O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi



Download 1,23 Mb.
bet54/81
Sana04.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#430577
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
Нутк маданияти мажмуа 2019 - 2

AMALIY MASHG‘ULOTLAR


Mavzu: № 1. Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi -2 soat


Reja:

  1. O‘qituvchi ovozining xususiyatlari.

  2. Ovozdan foydalanish haqida tushuncha.

  3. Nutq apparati.

  4. Nutq texnikasi. Og‘zaki va yozma nutq texnikasi.

  5. Ovozdan foydalanishda nafasning roli


Muammoli savollar
1. O‘qituvchi ovozining xususiyatlari qaysilar?
2. Ovozdan foydalanishda nafasning roli qanday?


Tayanch iboralar :
Ovozining xususiyatlari, nutq apparati, nutq texnikasi, og‘zaki va yozma nutq texnikasi

Oqituvchi nutq madaniyatida ovozning ham o‘ziga xos ahamiyati bor. Oqituvchi ovozining quyidagi xususiyatlari mavjud:



  1. Jarangdorlik;

  2. Havodorlik;

  3. Keng diapazonlik;

  4. Chidamlilik

  5. Ixchamlik

  6. SugGEStivlik

Ma’lumki, nutq og‘zaki va yozma shakllarga ega. Og‘zaki nutq so‘zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq xam tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg‘ongan hayajon, berilgan axborot ma’lum vao‘tgacha tinglovchi ongida saqlanishi, uning xulo‘iga ta’sir etishi mumkin.
Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida o‘uyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi. Tushunchalar bilan “uning libosi” bo‘lgan so‘z birgalikda “yashin tezligida” tilga kela boshlaydi. Ba’zan tushunchani ifadalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Bundan tinglovchi ham , so‘zlovchi ham zarar ko‘radi.
2. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap kurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga tugri keladi.
Agar xotira ozgina “dangasalik ” kilsa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantikan va grammatik boglanmay koladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi.
Masalan: “Ustoz, sizni... xalk oldida kilgan ulkan xizmatlaringizdan biz minnatdormiz”. Misolda so‘zlovchi nutqining “Ustoz, sizni “ kismini aytgandan sung uni kanday rivojlantirish ustida kilgan muloxazasi jarayonida avvalgi kismni, avval uylagan modelini unutib kuygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi kismlar bilan grammatik va mantikan boglamay kolgan.
3. Og‘zaki nutq taxrir imkoniyatidan maxrum. U kanday shaklda borlikka kelgan bulsa, shundayligicha tinglovchiga takdim kilinadi.
4. Og‘zaki nutqda, odatda, mulokot uchun eng zarur narsalargina zuxur etiladi. Bu bir tomondan vakt iktisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan boglik. Shunga kura, unda uzundan uzok kirish, keng izoxlar kam uchraydi.
Aksincha, hodisalarning, narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi xisobga olinadi. Fakat zaruriyat xis etilgandigina avvaldan ma’lum narsalarga izox beriladi.
5. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jixatidan yozma nutqka nisbatan ancha kambagal bo‘ladi, unda bir xil so‘zlar, bir kadar kuprok takrorlanadi. Bu xol til vositalarini tanlash kiyinchiliklari bilan boglikdir.
6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati tuxtam, oxang, urgu, turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida axamiyat kasb etadi
Og‘zaki nutq me’yorlarining ommaviy suratda yoyilishi va singishida avvalo maktabgacha va maktab ta’limi katta ahamiyatga ega. Buning ustiga, ommaviy axborot vositalarining radio va televidenie singari turlarining roli salmoqli.
Og‘zaki nutq madaniyati mavqeini ko‘tarish uchun adabiy til og‘zaki shaqli qonuniyatlarini o‘rganish, bu nutq shaqlini ko‘rinishlariga qarab me’yorlash va silliqlash, og‘zaki nutq ko‘rinishlarining namunaviy shaqllarini yuzaga keltirish, uning lingvistik va tildan tashqarida bo‘lgan o‘lchovlarini belgilash muhimdir.
Shunga ko‘ra, og‘zaki nutqni adabiy til talablari asosida me’yorlashda orfoepik qoidalar, adabiy talaffuz lug‘atlari, qo‘llanmalar muhim rol o‘ynaydi. Ana shu ma’noda talaffuz (orfoepik) lug‘atlar adabiy tilning talaffuz me’yorlarini yoki so‘zlarni adabiy til qoidalariga muvofiq talaffuz qilishni belgilab beruvchi vosita sanaladi. Talaffuz lug‘atlari fonetika va nutq madaniyati bilan bevosita aloqada bo‘lib, ma’lum ma’noda biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Hozirgi kunda, ayniqsa yoshlarimiz o‘rtasida, she’rxonlik kechalarida, to‘y-tomoshalarda, turli uchrashuvlar va telekonkurslarda, kitobxonlar anjumanlarida tilimizning adabiy me’yorlaridan foydalanishga intilish kuchayib borayotgani seziladi.
Kishilarning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishi, adabiy til me’yorlariga amal qilishi, nutq madaniyati talablariga e’tibor berib, chiroyli so‘zlash, o‘z fikrini boshqalarga aniq, ravon, ifodali qilib yetkazishda talaffuz lug‘atining ahamiyati katta.
O‘zbek tilida ana shunday lug‘at bor. U «O‘zbek adabiy talaffuzi lug‘ati» deb atalib, 1984 yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan. Unda 20 mingga yaqin so‘z va so‘z shaqllarining adabiy talaffuz me’yori belgilab berilgan.
Ushbu lug‘at mualliflarining ta’kidlashicha, lug‘atni tuzish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelingan. Jumladan, adabiy talaffuz doirasida variantdorlikning kuchliligi ma’lum bo‘lgan. Bu xususiyat o‘zbek adabiy nutqi me’yorlarining ham yetarli shaqllanib yetmagan va qat’iylashmaganini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, adabiy nutq va kundalik so‘zlashuv nutqi, adabiy nutq va dialektal nutq, neytral adabiy nutq va adabiy nutqning vazifaviy-uslubiy ko‘rinishlari, to‘liq uslub hamda noto‘liq uslub va boshqalariga oid talaffuz variantlarini to‘g‘ri baholash anchagina murakkab vazifadir. Adabiy talaffuz doirasida so‘z urg‘usi, an’anaviy va yangicha talaffuz, keksa va yosh avlod talaffuzi bilan bog‘liq bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.
So‘zlarning leksik me’yorini belgilashda va ulardagi ma’no nozikliklarini farqlashda hamda umumiy jihatlarini payqashda sinonim, omonim va antonim lug‘atlarning xizmati katta bo‘ladi. O‘zbek leksikografiyasida yuqorida sanab o‘tilgan bu kabi lug‘atlarning izohli ko‘rinishlari mavjudligi quvonarli voqeadir. A.Hojiev «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, 1974) ining 223-betidan misol keltiramiz: Chiroyli, go‘zal, husndor, husnli, xushro‘y, ko‘hlik, ko‘rkam, barno, suluv, zebo, latofatli, sohibjamol. Ular garchi ma’nolarining yaqinligi bilan bir sinonimik qatorda joylashsa-da, me’yoriy o‘lchovlariga ko‘ra teng emas. Lug‘at xuddi ana shu jihatlar hisobga olinganligi bilan qimmatlidir. Fikrimizning isboti uchun sinonimik qatordagi so‘zlarga berilgan izohlarni to‘liq keltiramiz: «Husni odatdagidan ortiq, xunuknig aksi. Chiroyli stilistik jihatdan neytral. Bu so‘z odamga, boshqa jonli narsalarga nisbatan ham qo‘llanilaveradi. Go‘zal odamga va jonsiz narsalarga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘zda belgi darajasi kuchli. Husndor, husnli so‘zlari nisbatan kam qo‘llanadi. Xushro‘y, ko‘hlik faqat odamga nisbatan qo‘llanadi va «yoqimlilik» ottenkasi bor. Barno, suluv, zebo so‘zlari ham odamga nisbatan qo‘llanadi. Suluv – kam qo‘llanadi. Zebo kitobiy. Ko‘rkam asosan jonsiz narsalarga, kam darajada odamga nisbatan qo‘llanadi».
Ko‘rinadiki, semantik va vazifaviy uslubiy nuqtai nazardan bu so‘zlarning ekspressivlik va qo‘llanish imkoniyatlari bir xil emas. Ularning qo‘llanishi so‘zlashuv, badiiy va ommabop uslublarda me’yor sanalsa, rasmiy uslub uchun xos emasligi ma’lum bo‘lib qoladi. «Lug‘at» da keltirilgan badiiy adabiyotlardan olingan misollardagi chiroyli saman, chiroyli oyoq, go‘zal qiz, ko‘rkam ayol, husnli ayol, xushro‘y yigit, barno qiz, zebo bezanmoq, ko‘rkam hayot, latofatli Saodat, sohibjamol qiz birikmalaridagi aniqlovchi bo‘lib kelgan so‘zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirishning hamma vaqt ham imkoni yo‘qligi buning dalilidir. Chiroyli yuz yoki chiroyli saman deyish mumkin bo‘lgani holda ko‘rkam yuz yoki oyoq, sohibjamol saman deyishga nutqda aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ana shu holatlar me’yor tushunchasining qanchalik nozik va murakkab qamrovli ekanligini hamda ularni payqash va farqlashda lug‘atlarning, ayniqsa, izohli lug‘atlarning roli beqiyos ekanligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Sh.Rahmatullaev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, 1984) dan tildagi mazkur birliklar to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliyotda qo‘l keladigan ma’lumotlar olishimiz mumkin.
Olimning ta’kidlashicha, bir til doirasida so‘zlarning shaqliy o‘xshashligi, metonimiyaga uchrashi, ma’no tarqqiyotida o‘zgarishlar, o‘sishlar ro‘y berishi, o‘zga tillardan birliklar qabul qilinishi kabi omillar omonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ushbu lug‘atdan dam so‘zi haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz:
1. ot – havo; 2. ot - temirchilik atamasi; 3. ot-lahza, nafas; 4. bog‘lovchi – dam.., dam.; 5. ot-tig‘, o‘tkir joy, yuz; 6. predikativ so‘z – dim ma’nolarida kelgan (Rahmatullay Sh. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati.-Toshkent, 1984, 49-50-betlar). Lug‘atdagi maqolalar statistikasi ham leksemalarning mazkur turkumi haqida ba’zi fikrlarga kelishga asos bo‘ladi. «Lug‘at»da berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi uch omoleksemali, 21 tasi to‘rt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi olti omoleksemali bo‘lib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi» (Rahmatullaev Sh. Yuqoridagi lug‘at, 13-14-betlar) Tildagi omonimlarning ozligi yoki ko‘pligi, bir maqolada 2 tadan tortib 6 tagacha ma’noning farqlanishi tilimiz uchun ijobiy hodisami yoki salbiymi, bu haqda shu o‘rinda bir narsa deb bo‘lmaydi. Ammo ayrim so‘z shakllarining ma’nolarida farqlanishini ko‘rsata olishda mazkur tipdagi lug‘atlarning xizmatini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
«Nutq madaniyati va normativ lug‘at» asarining muallifi S.Akobirov me’yor va lug‘at munosabatlarini oydinlashtirishga harakat qilar ekan me’yorlar tilda ikki ko‘rinishda- nooshkor va oshkor ravishda mavjud bo‘lishini ta’kidlab, quyidagilarni qayd qiladi: «Normalarning nooshkor mavjudligi shundan iboratki, tildan foydalanuvchilar o‘zaro fikr almashinish jarayonida, xususan, so‘zlashuvda tilning qonun-qoida va normalariga rioya qilayotganliklarini hatto sezmaydilar ham. Haqiqatda esa barcha til sohiblari tildan foydalanish tajribasi orqali tilning qoida va normalarini u yoki bu darajada o‘zlashtirib olgan bo‘ladilar va ularga «umumiy odat» bo‘yicha amal qiladilar. Busiz hech qanday aloqaning bo‘lishi mumkin emas, chunki «umumiy odat»ga muvofiq kelmaydigan har qanday nutq boshqalarga anglashilmaydi, binobarin, unga javob (reaksiya) ham bo‘lmaydi.
Umumiy odatga aylangan normalar (yoki, qisqacha, odat hukmidagi normalar) til sohiblarining tildan foydalanish tajribasi orqasida orttirgan malaka va ko‘nikmalaridan iborat. Ular tildan foydalanuvchilarning nutq faoliyatidagina namoyon bo‘ladi, shuning uchun ham nooshkordir.
Oshkor normalar tilning grammatika darsliklarida va turli xil lug‘atlarida tavsiflangan va tavsiya etilgan normalardir. Darsliklar va lug‘atlar tilning obektiv normalarini tavsiflash bilan birga, ularni qonun (kodeks) hukmiga kiritadi, qonunlashtiradi»
Demak, tuzilgan imlo, talaffuz va boshqa filologik lug‘atlar til birliklarining amalda mustahkamlanishi, binobarin, adabiylashishi, barqarorlashishi va bir xilliligi uchun xizmat qiladi. Agar masala shu tarzda tushuniladigan bo‘lsa, lug‘atlarning xizmati naqadar ulkan ekanligini tasavvur qilish qiyin bo‘lmaydi.
Me’yor muammosi qaerda va qachon paydo bo‘ladi? Til birliklari o‘rtasida har xillik va variantlar bo‘lgan joyda. Tilshunoslar bu har xilliklarni tilning tabiatidan va amaldagi qoidalardan kelib chiqib tahlil qilishadi, bartaraf etishning yo‘llarini axtarishadi va to‘g‘ri keladiganlarini me’yoriy variant sifatida ommaga tavsiya etishadi. Ana shu tavsiyalar nafaqat grammatikaga, leksikologiya va stilistikaga oid adabiyotlarda, shu bilan birgalikda, lug‘atlar orqali ham qonunlashtiriladi - kodifikasiyalashtiriladi. Bir vaqtning o‘zida til madaniyati talablaridan kelib chiqqan holda omma uchun majburiylashtiriladi.
Shunday holatlarga ham duch kelamizki, nutq jarayonida so‘zlarning leksik-grammatik variantlari saqlanib qolingan bo‘ladi. Masalan, «Imlo lug‘ati»da (Toshkent, 1976) birgina «A» bilan boshlanadigan so‘zlarda quyidagi so‘z variantlari va ulardan yasalgan shaqllar mavjud: avr/abr, adab/odob, ayqirish/hayqirish, alifbo/alfavit, arava/aroba, asta/ohista, ash-pash/hash-pash va hokazo. Tilimizda bu kabi variantlar mavjud ekan, ularni me’yor sifatida yana saqlab turish, an’anani tuzilajak lug‘atlarda ham davom ettirishga to‘g‘ri keladi.
S.Akobirov yuqorida nomi tilga olingan kitobida o‘zbek tili tizimida ilgari bo‘lmagan va ularning qo‘llanilishi o‘zbek adabiy tili uchun me’yoriy hodisa sanaladigan birliklar sifatida tahlil uchun keltirgan obektiv, normal, agrar, proeksion, krovat, plan, praktika, proekt, truba so‘zlarini (A k o b i r o v S. Nutq madaniyati va normativ lug‘at, 7-bet) tilimizning hozirgi me’yor o‘lchovlari asosida olib qaraydigan bo‘lsak, oradan chorak asr vaqt o‘tgach, manzaraning o‘zgarganini kuzatish qiyin emas. Hozirda obektiv va truba so‘zlarining bir ma’no yo‘nalishida xolisona va quvur, normal o‘rnida me’yoriy, plan o‘rnida reja, praktika o‘rnida amaliyot, proekt o‘rnida loyiha birliklarini ishlatish asta-sekinlik bilan odat tusiga kirib bormoqdaki, buni tilimiz taraqqiyotiga mustaqillikning bevosita ta’siri, ona tilimizga bo‘lgan yangicha munosabatning mevasi, deb aytishimiz mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlar tildagi me’yoriy holatlarni mutlaq va o‘zgarmas hodisa deb tushunish to‘g‘ri bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Ma’lum bo‘ladiki, bir davrda me’yor sanalgan til birligi boshqa bir zamonda shunday bo‘lmasligi mumkin ekan. Bu narsa til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq, degan qoidaning to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zimizda tilimizni tozalashga, «o‘zbekchalashtirish»ga rag‘bat va moyillik sezayotgan ekanmiz, muomala jarayonida o‘z o‘rnini ekvivalentiga bo‘shatib berayotgan til birliklarini yangi nashr qilinadigan lug‘atlarda qoldirish-qoldirmaslik ustida o‘ylab ko‘rishimizga ham to‘g‘ri keladi.
Harqalay, mavjud lingvistik lug‘atlar xalqimizning ehtiyojini to‘liq qondirmoqda, deb aytish qiyin. Buning ustiga lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tilishi munosabati bilan turli mazmundagi lug‘atlar masalasida ham islohotlar o‘tkazish hayotiy zarurat bo‘lib turibdi. Ana shunday lug‘atlarni nashr qilish endigina boshlandi deyish mumkin. Turli mutaxassislikdagi, kasbdagi kishilarning ish faoliyatida, o‘qish-o‘qitish, adabiy me’yorlarni muntazam ravishda tartibga keltirib turishda, har xilliklarni bartaraf qilishda lug‘atlarning ahamiyati katta ekanligini hisobga olib, yangi yozuvdagi lug‘atlarni yaratish va nashr qilish ishini ham jonlantirish zarur. Negaki, ta’kidlanganidek, tilning me’yoriy va madaniy darajasini belgilashda lug‘atlar asosiy oyna hisoblanadi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish