Chimli - podzol tuproqlar asosan tayga-o’rmon zonasida tarqalib 115 mln.ga ni tashkil etadi. Ushbu tuproqlar ikki jarayon - podzol va chimli jarayonlarning birgalikdagi ta'siri natijasida paydo bo’ladi. Tuproqlar umumiy kimyoviy tarkibi va mexanikaviy fraktsiyalar profili bo’yicha tarqalishi podzol tuproqlarnikiga o’xshashdir. Gumus miqdori 2-4% bo’lib, profil bo’yicha kеskin kamayadi. Gumus tarkibida fulvokislota ko’pdir. Tuproqlar asoslar bilan to’yinmagan, kislotali rеaktsiyaga ega, ozuqa moddalar bilan ta'minlangan. Tuproq zichligi 1,15 - 1,3 g/sm3. dan 1,2 -1,5 2/sm3 . gacha, pastga oshib boradi Kovakligi 20-51%.
Do'stlaringiz bilan baham: |