Usul:Tayyor slayd,plakatlar asosida.
Nazorat: Og’zaki nazorat,savol-javob,muhokama, kuzatish,o’z –o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.
Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi: Mаtеmаtikа fаni bilаn fаnlаrаrо аlоqаni аmаlgа оshirish.
D ars materiallari: 1. Fizika darsligi. 2. tegishli plakatlar. 3. Mavzuga oid taqdimot
Darsning asosiy tushuncha va materiallari: tortishish maydoni; gravitatsion doimiy; - Butun olam tortishish qonuni.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
Tashkiliy qism
O'tilganlarni takrorlash
Yangi mavzuga tayyorgarlik qismi
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
Darsni mustahkamlash
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
12 minut
8 minut
12 minut
8 minut
2 minut
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:O’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
II.O’tilgan mavzuni so’rash: FSMU texnologiyasini o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III.Asosiy qism: Yangi mavzu bayoni
Reja
1.Butun olam tortishish qonuni qanday kashf qilingan?
2.Gravitasion doimiyni aniqlash.
3. Qonunning qo’llanilish chegaralari
Jismlar orasida o'zaro ta`sir kuchlari mavjudligini umumiy holda qadimgi grek olimlari (Anaksagor, Demokrit va boshqalar) aytib o'tgan edilar. Bu fikrga keyinchalik Uyg'onish davri olimlari qo'shildilar. Chunki jismlarning yerga tortilishi, magnitlangan va elektrlangan jismlarning o'zaro tortishishi bunga turtki bo'lgan. Nyutonning Butun olam tortishishi qonunining ochilishi, oddiy bir muvaffaqiyatli o'tkazilgan eksperiment natijasi emas, balki ungacha bo'lgan olimlarning ko'pgina ishlarining ibtidosi sifatida yuzaga kelgan. Galileyning erkin tushish qonunlarini o'rganishdan Yer barcha jismlarni bir xil tezlanish bilan tortishi kelib chiqdi. Buyuk avstriyalik olim Iogan Kepler osmon mexanikasi qonuniyatlarini ochdi.
Jumladan, Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning aylanish davrlari kvadratlarining nisbati, aylanish radiuslari kublarining nisbatiga teng degan qoidasidan, tortishuvchi jismlar orasidagi o'zaro ta`sir kuchi masofaning kvadratiga teskari proporsionalligini ko'rsatdi.
Butun olam tortishish qonunini bilish tabiatni (olamni) bilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlash kerak.
1. Nyutonning Butun olam tortishish qonuni ochilganidan so'ng ma`lum bo'ldiki, har turli hodisalar: otilgan jismlarning Yerga tushishi, Oyning va Quyoshning ko'rinma harakatlari, dengiz va okean suvlarining pasayishi va ko'tarilishi o'sha topilgan bitta qonunning namoyon bo'lishidan iborat.
2 . Quyosh sistemasining turg'unligi, planetalarning va boshqa jismlarning harakati faqat Butun olam tortishishi bilangina tushuntiriladi. Oy yerning tortish kuchi ta`sirida orbita bo'ylab harakatlanadi; Yer quyoshning tortish kuchi ta`sirida o'z trayektoriyasidan chiqib ketmaydi.
3. Butun olam tortishish qonuni yordamidagina planetalarning massasini, ularning zichligini, Quyoshning massasini va boshqalarni hisoblab topish mumkin bo'ldi.
4. Dengiz suvlarining ko'tarilishi va pasayishi, Uran va Neptun planetalari kashf etildi.
5. Quyosh va Oy tutilishlarining vaqti va joyi aniq topiladigan bo'ldi.
O'quvchilarga tabiat hodisalarini ilmiy asosda oldindan ko'ra bulishga oid yuqorida aytilgan bu misollar Butun olam tortishish qonuni faqat Quyosh sistemasi uchungina emas, balki barcha yulduz sistemalari uchun ham to'g'ri ekanligini ko'rsatishini tushuntirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |