqa iloji yo’q, hazratim. (Ta’zim qilib chiqib ketadi)
Bayqaro: Yo’q, mavlono, siz bor ekansiz bu dargohda makkorlarga o’rin yo’q, qayting, qayting do’stim… Alisher!
Bayqaro Alisher tamon qo’lini cho’zgancha qotib qoladi. Alisher chiqib ketadi.
1-boshlovchi: Ulug’lar nomi o’chmaydi sira,
Navoiy bobomning yodi ham mangu,
Axir uning nurafshon, shonli hayoti
Tarixdan bizlarga eng yorqin ko’zgu.
2-boshlovchi: Shunday ekan, bunday ajdodlarimiz merosini qadrlamoq, ularga munosib voris bo’lmoq bizning sharafli burchimizdir.
Mir alisher na’rasiga aks sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo’ldi shoh-u sulton o’zbegim
Sahna ortidan Sh, Jo’rayev ijrosidagi “O’zbegim” ashulasi yangraydi. Barcha tadbir ishtirokchilari sahnaga chiqib ta’zim qiladilar.
8-9- sinf uchun “Boburxonlik kechasi”ni o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi
Sahna markazida Boburning surati. Suratning bir tamonida uning “Har kimki vafo qilsa vafo topqusidur…” deb boshlanuvchi ruboiysi, bir tomonda esa I.Karimovning “Bobomiz Zahiriddin nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O’zbek xalqi tarixini dunyoga tanitgan ajdodlarimizdan biri o’laroq bu zot bizni tarixni qadrlashga, kelajakka ishonch kozi bilan boqishga o’rgatdi”degan so’zlari yozilgan foster. Sahnaninig bir chetida Boburning asarlari, u haqida yaratilgan ilmiy, ijodiy ishlaridan tashlik topgan kichik kutubxona. Sahnada taxt qo’yilgan bo’ladi. Tadbir boburning hayo yo’li va ijod olami yoritilgan rolik qo’yilishi bilan Bobur siymosidagi o’quvchi sahnaga asta qadamlar bilan chiqib keladi. Taxtga borib o’tiradi. Taqdimot davomida Bobur ko’zini bir nuqtaga qadab turadi. Ro’lik yakunida “Mirza Bobur” nomli qo’shiq yangrashi bilan Bobur o’rnidan turib, sekin sahnaning oldi tomon yaqinlashadi. Qo’shiq tugagandan so’ng
Bobur: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
Hindistonda shoh bo’lsamda
Andijonda qoldi yodim.
Shukur, bu kun nom-u shonim,
Yodga olmish shu avlodim.
“Ey, sabo” kuyi ostida Bobur sahnani tark etadi. Boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Buyukligi uning shohlikda emas,
Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos
G’azal bitgan hassos qalami uchun
Butun dunyo ahli qo’ygandir ixlos.
1-boshlovchi: Bu kun o’zbek o’g’lonlariga,
Shijoati meros bo’ldi Boburning.
Bag’ringa sig’magan bo’lsa ham ammo,
Dillarda yashaydi bugun Boburing.
1-boshlovchi: Assаlomu alaykum, aziz ustozlar, tadbirimiz mehmonlari. Barchangizga xush kelibsiz deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |