8
O‘zbek tili fanidan umumiy o‘rta ta’limning
Davlat ta’lim standarti
Yoquvchilar o‘zbek tili fanidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
-
morfologiya va sintaksisga doir asosiy tushunchalarni hamda shu tushunchalar bilan
bog‘liq ravishda grammatik atamalarni bilish;
-
so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo
qoidalarini bilish va bu qoidalarga amal qilish;
-
mustaqil gaplarni, murakkab sintaktik butunliklarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lay olish;
-
o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyandalarini
bilish, ularning asarlaridan namunalar ayta olish;
-
badiiy asar timsollariga og‘zaki va yozma tavsif berish;
-
o‘rganilgan mavzu doirasida va rasmlarga qarab mustaqil 15-20 gap bilan izchil va
bog‘lanishli monologik nutq shaklida bayon qilish;
-
ayrim matnlar mazmunini o‘z so‘zi bilan qayta hikoya qilish;
-
matnni (badiiy asar, hikoya, ilmiy maqola, xabar) to‘g‘ri, ravon, tushunib bir daqiqada
90-100 so‘z tezligida o‘qish;
-
badiiy asarni, she’rni ifodali o‘qish;
-
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ayta olish;
-
ish qog‘ozlarini yoza olish.
Yozbek tili ta’limining maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Davlat tili haqida»gi Qonunlari
hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘zbek tilini ikkinchi til (davlat tili) sifatida o‘qitishni yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur davlat ta’lim standarti ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida davlat tilini o‘rgatish uchun me’yoriy hujjat sanaladi. U boshlang‘ich va o‘rta
umumiy ta’lim bosqichining har bir sinfida ta’lim oluvchilar, shu jumladan, 4- va 9-sinfni
bitiruvchilar o‘zbek tilidan egallashlari shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy,
madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorini asoslovchi ta’limiy-tarbiyaviy hujjatdir.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tili va
adabiyotini o‘qitish ijtimoiy fanlar ichida muhim o‘rin tutadi. Boshqa millat vakillarining davlat
tili hisoblangan o‘zbek tilini puxta egallashlari, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganish va ularga
hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari taqozo etiladi. O‘zbekistonda yashab, o‘qish va ishlash
jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo‘lib, barcha sohalarda erkin fikr
almashish uchun o‘zbek tilini yetarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari 2-9-
sinflarning har birida o‘zbek tili o‘quv fani bo‘yicha shu sinf uchun belgilangan nutqiy
ko‘nikmaga, leksik-grammatik bilimlarga ega bo‘lishlari, mustaqil ravishda o‘zbek tilida fikr
yurita olish uchun til materiali va vositalaridan shu sinf hajmida va ungacha bo‘lgan davrda
o‘rganilgan materiallar hajmida to‘g‘ri va mustaqil foydalana bilishlariga erishishlari lozim.
Shu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi:
1. Yorganilayotgan tilda muloqot malakasini egallash (nutqiy kommunikativ malaka).
2. Til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish
(grammatik bilim va malaka).
3. Milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish orqali hosil qilinadigan
tarbiya (milliy madaniyatni egallash malakasi).
Ushbu mazmun asosan nutqiy kommunikativ malakani egallash orqali o‘zbek tilini
o‘rgatishning umumta’limiy maqsadini, milliy madaniyatini egallash malakasi esa tarbiyaviy
maqsadni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: