O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Boshqarmasi
Shofirkon tumani
14-umum o’ra ta’lim
maktabining matematika fanni
o’qituvchisi
Rajabov Olimning
10-sinf uchun bir soatlik
ochiq dars ishlanmasi
Ochiq Dars
Mavzu : Eng sodda trigonometrik tenglamalarni yechish
Darsni maqsadi :
a) ta’limiy maqsad :
O’quvchilarga eng sodda trigonometrik tenglamalrni yechish haqida bilimlarni shakllantirish , misollarda formulani qo’llay olishni o’rgatish .
b) tarbiyaviy maqsad :
O’quvchilarni o’zaro maqsadiga erishish Vatanga, ilm – fanga, kasb- hunarga muhabbat ruhida tarbiyalash , bir-biriga o’zaro hurmat , jamoa bo’lib ishlash , o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish .
c) rivojlantiruvchi maqsad :
O’quvchilarni mustaqil ishlash , ijodiy izlanish orqali bilim olishga , xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga , fikrni aniq ifodalashga o’rgatish , nutq madaniyatini o’stirish .
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad:
Mavzuni hayotga va jamiyatimizning turli sohalariga bog`liqligini tushuntirish bo
Darsni jihozi :
Darslik , tarqatma materiallar , test savollari yozilgan varaqlar , rag’bat uchun kartochkalar, slaydlar .
Texnik vositalar :
Kompyuter , multimediya , slaydlar .
Dars turi : Noan’anaviy .
Darsda qo’llaniladigan metodlar :
“ Kichik guruhlarga ishlash “ , “ Aqliy hujum “ ,
Darsni borishi :
a) salomlashish
b) davomatni aniqlash
c) o’quvchini darsga tayyorgarligini tekshirish
o`quvchilar guruhlarga ajratiladi:
guruh Al- Xorazmiy.
Guruh Abu Rayxon Beruniy
Guruh a`zolari tomonidan guruhlarga ta`rif beriladi,
Mustaqillik daqqasida harakatlar strategiyasi haqida ma`lumot
“O`zbekiston raqamlarda ” bunda o`quvchilar O`zbekistondagi yuksalaishlarni raqamlarda ifodalaydilar
“Uchinchisi ortiqcha” o`yini bunda o`quvchilarni fikrlash qobiliyatini o`stirish, matematik qobiliyatini oshirishga undash
Namuna:
Cosx funksiya
a) davriy b. juft c. chiziqli
O’tilgan mavzuni so’rash :
O`qituvchi tomonidan guruhlarga mavzuga oid test savollari hamda tarqatma materiallar taqdim etiladi.
Namuna:
Y= sinx funksiya qanday funksiya ?
a) toq funksiya b) juft fuksiya c) juft ham emas toq ham emas.
1 . Davriy jarayonlar deganda nimani tushunasiz?
2 . Davriy jarayonlarga misollar keltiring?
3. Trigonometrik funksiyalar davriy jarayonga misol bo`la oladimi? .
Yangi mavzu bayoni :
Sinx=a tenglamani qaraymiz. Bizga ma`lumki -1≤sinx≤1 shuning uchun bu tenglama |a| > 1 bo`lganda yechimga ega emas. Quyidagi ta`rifni kiritamiz.
a€[-1; 1] sonning arcsinusi deb sinusi a ga t eng bo’lgan x€[-п/2; п/2] songa aytiladi : arcsin a = x bo’ladi
Tenglamani yechishda y=sinx funksiya grafigidan foydalanamiz (slayd ko’rsatiladi).
Grafikdan ko’rinadiki ,y=a funksiya [0;2п] oraliqda y=sinx finksiya grafigini abssissalari x0 va x1 = п-x0 bo’lgan nuqtalarda kesadi. Bu ikki nuqtani bitta formula orqali yozish mumkin .
X=(-1)n arcsina , n=0,1 y= sinx funksiyaning davriyligidan foydalanib quyidagi formulani hosil qilamiz:
X=(-1)k arcsina+ пк, k€Z (1).
Xususiy hollari: Agar sinx=1 bo`lganda x= п/2+2пк, k€Z
Sinx=-1 bo`lganda x=3п/2+2пк, k€Z
Sinx= 0 bo`lganda x= пк, k€Z.
Cosx=a tenglamani qaraymiz
-1≤cosx≤ 1 bo`lgani uchun |a|>1 bo`lganda yechimga ega emas
Ta`rif :
a€[-1;1] sonning arkkosinusi deb kosinusi a gat eng bo`lgan x€[0; п] songa aytiladi, arccosna=x deb belgilanadi.
Yechimining ko`rinishi quyidagicha bo`ladi. X= ± arccosa+2пк k€Z (2)
Xusisiy hollari.
Cosx= 1 bo`lganda x= 2пк k€Z bo`ladi.
Cosx= -1 da x= п+2пк, k€ Z bo`ladi
Cosx=0 da x= п/2+пк k€ Z bo`ladi.
Misollar
1). sin (п/10-х/2)=0
-п/10+х/2= ПК,
Х=п/5+ 2пк k€Z
2). Cosx= √3/2
2- formulaga ko`ra x=±arccos√3/2+2пк k€Z
X=±п/6+2пк k€Z
(Grafikalar slaydlar orqali ko`rsatiladi).
Mavzuni mustahkamlash :
’Zinama-zina ‘’ metodi
Bu metodda zinalarga savollar yoziladi,ikki guruhdan bitta-bitta o’quvchilar chiqib zinalardagi savollarga javob berishadi,birinchi bo’lib savollarga javob berib zinaning eng yuqorisiga chiqqan o’quvchi zinaning yuqorisidagi yulduzchaga ega bo’ladi.Va o’sha jamoa g’olib bo’ladi.
Go’lib
O`quvchilar tomonidan guruhlardan navbat bilan quyidagi misollar bajariladi.
a). 144-147- misollarni bajarish.
b) tezkor savollar
c) test kartochkalarga javoblar
d) o`quvchilarni baholash
Uyga vazifa
150-151- misollar
Do'stlaringiz bilan baham: |