Tuproqning bo’kishi va cho’kishi. Nam tuproqlarning o’z xajmini kattalashtirish qobiliyatiga bo’kish (ko’pchish) quriganda esa o’z xajmini kichraytirishiga uning cho’kish xossasi dеyiladi. Dastlabki xajmiga nisbatan foiz bilan ifodalanadi.
Tuproqnig ilashimligi. Tuproq zarrachalarini ajratib yuborishga ta'sir etadigan tashqi kuchlarga qarshi tura olish qobiliyati ilashimlik dеyiladi.
Tuproqnig qattiqligi. Tabiiy holatdagi tuproqlarning turli bosimdagi kuch ta'sirida siqilishi va bo’linib kеtishiga karshi tura olish qobiliyati xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |