O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Download 1,64 Mb.
bet115/193
Sana01.02.2022
Hajmi1,64 Mb.
#424776
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   193
Bog'liq
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

4.3. Mustаqil ishni baholash




Mustаqil ish mаvzulаri

Sоаti

Tоpshirish shаkli

Аdаbiyotlаr

Baho

1.

Gipergenez (nurash) jarayoni va unda tog’ jinslarining o’zgarishi.

4

оg’zаki

1,2,3,5

3-4-5

2.

Tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning paydo (hosil) bulishi va ularning xillari (elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy va boshqalar).

4

yozma

1,2,3,4,5

3-4-5

3.

Tuproqning fizik-mexanik (ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, bo’kish, cho’kish) xossalari va ularning ahamiyati.

4

оg’zаki

1,2,4,10

3-4-5

4.

Tuproqning suv xossalari (suv o’tkazuvchanlik, suv o’tkazishlik, suv ko’taruvchanlik, suv sig’imi) va ularni yaxshilash yo’llari. Tuproqning suv balansi va suv rejimi.

4

yozma

1,2,3,5,9

3-4-5

5.

Tuproq strukturasining buzilishi (yo’qolishi) va uni tiklash yo’llari.

4

оg’zаki

2,3,4,5

3-4-5

6.

Tuproq unumdorligi, uning xillari va unumdorlikni oshirish yo’llari.

4

yozma

1,2,3,4,5,9

3-4-5

7.

Tuproqlar eroziyasi. Uning yuzaga kelishi va zarari.

4

оg’zаki

1,2,3,5,6,7,9

3-4-5

8.

Dasht mintaqasi tuproqlari. Qora tuproqlarni tarqalishi va hosil bulishi.

6

referat

1,2,4,6,7,8,9

3-4-5

9.

Tuproqlar klassifikasiyalari.

6

referat

1,2,4,6,7,8,9,10

3-4-5

10.

Cho’l mintaqasining tuproqlari: taqirlar, taqirlangan tuproqlar, bo’z (sur)- qo’ng’ir va qumli cho’l tuproqlari.

6

yozma

1,2,4,6,7,8,9

3-4-5




jаmi

46













Mаksimаl bаll










5



4.5. Fаnni o’qitish jаrаyonini tаshkil etish vа o’tkаzish bo’yichа tаvsiyalаr
“Tuproqlar geografiyasi” kursini o’qitish nаzаriy vа amaliy dаrs shаkllаridа оlib bоrilаdi. Fаnni o’qitish jаrаyonidа pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn uyg’un fоydаlаnish nаzаrdа tutilgаn.
Nаzаriy vа amaliy mаshg’ulоtlаrdа kаrtа, ko’rgаzmаli qurоllаr, jаdvаllаr, slаydlаr vа elеktrоn dаrsliklаr hаmdа intеrnеt mа’lumоtlаridаn fоydаlаnib o’rgаnilаdi.
Mаvzulаr mоdulli, hаmkоrlikdа o’qitish tехnоlоgiyasining kichik guruhlаrdа ishlаsh mеtоdi, kаrtоgrаfik, muаmmоli, suhbаt vа bоshqа tехnоlоgiyalаr yordаmidа o’rgаnilаdi.
Amaliy mаshg’ulоtlаrdа mаtеmаtik stаtistik, qiyosiy, kаrtоgrаfik vа intеrfаоl mеtоdlаr qo’lаnilаdi.
Fanga ajratilgan soatlari miqdori

Ma’ruza

Amaliy
mashg’ulot

Reyting

Mustaqil ta’lim

Jami

Umumiy

38

38

38

46

104

150

Har bir amaliy mashg’uloti uchun:

Maksimal

55%

71%

86%

5

3

4

5

Oraliq nazorat yozma ishlari uchun reyting mezonlari:
1 – oraliq nazorat yozma ishi 2 – oraliq nazorat yozma ishi

Maksimal

55%

71%

86%

Maksimal

55%

71%

86%

5 baho

3

4

5

5 baho

3

4

5



Asosiy qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi.: - Fan va texnologiyalar. 2018.
2. Yo‘ldosheva G'.Meliorativ tuproqshunosiik. Т., 2008
3. Тошхужаев Р. Тупрокшунослик.-Т.: ТДПУ, 2000.
4. Тошхужаев Р. Тупрокшунослик (лаборатория машғулотлари). - Т.: ТДПУ, 2008.
5. Boboxo’jayev I., Uzoqov P. Tuproqlar geografiyasi. – Toshkent, 1996.
6. M. Bahodirov., A. Rasulov Tuproqshunoslik. O’qituvchi nashriyoti. – Toshkent. 1975
7. Pochvovedeniye, pod red. I.S. Kauricheva.M.1989.
Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.

  2. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т; “Ўзбекистон”, 2017 й.

  3. Мирзиёв Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. “Узбекистон” 2016.

  4. С.А. Азимбоев. Деҳқончилик, тупроқшунослик ва агрокимё. Т.: Иқтисод-молия., 2006.

  5. Тожиев У., Намозов Х. Ўзбекистон тупроқлари. – Бухоро., 2002.



Internet saytlari:

    1. www.tdpu.uz

    2. www.pedagog.uz

    3. www.ziyonet.uz

    4. www.lex.uz;

    5. www.bilim.uz;

    6. www.gov.uz;



O’zbеkistоn RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS tа’lim vаzirligi


А. QОDIRIY NОMIDAGI JDPI


Tаbiiy fanlar fakulteti
gеоgrаfiya o’Qitish mеtоdikаsi kаfеdrаsi


TUPROQLAR geografiyasi fаnidаn
GLOSSARIY

Tuzuvchi: M.Usmanov


Jizzах
Glossariy
1. Tuproq - quruqlikning tabiiy tarixiy jarayonlarda o’zgargan yuza, g’ovak, unumdor qatlami.
2. Gumus - tuproq tarkibidagi chirindi miqdori.
3. Tuproq unumdorligi - tuproqning o’simlik va organizmlarni optimal yashash sharoitlari ta’minlay olish xususiyati.
4. Yer resursi - yer yuzasining har qanday yuzasi tushuniladi.
5. Tuproq degradatsiyasi – tuproqlarni eroziya hamda deflyatsiyaga uchroashi, ikkilamchi sho’rlanishi, ifloslanishi, qashshoqlashuvi, botqoqlashishi, zaxarlanishi.
6. Tuproq eroziyasi – tuproqni shamol va suv ta’sirida yuvilib,uchirilib ketishi.
7. Sho’rlanish - tuproqning o’simlik o’sadigan yuqori qatlamlarida (2metrgacha) ekinlar va boshqa organizmlarga zararli bo’lgan oson eruvchi tuzlarni me’yoridan ortiqcha to’planishi.
8. Tuproqlarni ifloslanishi - tuproqqa antropogen ta’sir tufayli turli moddalarni, jinslarini, patogen organizmlar va oqava suvlarning qo’shilishi oqibatida uning xususiyatlarini yomonlashuvi.
9. Pestitsidlar - dehqonchilik va chorvachilikda kasalliklar,zararkunandalar va begshona o’tlarga qarshi, deflyatsiya (bargni to’kish, desikatsiya (quritish), biostimulyatsiya kabi maqsadlarda foydalanadigan kimyoviy moddalar.
10. Radioaktiv ifloslanish - xalq xo’jaligining turli soxalarida radioaktiv moddalardan foydalanish oqibati.
11. Elyuvial jinslar yoki elyuviy – tub jinslar nurash mahsulotlarining nurash qobig’ida o’z joyida qolib to’planishidan hosil bo’ladi. Dastlabki tub jinslarning xossalari, joyning iqlimi va relьefiga ko’ra elyuviyning mexanik tarkibi va uning qalinligi xilma-xil. Ana shunday jinslar to’rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplanmagan maydonlar (tog’ o’lkalari, Ustiyurt platosi) da uchraydi.
12. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb - nurash mahsulotlarning yomg’ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirilib, to’planishidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi. Delyuviy mamlakatimizning turli rayonlari (jumladan, O’rta Osiyo) dagi suv ayirg’ichlarning yon bag’irlari va daryo vodiylarining yuqori terrasalarini qoplagan.
13. Kollyuvial jinslar va kollyuviy – tog’ yon bag’irlari va tog’ etaklarida sochilib va o’yilib yotgan holdagi turli mexanikaviy tarkibli yotqiziqlardir. Bu jinslar O’rta Osiyo va Kavkazning tog’li o’lkalarida ko’p tarqalgan. Ko’pinchi kollyuviy bilan birga uchraydi. Bunday aralash jinslarni delyuvial kollyuvial yotqiziqlar gruppasiga kiritiladi.
14. Soliflyuktsiya yotqiziqlari - doimiy muzlagan yerlarda tarqalgan soliflyuktsiya jarayonlar, ya’ni suv o’tkazmaydigan abadiy muz qatlam yuzasi bo’ylab erigan suv bilan to’yingan jinslarning nishabliklar bo’ylab oqib tushishidan hosil bo’ladi. Bu jinslarning mexanik tarkibi xilma-xil bo’lib, ko’pincha ularda yirik xarsanglar va qirrali toshlar aralashgan bo’ladi. Odatda qatlamsiz, ancha zich bo’lishi bilan xarakterlanadi.
15. Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy - doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog’liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo’ylarida ko’p to’planadi. Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan, ko’pincha sohil allyuviysi uchun gorizontal, o’zan allyuviysiga qing’ir-qiyshiq qatlamli tuzilish harakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat bo’lib, qoldiq qayirlarda organik moddalarga boy allyuviy to’planadi. O’zan allyuviysi odatda turli o’lchamli zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan.
16. Ko’l-allyuvial yotqiziqlar - ko’l va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklaridagi havzalarida hosil bo’ladi. Ko’l-allyuvial yotqiziqlarning mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va gorizontal qatlamli tuzilishlidir. Ana shunday jinslar Polesьe, Meshchersk, G’arbiy Sibirь singari pasttekisliklarda keng tarqalgan.
17. Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy - tog’li o’lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog’in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo’ladi. Prolyuviy tog’ yonbag’irlari va tog’oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan. Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat.
Prolyuviy O’rta Osiyoning tog’ vodiylarida (Farg’ona, Zarafshon) va shuningdek, tog’oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan. Ko’pincha allyuvial-prolyuvial yoki prolyuvial-delyuvial tarzidagi aralash jinslar ham uchraydi.
18. Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir. Ularda ko’proq, sertosh va botqoqlangan tuproqlar hosil bo’ladi.
19. Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari - muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog’liq. Bu oqimlar o’z yo’lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqizgan bo’ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag’al va yirik qum, qumoqlar to’planadi.
20. Eol yotqiziqlari - shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida kuchli bo’lib, qum barhanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo’’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalari-dyunalar shaklidagi relьeflar yuzaga keladi.
21. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar - Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o’ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to’rtlamchi davr yotqiziqlari kiradi.
O’rta Osiyodagi to’rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari alohida o’rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo’lishi sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog’liq qadimgi sug’orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg’ona vodiysi, Xorazm, Murg’ob va Tajan) vohalarida sug’orish suvidagi loyqalarning yerga o’tirishidan, go’ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo’lgan va ularda o’ziga xos voha tuproqlari shakllanadi.
22. Mexanik tarkibining ahamiyati - Mexanik tarkibi tuproqning eng muhim fundamental xossalari va unumdorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati kattadir. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi, nam sig’imi kabi xossalari hamda havo-suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog’liq bo’lib, sug’orish va zax qochirish melioratsiyasida bu ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi.
23. Qora tuproqlarning kelib chiqishi - qora tuproqlar zonasi Rossiyaning asosiy g’allachilik o’lkasi bo’lganligi sababli, aksariyat olimlarning tadqiqotlari ham ana shu tuproqlarda olib borilgan. V.V.Dokuchaev qora tuproqlarni har tomonlama va batafsil o’rganib «Rus qora tuproqlari» (1883) asarini yaratdi va unda qora tuproqlarning paydo bo’lishi haqidagi qator yangi ilmiy g’oyalarni bayon qildi.
24. O’rmon-dasht zonasining qora tuproqlari - O’rmon-dasht zonasining qora tuproqlari: podzollashgan, ishqorsizlangan va tipik qora tuproqlardan iborat bo’lib, maydoni 60,3 mln. gektarni tashkil etadi.
25. Podzollashgan qora tuproqlar - Bu tipchadagi qora tuproqlarning morfologik belgilaridagi eng muhim farq - ular gumusli gorizontida podzollanish jarayonining qoldiq alomatlarini ifodalovchi kremnezyomning kukunsimon, oqish sochilmalarining bo’lishidir.
26. Ishqorsizlangan qora tuproqlar - Bu tuproqlarning podzollashgan qora tuproqlardan farqi, uning gumusli gorizontida kremnezyomning kukunsimon sochilmalari bo’lmasligidir. A- gorizonti to’q tusli sur yoki qoramtir rangli bo’lib, g’ovak quvushmali donador yoki donador-uvoqli strukturaga ega. qalinligi 30-40 dan 40-50 sm gacha va undan pastda 70-80 sm qalinlikdagi V gorizonti joylashgan.
27. Tirik qora tuproqlar - Odatda chuqur gumusli (9-120 sm va undan ortiq) profilga ega va gumusli gorizontiga karbonatlar mitsellasi yoki ohak naychalari holidagi yangi yaralmalarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Karbonatlar ko’pincha 60-70 sm chuqurlikda joylashadi. Morfologik jihatdan batafsilroq xarakterlash maqsadida gumusli A gorizonti o’zining rangiga ko’ra 2 gorizontchaga: AV1 va V1 ga ajratiladi.
28. Oddiy qora tuproq - A-gorizonti 30-40 sm bo’lib, to’q tusli-suv yoki qora rangli, yaxshi ifodalangan donador va uvoqli-donador strukturali. Bu gorizont asta-sekin, qo’ng’ir tusli yoki to’q sur tusli va uvoqli, uvoqli-prizmagik strukturaga ega bo’lgan, V1- gorizontiga o’tadi. Oddiy qora tuproqlarda gumusli qatlam qalinligi, ko’pincha 65-80 sm ni tashkil etadi.
29. Janubiy qora tuproqlar - Dasht zonasining janubiy qismini egallaydi hamda bevosita to’q tusli kashtan tuproqlari bilan chegaralangan.
30. Tuproqni geografik rayonlashtirish. Tuproqlarni geografik rayonlashtirish printsiplari V.V.Dokuchaevning tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta’limotiga asoslangan. V.V.Dokuchaev o’zining «Tabiiy zonalar haqida ta’limot» (1898 y) asarida tabiiy tuproq qoplamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo’ylab) yo’nalishda asta-sekin, bir-biri bilan almashinib borish qonuniyatlarini ochib berdi.
31. Tuproq fatsiyasi – tuproqlari o’zining temperatura rejimi va mavsumiy namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproqlarning fatsiyalar bo’yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi o’rganilgan.
32. Tuproq provintsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provintsiyalari deb, mahalliy tuproq hosil bo’lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki zonachasining bir qismiga aytiladi. Tog’li o’lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provintsiyadari vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o’z ichiga oladi. Tuproq qoplamining provintsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.
33. Tuproq okrugi – tuproq provintsiyasining bir qismi bo’lib, tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar: joyning relьefi, iklimi, o’simliklar tarkibi, gidrogeologik singari sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
34. Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq qoplamini ancha bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.
35. «Taksonomiya» - so’zi grekcha taxis – tuzilma, tartib yoki lotincha takso – baholayman va nomos – qonun. Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir ob’ektlar sistemasida klass, daraja yoki o’rnini ko’rsatadigan, ularning batafsillik yoki aniqlik darajasini belgilaydigan, klassifikatsiyalash (tasniflash) yoki sistematikalash (tartibga solish), birliklaridir.
Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi to’g’risidagi Dokuchaevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu tuproq tipi va tuproq paydo bo’lish jarayonining tipi haqidagi ta’limotlarda o’z rivojini topgan.
36. Tip - deb, deyarli bir xildagi tuproq paydo bo’lish jarayonlari kechadigan hamda o’xshash fizik-geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan konkret tuproqlarga aytiladi.
37. Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik bo’lib, asosiy hamda qo’shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi.
38. Avlod tipchalar - orasida tuproq gruppalarini o’ziga birlashtiradi. Tuproqlarning genetik xususiyatlari ko’plab mahalliy sharoitlarning tuproq paydo bo’lish jarayonlariga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqning sho’rxoklanishi, sho’rtoblanishi va karbonatlanishi singari jarayonlarning borishi ro’y beradi.
39. Tur – avlodlar orasida ajratiladigan tuproq gruppalari bo’lib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko’ra ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarining gumus to’planishining jadalligi va uning chuqurligi, sho’rlanish, eroziyalanish darajasi singarilar turlarni belgilovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi.
40. Tur xili –tuproqning yuqori qatlamlari va ona jinslarining mexanik tarkibiga ko’ra ajratiladi.
41. Razryad – tuproq ona jinslarining kelib chiqishi asosida bo’linadi. Jumladan morena jinslari, allyuvial, flyuviglyatsial va lyossimon jinslar singarilarda hosil bo’ladigan tuproqlarning har qaysisi alohida razryadlarni tashkil etadi.
42. Tabiiy unumdorlik - Insonlar kuli tegmagan tabiiy xolatdagi tuproqlar uchun haraktyer li unumdorlik xisoblanadi.
43. Sun’iy unumdorlik - Insonlarning maksadli faoliyati (yer ni xaydash,unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov byer ish, melioratsiyalash,ugitlardan foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi.
44. Potensial unumdorlik - Tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari natijasida paydo bulgan hossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida yaratilgan yoki uzgartirilgan tuproq hususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yigindisidan iborat.
45. Effektiv (samarali) unumdorlik - muayyan iklim va texnik-iktisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potensial unumdorligining foydalaniladigan qismi xisoblanadi. Demak, hosildorlik mikdori samarali unumdorlikning asosiy kursatkichi va konkret kurinishidir.
46. Nisbiy unumdorlik - muayyan gruppa yoki turdagi o’simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bulgan munosabati bilan belgilanadi. Bir turdagi o’simliklar uchun unumdor xisoblangan tuproq boshkasiga yaroksiz bulishi mumkin.
47. Iqtisodiy unumdorlik - tuproqnig potensial unumdorligi va yer uchastkalarining iktisodiy haraktyer istikasiga kura tuproqlarni iktisodiy jixatdan baxolashdir.
TABIIY FANLAR FAKUL’TETI
GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI

TUPROQLAR GEOGRAFIYASI
FANIDAN


I L O V A L A R


JIZZAX
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“TASDIQLAYMAN”

__________ SH.Sharipov.








“KELISHILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

______________________



2018 yil “28” 06




2018 yil “25” 08







Ro‘yhatga olindi: BD -5110500-2.06

2018 - yil “ 18” 08



TUPROQLAR GEOGRAFIYASI


FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000- Pedagogika


Ta’lim yo‘nalishi: 5110500- Geografiya o‘qitish metodikasi




TOSHKENT-2018
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018-yil “18” 08 dagi 4 -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil “25” 08 dagi 744-sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.


Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:
Xojimatov A.N. – «Geografiya o‘qitish metodikasi» kafedrasi professori v/b, geografiya fanlari nomzodi.
Xolmurodov Sh.A. - «Geografiya o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
M.Mirakmalov.– O‘zMU , “Geografiya” kafedrasi dotsenti
Nuralieva Z. - 1-Respublika Tibbiyot kolleji “Amaliy geografiya” fani o‘qituvchisi

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2018-yil 28 06 dagi 11 -sonli bayonnomasi).




I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni

“Tuproqlar geografiyasi” fan dasturida tuproqning tabiat hosilasi ekanligi, tuproq hosil bo‘lish omillari, tuproqlarning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha geografik tarqalish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek tuproqlarning xilma-xilligi, rivojlanishi, mexanik tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Tuproqlar geografiyasini xaritalashtirish, tuoroqlarni o‘rganishning xo‘jalik uchun ahamiyati, geografiya mutaxassislari tayorlash tizimida “Tuproqlar geografiyasi” fanining ahamiyati va o‘rniga alohida e’tibor berilgan.



Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish