O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 111,5 Kb.
Sana17.11.2019
Hajmi111,5 Kb.
#26252
Bog'liq
Akramova Z. Matematika metodikasi Kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

A.Qodiriy nomli

JIZZAX davlat pedagogika instituti

BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti

814-16(305) guruh talabasining Matematika o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan




Mavzu: Matematika darslarida ma’naviy-mantiqiy tarbiya berish.


Qabul qildi: Shodmonov X.

Topshirdi: Akramova Z.


Jizzax2019

MUNDARIJA
KIRISh………………………………………………………………………3

IBob. Matematika darslarida ma’naviy-mantiqiy tarbiya berishning nazariy asoslari.

1.1. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarining mazmun - mohiyati va ta’lim–tarbiya berishda ulardan foydalanish…………………………..5

1.2. Arifmetik, algebraik materiallarni va geometriya elementlarini o’qitishda o’quvchilarga ma’nаviy – ma’rifiy tarbiya berish………….7

IIBob. Matematika darslarida ma’naviy-mantiqiy tarbiya berish metodikasi .

2.1. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga ma’naviy –ma’rifiy tarbiya berish………………………………………11

2.2. Dars ishlanma…………………………………………………….20

Xulosa………………………………………………………………………..25

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….26

KIRISh

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir” 1. 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarini boshlang’ich sinflarida matematika kursini o’qitish jarayonida o’quvchilarda matematika bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishi bilan bir qatorda, ularga ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berishga ham katta e’tibor berib boriladi va hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda har bir matematika kursida o’quvchilarning ma’naviy – ma’rifiy dunyoqarashlari shakllantirib boriladi.

Matematika moddiy dunyodagi hodisalarni miqdoriy musbatlarini va fazoviy formulalarini to’g’ri tushuntirishga imkon beradigan tabiiy fan bo’lganidan, uning qonun va qoidalari moddiy dunyoni qanday bo’lsa shundaylikcha tushuntirishga va boshlang’ich sinf o’quvchilarga shu asosda ma’naviy – axloqiy tarbiya berishga, hamda matematik bilimlarini egallashga imkon beradi.

Albatta boshlang’ich sinf o’quvchisi har bir matematika darsida uchinchi o’quvchilarga ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berishi maqsad qilib qo’yganlarini quruqdan – quruq aytib qo’ygan bilan amalga oshirib bo’lmaydi. Bu masalani amalga oshirish uchun matematikadan ayrim sinflarda maxsus dars soatlari ajratilmaydi, balki o’quvchi maktabga qadam qo’ygandan to uni tamomlab chiqqunga qadar bo’lgan davrda bevosita matematika darslarida amalga oshiriladi.

Boshlang’ich matematik ta’limda asosan maqsad mantiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratiladi va ta’lim jarayonida mantiqiy tafakkurning soddaroq ko’rinishi bo’lgan obrazli mantiqiy tafakkurdan foydalaniladi.

Bu obrazli mantiqiy tafakkur asosida ta’lim berish jarayonida tabiat qo’ynida, sayllar davomida, tabiiy ne’matlardan foydalangan holda ta’lim berish imkoniyatlari kattadir. Bu esa o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan qiziqish,o’rganishga bo’lgan ehtiyojini amalga oshirish vositalaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni faollashtirishga imkon beradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berish har bir matematika darsidagi o’tilayotgan mavzusida bevosita bog’liq ravishda amalga oshirilib boriladi.

Bu vazifalarini amalga oshirishda ya’ni o’quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarini puxta o’zlashtirilishini va ularning ma’naviy – axloqiy tomonlardan har tomonlama yetuk inson bo’lib kamol topishlarida ta’lim tarbiyaga yangi pedagogik texnologiyalarini joriy etish kafolatlovchi yondashuv hisoblanadi. Biz bu ishda boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida ma’naviy – ma’rifiy tarbiyalash masalalarini qarab chiqamiz.

O’quvchilarga ta’lim – tarbiya berish faqat dars jarayonida emas, matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarini o’tish masalasini ham qarab chiqamiz.

Kurs ishining maqsadi: Matematika darslarida ma’naviyma’ntiqiy tarbiya berishni o`rganish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’ekti: Boshlang`ich sinflarda ta‘lim-tarbiya jarayoni.

Kurs ishining predmeti: Matematika darslarida ma’naviymantiqiy tarbiya berish tizimining shakl, metod va vositalari.

Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, to`rt paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

IBob. Matematika darslarida ma’naviy-mantiqiy tarbiya berishning nazariy asoslari.

1.1. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarining mazmun - mohiyati va ta’lim–tarbiya berishda ulardan foydalanish.

Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlashda va rivojlantirish –O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviy shunday qimmat baho metodi, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz oldida butun insoniyatning ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish qayg’usi bilan birgalikda yetilgan. Ma’naviy insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan birga singadi Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviy belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiriladi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o’lkaning benihoya go’zalligidan bahramand bo’lish ma’naviyatga ozuqa beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyatini va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.

Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon – qarindosh qiladi. Ularning taqdirini o’zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi.

Erkin fuqaro oilada yashaydigan va mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur.

Ma’naviyat –insonni insoniylik bilan ko’rkamlashtiruvchi buyuk bir kuch va imkoniyat. Uning ta’rifini ham o’zi kabi keng qamrovli.

Ma’naviyat shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo’nalish, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir.

Ma’naviyat –shaxsning ezgu qadriyatlariga, uning tarixi va buguniga tayangan holda jamiyat a’zolari bilan hamnafas, hamqadam yashay olishi ta’minlaydigan ruhiy axloqiy qarashlar tizimidir.

Ma’naviyat –shaxsning barkamol ruhiy – axloqiy va jismoniy tarbiya tarzi, mavjud dunyoni tarixiy va O’zbekiston zamonasi bilan hamnafas uyg’un anglay olish, hayotiy qonuniyatlarini tan olish va unga amal qilish.

Ma’naviyat –taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbiga kamol topishi uchun bilish va tushunib yetishga suyanganidagina qudratli kuchga aylanadi.

Ma’rifat (arabcha – “bilmoq”) – ta’lim – tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, iqtisodiy, falsafiy, diniy g’oyalar majmuiy asosida bilishlarning eng, bilimini, madaniyatini o’stirishga qaratilgan faoliyat, Ma’rifat tushunchasi “Ma’naviyat” va “Madaniyat” tushunchalari bilan chambarchast bo’g’liq. Ma’rifat tarixi jamiyat tarixining ajralmas qismidir.

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng ilim ma’rifatga katta e’tibor berilayotir. Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari keng miqiyosida faoliyat ko’rsatib turibdilar. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida ko’plab yoshlar bilim va hunar egasi bo’lmoqdalar. Hozir xorijiy tillarni o’rganishga katta e’tibor berilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan “Ma’naviyat” va ma’rifat jamoatchilik markazi tuzilgan edi, bu tashkilot davlatimizdagi barcha ma’rifat, madaniyat va ma’naviy homiylarini o’z atrofida jipslashtirib ma’rifat ishini yangi pog’onalarga ko’tarmoqda.

Ma’rifat bilim, tanish, bilish va madaniyatning mazmuni. U madaniyatdan oziqlanish, yuksaltirish yo’l – yo’riqlari, usul va vazifalaridir.

Insonda insoniylikni kamol topdirish ma’rifatning mashaqqatli va sharafli yo’llari orqali ro’yobga chiqadi.



1.2. Arifmetik, algebraik materiallarni va geometriya elementlarini o’qitishda o’quvchilarga ma’nаviy – ma’rifiy tarbiya berish.

Endi boshlang’ich sinf matematika kursini har bir bo’lish (arifmetik, ablebraik, geometrik materiallarni yangi pedagogik texnalogiyalaridan foydalangan holda o’qitish jarayonida o’quvchilarga ma’naviy – axloqiy va ma’rifiy tarbiya berish uslublariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Bizga ma’lumki tabiat va jamiyatdagi barcha o’zgarishlar va rivojlanish ma’lum qonunlar asosida ro’y beriladi, bir matematika darslarida birinchi sinfdanoq natural sonlarni nomerlarni, yozishni, ularning biri ikkinchisidan qanday qilib chiqishi haqida qoidalarni va shu sonlar ustida bajariladigan qo’shish va ayirish amallari komponentlari orasidagi bog’lanishlarni ko’rsatish davomida boshlang’ich sinf o’quvchilarini ongida matematikada ham, hayotda ham, jamiyatda ham ma’lum qonun – qoidalarning mavjudligini va shu qonun – qoidalarga bo’ysunib yashash har birimizning vazifamiz bo’lishi zarurligi tuyg’ularni shakllantirib boradi.

Boshlang’ich sinflarga matematika darslarida ustida amallar bajarishga doir ko’plab iqtisodiy mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatish jarayonida, shu masalalarni mazmun jihatdan mustaqil mamlakatimiz xalq xo’jaligida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni va shu masalalarda qatnashayotgan sonlar sifatida mana shu yutuqlarni ifoda etuvchi sonlarni yechishini ta’minlasak, shu masalalarni yechish orqali biz birinchidan o’quvchilarimizga iqtisodiy tejamkorlik, tadbirkorlik mehnatsevarlik tarbiyasini beramiz, ikkinchidan o’quvchilar ongiga o’z mamlakatdan faxrlanish hislarini va vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalaymiz. Boshlang’ich sinf matematika kursida o’qitiladigan miqdorlar orasidagi bog’lanishdagi va ularga doir masalalarni yechishini o’rgatish jarayonida ham o’quvchilarga iqtisodiy, tejamkorlik, qonunlarni va qoidalarni hurmat qilish va unga amal qilish, topqirik, o’zaro hurmat va boshqalarning fikrlarni hisobga olish kabi tarbiyalar berib boriladi.

Algebra elementlari sonli tekshirishlar, harfiy tengsizliklar, tenglamalar va ularga doir masalalarni yechishni o’rganish jarayonida esa o’quvchilarda yaxshi bilan yomonni bir – biriga taqqoslay olish, mamalakatimiz xalq xo’jaligida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ifodalovchi son ko’rsatkichlarini boshqa davlatlardagi shunday ko’rsatkichlar bilan taqqoslab vatanimizga muxabbat, uni har bir qarichini qadrlash, vatanparvarlik, insonparvarlik mehr – muruvvatli bo’lish hislatlarini tarbiyalab boramiz.

Turli matematik mazmundagi masalalari hozirgi kunda bozor iqtisodiga o’tish yo’lida rivojlanayotgan Respublikamizda xalq xo’jaligini turli tarmoqlariga ishlatilayotgan baho, narx, tannarx, foyda, daromad, tadbirkorlik, qo’shma korxona, bank, foiz, murakkab foiz kabi terminlarni ishlatsak ularning mazmunini ochib berishga harakat qilsak, o’quvchilarimizda bozor iqtisodiyot yo’nalishida rivojlanish bo’yicha tushuncha va bilimlarni hosil qilamiz.

Boshlang’ich sinflarda matematika kursini o’qitish jarayonida o’quvchilar har bir mavzu bo’yicha jumladan, geometriya elementlari bo’yicha DTS talablari darajasida bo’lish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda, dars jarayonida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda ularga – ma’naviy – ma’rifiy, axloqiy, iqtisodiy, ekalogik, estetik va boshqa turdagi tarbiya berib borishga ham katta e’tibor berish lozim.

Biz ushbu paragrifda xuddi mana shu masala, ya’ni boshlang’ich sinfda geometriya elementlarini o’qitish jarayonida o’quvchilarga ma’naviy –ma’rifiy va boshqa turdagi tarbiyalarni berib borish uslublari haqida ham fikr yuritamiz.

Tarbiya ilmiy bilishning sohasi sifatida quyidagi uch asosiy jihati bilan xarakterlanadi.

-tarbiyaning alohida masalalari ko’plab fanlar asosida o’rgatishdan;

-ilmiy bilimlarni tarkib topdirishda bu fan va o’quv predmetlarning turlicha aloqadorligi;

Insonning ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy barkamolligini ta’minlash uchun an’naviy shakl, usul va vositalarning zamon talablari asosida qo’llanilishi.

Tarbiya ko’plab fanlarda asoslanib, o’quv masalalari, jamiyatchilik tashkilotlari, ota – onalar hamkorligida o’z yechimini topadi.

Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanganda jamiyatning poydevori bo’lgan yosh avlod uslub va shariy tajribalarini o’zlashtiradi va uni yanada boyitadi. Shu bilan birga o’zi ham aqliy, axloqiy, jismoniy barkamollikka yetadi. Shularni hisobga olgan holda har bir boshlang’ich sinf o’quvchisi barcha fanlar qatori matematika predmeti o’qitish, jarayonida xususan geometrik elementlarini o’qitishda o’quvchilarga ma’naviy – ma’rifiy, axloqiy, iqtisodiy, ekalogik, estetik bilan boshqa tarbiya turlarini bilib borishlari lozim.

Geometriya elementlarini o’qitish jarayonida ilmiy dunyoqarashlarining elementlari asoslari shakllanadi, ijodiy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari rivojlanib boradi.

Boshlang’ich sinflar matematika kursida geometriya elementlarini o’qitish jarayonida geometrik figuralarga doir masalalarni yechish orqali o’quvchilarga vatanga muhabbat uning tabiiy resurslaridan tejab tergab foydalanish mehnatsevarlik, iqtisodiy tarbiya berib borishga yordam beradi.

Geometrik figuralarga doir turli mazmundagi masalalarni yechish jarayonida o’quvchilarda olinadigan natijalarga javobgarlik, to’g’ri javobni topishga bo’lgan va chizmani tog’ri chizishga bo’lgan qatiyatlilik, tekshirish va o’z – o’zini tekshirish ko’nikmalari geometrik figuralarni chiziqga e’tibor va ehtiyotkorlik hislatlari tarbiyalanadi.

Geometrik figuralarni to’g’ri va aniq o’rganish jarayonida esa o’quvchilarga estetik tarbiya berib boriladi.

Geometriya elementlarini o’rganishga bog’liq har bir matematika darsini tashkil qilish o’qituvchining shu uslubi, sinfda o’zini tutishi, sinfda tartib saqlashi, o’quvchilarga ham shu hislatlarning tarkib topishiga zamin tayyorlaydi va ularning shunday ruhda tarbiyalanishiga yordam beradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometriya elementlarini o’qitish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri, bu mavzularni hayot bilan bog’lab o’gatib borishdir, bu esa o’quvchilarda shu mavzular bo’yicha olingan bilim, malaka va ko’nikmalarini hayotga tadbiq qila olish malakalarini tarbiyalaydi.

Geometriya elementlarini o’rgatish jarayonida ota – bobolarimiz merosidan foydalanish esa o’quvchilarning qadriyatlarimizga muhabbat o’tmishimizga xizmat ruhida tarbiyalanishga yordam beradi.
IIBob. Matematika darslarida ma’naviy-mantiqiy tarbiya berish metodikasi.
2.1. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berish.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga hozirgi kun talablariga bilim va ma’naviy –ahloqiy tarbiya berish maktablarda ma’naviy – ma’rifiy ishlar qay darajada tashkil etilishiga va uni hayotga tadbiq qilishga bog’liq.

Darhaqiqat, birinchidan sog’lom insonning bilim olishi; ikkichidan, insonning ruhiy xotirjamligi; uchinchidan, ijtimoiy butunligi ma’naviy –axloqiy va ma’rifiy tarbiyaga bog’liq.

O’quvchilarga ma’naviy – ma’rifiy tarbiya berish boshqa fanlar vatanni matematika fanini o’qitish jarayonida, ya’ni matematika darslaridagina berilib borilmasdan, matematikadan sinfdan va maktabdan tashqari mashhg’ulotlarda ham berib boriladi.

Biz ushbu paragriflarda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga ma’naviy –ma’rifiy tarbiya berish uslubchining ikkinchi sinfda matematika bayramlarini o’tkazish misolida qarab chiqamiz. Bir necha yillardan beri maktabimizning ikkinchi sinflarida matematika bayramlari o’tkazib kelinadi. Men ham o’zim dars bergan ikkinchi sinfda shu bayramni o’tkazdim.

Bu matematika bayramini o’tkazishdan maqsad o’quvchilarga ma’naviy –ahloqiy tarbiya berish va mazmun ta’lim mavzular bo’yicha dars davomida olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari bu matematika bayramini o’tkazish jarayonida o’quvchilarda ona vatanga muhabbat, qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash, vatanparvarlik, o’z kuchiga ishonch mehnatsevarlik, tabiatni asrab – avaylash, ota – bobolarimiz merosiga muhabbat bilan qarash va boshqa hislatlari ham shakllana boradi.

Unga tayyorgarlik ishlarini o’quv yilining dastlabki kunlaridan boshlanishiga to’g’ri keladi. Masalan, darsda bolalarga so’roq yoki katta belgisini tanishtirish kerak deylik. Demak sinfda so’roq “mehmon” bo’lib keladi va o’zini tanishtiradi.

Shaklim o’xshar o’roqqa,

Kimni tutay so’roqqa.

Aqlim ham bilimdon,

Bormi, qani –bu yoqqa?

Bundan boshlab sizlar bilan chin do`st bo’laman. Mening vatanimni yaxshi o’rganib olinglar.

Keyingi darsda o’rganiladigan mavzuga aloqador boshqa termin sinfga “mehmon” bo’lib keladi va shu qoida bolalar bilan do’st bo`lib oladi. Yangi termin mazmunini yod bilgan bola mavzu mazmunini ham tez o’rganib oladi. “Mehmon” bo’lib kelgan figura yoki shakllarni sinf o’quvchilari o’ynaydilar. Shunday qilib, sinfdagi 30 o’quvchi navbat bilan bayram kecha matnini o’zlashtirib oladi. Bayram kechasini o’quv yilining oxirgi choragida kengroq sinfxona yoki maktabning faollar zalida o’tkaziladi. Kechaga ota –onalar, o’qituvchilar taklif etiladi.

Xona o’rtasida, doska oldida maxsus stolda bayramga qatnashuvchi shakl va predmetlarning modellari, asl nusxalari yoki rasmlari (so’roq, katta, kichik, misolida, masala –topshiriq namunasini, qavs, chiziq, kesma, aylana, doira, geometrik santimetr, detsimetr, metr, tiyin, so’m, kilogramm, soat, to’g’ri burchak, to’g`rimas burchak, ko’paytirish va bo’lish) qo’yiladi.

O’quvchilar boshlarida ana shu matematik nomlarni aks ettiruvchi belgilarni kiyib olishadi. Qo’llarida belgilardan natijalar bo’ladi. Bayram –kechani sinf o’quvchilarining o`zlari olib borishadi.

Bayram – kechasi shunday o’tkaziladi. Zalga “Matematka” libosida o’quvchi kirib keladi. Kecha qatnashchilari bilan salomlashadi, ularni bayram bilan tabriklaydi.

Men quvnoq, tirishqoq bolalar bilan o’tgan o’quv yilida do’stlashganman. Sizlarga sehrli matematika olami bilimlarini olib keldim. Shu paytda sahnaga so’roq belgisi kirib keladi:

Salom “Matematika”!

Nega turibsiz yakka?

“Matematika”:

Salom qadrdon so’roq

Ko’rinmas hech bir o’rtoq?

So’roq:

Tashvishlanmang azizim,



Sizga aytay chin so’zim.

Kelishar barcha do’stlar,

Kapitanman men o’zim.

“Matematika”:

Shodman, unda juda soz,

Mayli kutayin bir oz.

So’roq:

O’tiring siz kitobim,



Yorug’ yo’lim – oftobim.

So’roq “Matematika”ni o’tirg’izib, zalga qarab gapiradi:

Shaklim o’xshar o’roqqa,

Kimni tutay so’roqqa ?

Aqlli ham bilimdon,

Bormi, qani – bu yoqqa.

Zal ichidan matematik belgi, ishora, shakllar, xullas bayramda ishtirok etuvchi barcha sahnaga ko’tariladi. Sahna o’rtasida bolalar qo’llarida bayroqchalar bilan bir qator saflanadilar.

Bolalar “Andijon polka”siga o’ynashadi, xo’r bo’lib “Yulduzcham” ashulasini aytishadi:


“Matematika” bolalar oldiga kelib:

Salom, quvnoq, tirishqoq,

Ziyrak, jo’shqin yosh avlod.

Bayramingiz ko’rsating,

Barcha sizdan bo’lsin shod.

Bolalar xo’r bo’lib:

Biz tayyormiz kitobjon,

Vali, Sherzod, Azamat,

Sizlar uchun bu-tuhfa,

Xush kelibsiz, marhamat !

“Matematika” o’z joyiga borib o’tiradi.

So’roq:


Boshladingiz xo’p qiziq,

Olib davra bazmini.

Ne deysizlar – eshitaylik,

Endi bayram mazmuni ?

Boshqaruvchi:

O’zi biram xushovoz

Qilgan ishi ma’qul soz.

Rozimisiz safdoshlar,

“Katta” akam so’z boshlar.
Bolalar xo’r bo’lib:

Tanishtirib o’zini,

Aytayin yurak so’zini.

Rozi barcha o’g’il, qiz,

So’z olamiz keyin biz.

Belgi, shakl, ifoda, masala va figuralar tilga kiradi:

Katta:

Nomim “katta” kuchim ko’p,



Deb “man-man” lab yurmayman

“Kichik” ka ish buyurib

O’zim bekor turmayman.

Amalda sonni qaysinisi katta ekanligini ko’rsataman (doskaga yozadi va izohlaydi): 8>7, 9>8. Sakkiz katta yettidan, to’qqiz katta sakkizdan.

Kichik:

Bo’lsam hamki, men “kichik”



Aqlim ko’pga yetadi.

Laylak, turna osmondan

Shaklim chizib o’tadi.

Men akamning aksiman, Kichiklarni yaxshi ko’raman, ko’proq ularga qarayman va ko’rsataman (yozib, izohlaydi) 3 < 4, 4 < 5.

Uch kichik to’rtdan, to’rt kichik beshdan.

Misol, ifoda:

Misol yozib ifoda

Derlar meni erkalab

Topmoq istar qiymatim,

Qolmang yana ko’p o’ylab.

30 + 13, 30 – 13 .

Mening vazifam o’zgacha. Juda ko’p raqam va sonlar oldimga kelishadi. Ularni qo’shaman, ayiraman, ko’paytiraman yoki sonlarning bo’lishini uqtiraman(yozib, izohlaydi):

30 – 13 = 4 x 2 = 5 x 3 =

Masala:


Men topishmoq – masala,

Qayta o’qing bir yana.

Nima ma’lum, noma’lum,

Topgach qiling tantana.

Sizlarga bir ko’rinishimni aytay:

Tokchada 20 ta kitob bor edi. Qizcha oldin 5 ta, keyin 3 ta kitob oldi. Tokchada nechta kitob qoldi ?

M.Q.Sh:

Bor edi – 20 ta kitob

Olindi- 5ta va 3 ta kitob

Qoldi - ?

Yechish:

20 – 5 – 3 = 12 20 – (5 + 3) = 12

Qavs:

Ko’p do’stlarim – ey qavs,



O’z o’rningdan tur deydi.

O’z o’rningdan turmasang,

Misol to’g’ri chiqmaydi.

40 – 9 +11 = 20

40 – 9 +11 = 42

Yoki:


35 – 7 + 6 = 24

35 – 7 + 6 = 22

40 – 9 + 11 = 20 va 35 - 7 + 6 = 22. Men mana shu o’rinda bo’lishim shart.

Chiziq:


Xoh yerda, xoh osmonda,

Xizmatga shay bir chiziq.

Qo’llang faqat keragin,

To’g’ri, egri yo siniq.

Mensiz, injener, olim, o’quvchi, quruvchi, uchuvchi, dengizchi qo’yinki barchaning ishi bitmaydi. Mening turimdan xohlaganingiz (to’g’ri, egri, siniq) ishlatishingiz mumkin. (chizib, izohlab)

Kesma:


Chiziqning bir qismini,

Shartta kesib olingiz.

Endi “kesma” bo’ldi, deb

Sinfga jar solingiz.

Aylana:

Qalam ushlab sirkul



Yerga oyoq tiradi.

Chizamiz, deb aylana,

Doim birga yuradi.
Geometrik figuralar:

Uchburchak, men beshburchak,

Tinglar edik zo’r cho’pchak.

Hasharga yur, - chaqirdi,

Katta akam ko’pburchak.

Bizning shaklimiz turlicha. Lekin hammamiz sizlarga kerakmiz (chizib, izohlaydi).

Santimetr sm:

Uzunliklar o’lchovin

Oila farzandiman

Santimetr kim ? – desa

Tez turaman, - men deyman.

Do’stlarim o’quvchilar chizg’ichlarini unutib qoldirganlar, deyaylik, hechqisi yo’q: daftarning ikki kattagi menga teng.

Ditsimetr dm:

Santimetr ketma-ket,

Soni o’ntaga yetdi.

Detsimetr bo’ldim deb,

Boshi ko’kkacha yetadi.

Do’stlarim santimetrni belgilashgach, meni oson o’rganib olishadi.

Metr m:

Ukam – detsimetrlar,



Safda yonma-yon turing.

Besh juftingiz, sizlar ham

Metrga teng, yod tuting.

Santimetr, detsimetr ukalarim birgalashib, meni hosil qilishadi (yozib, izohlaydi). 100 sm = 10 dm = 1 m.

Tiyin:

Jarang-jurung ovozim,



Bildiradi tiyinni.

(tanga va chaqqa modellarini ko’rsatadi)

So’m:

Tiyinlardan to’planib,



So’mjon hosil bo’libman.

Yuz so’m – o’n ming tiyinga teng

Ekan endi bilaman.

Kilogramm kg:

U og’irmi bu og’ir?

Aniqlash qiyin biram

Shunday qiyin pallada

Qo’l keladi kilogramm.

Dunyodagi hamma narsalarning og’irligi bor. Ular ukam-gramm, akam-sentner va tonnalar bilan o’lchanadi. Hozircha men bilan ish bitkazing. Ular bilan tanishasiz.

Litr L:


Litr nima ? Qanday ish ?

Bilasizmi, qilarin.

Bo’lsa qanday suyuqlik,

O’zim o’lchayman barin.

Minut min:

Allo! Bu men – ha minut

Eshitganman, ketayapman.

Do’stim soat, sekundni

Ham bayramga aytganman.
Kimki meni qadrlasa, maqsadiga yetadi. Mendan unumli foydalangan bola a’lochi, kattalar qahramon bo’ladi.

Soat:


“Chiq-chiq” laydi ovozim,

Tinmay yangraydi so’zim.

O’ylab boqchi, Qanoat ...

Topding singlim bu soat.

Shundan keyin bolalar “Darvoza”, “Kim birinchi”, “Sonlarni ayt va taqqosla”, “Sonlarning tarkibini aniqla”, “Chiziqlar, Chiziq farqla”, “Kesmalarni aniqla”, “Yig’indini top”, “Ayirmani top”, “Bo’sh o’rinni to’ldir”, “Raketaga kim chiqa oladi”, “Orttir”, “Kamaytir”, “Ifodalar ismini ayt”, “Son bilan ifodani taqqosla”, “Masalani tez va yech”, “Mos sonlarni qo’y”, “Bo’yingizni santimetr, destemetr bilan ifodalang” o’yinlari ko’rsatish va topshiriqlar berish orqali o’quv yili davomida olgan bilimlarni namoyish etadilar.

Kecha nihoyasida “Matematika” bolalar doirasiga kelib, ularni o’quv materiallarini puxta o’zlashtirganliklari bilan tabriklab, chuqur minnatdorchiligini izhor etadi.



2.2. Dars ishlanma (3-sinf)

Mavzu: “Nol bilan tugallanadigan sonlarni ko’paytirish va bo’lish mavzusi bo’yicha o’tilgan materialni takrorlash.”

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mavzu bo’yicha bilimlar berish;

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga tabiatni sevishga o’rgatish; O’quvchilarga ma’naviy-mantiqiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini shakllantirish.

Dars turi: O’tilganlarni mustahkamlash.

Dars metodi: tushuntirish,savol-javob.

Dars jihozi: darslik,mavzuga oid ko’rgamali qurollar.

Drasning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

Aziz bolajonlar,sizlarga xushxabar yetkazmoqchiman. Maktabimizga Fransiyadan xat keldi. U port shahri Marseldan kelgan. Uni kim yubordi ekan? O’qib ko’raylikchi. Uni Jak Iv Kusto jamoasi yo’llabdi. Bolalar Jak Iv Kusto kim? Uning jamoasi nima bilan shug’ullanadi? (Jak Iv Kusto fransuz okeangrofi. Uning suv ostida olgan sur’atlari butun dunyoga mashhur. 1952-yildan boshlab “Kalipso”, keyinroq turbo korpusli “Alkiona” kemasida olib borilgan tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. O’z akvalangi va “Sho’ng’uvchi lipochka” apparatini ixtiro qilgan. Uning jamoasi - uning yordamchilari). O’qib ko’ramiz, bu qanday xat ekan?

Yo’llanma-taklifnoma. Shu maktabning 3-sinfida eng yaxshi o’quvchilar dengizosti chuqurliklarini tadqiq qilishda yordam ko’rsatish uchun J.Kusto jamoasining matematik Odissesiyasiga taklif qilinadi.



Sayohatning boshlanishi.

Bolalar, J.I. Kusto jamoasining matematik Odisseyasiga borishni xohlaysizmi? Hozir Kusto jamoasining kemasi ochiq okeanda turibdi. U bizning vertolyotimizni istalgan paytda o’z bo’rtiga qabul qilishi mumkin. Zudlik bilan vertalyot quramiz. Konstruktorlar ishga kirishinglar. Bosh konstruktor Karim, u menga yordam beradi. Siz javobni tez va to’g’ri aytingiz,vertalyotning bir detali (har bir misol-bu vertalyotning detali).




35 m

Sm

2150 kg=

T

Kg

28 sm

Mm

20 kg=




G

45 km=

M

5 min=

S




2s 30 min=

min










Vertolyotni qurdik. Yaxshilab o’tirib oling. Yo’lga!

Oldinda bulutlar ko’rinmoqda, hozir tezlik 300 km/soat, yo’l yurish vaqti 4 soat. Masofani hisoblab topish kerak, tezroq hisobla, vaqt ketyapti. Vertolyot oldinga qarab borishi kerak.

Bolalar javobini aytadilar: masofa - 1200km.

Bolajonlar, nonushta qilish vaqti keldi.



1.Ajoyib(g’alati) masalalar.

Ikki o’g’il va ikki ota uchta tuxum yeyishdi.Har biri nechta tuxum yegan? (Bittadan, chunki ular: bobo, ota, o’g’il edi).

5 dona olmani 5 qiz o’rtasida shunday taqsimlash kerakki, savatchada 1 dona olma qolsin. (bir qizga olmani savatcha bilan birga berish kerak).

Doskaga shunday yozuvlar yoziladi:

80*40=3200 (O)

60*3=180 (P)

40*50=2000 (S)

140:20=7 (K)

300:10=30 (A)

2400:30=80 (L)

100000:1000=100 (I)

Bolalar javobni aytganlaridan keyin o’quvchi javob va harf yozilgan kartochkalarni doskaga ilib qo’yadi.

Ikkinchi topshiriq: Javoblarni sonlarning ortib borish tartibida joylashtir, shunda sen dengiz kemasining nomini topasan:

7-K, 30-A, 80-L, 100-I, 180-P, 2000-S, 32000-O

Bizning vertolyotimiz kemaga qo’ndi, Kusto jamoasi bizni kutib olmoqda. Ular bilan tanishamiz.

2.Masala (harakatga doir) yechish.

Kema jurnali, darsliklarni oching. Birinchi topshiriqni siz Kusto jamoasidan olasiz. Sizning matematik qobiliyatingizni tekshiramiz. Endi masala shartini o’qiyman.

Masala. Oralaridagi masofa 120 km bo’lgan ikki bandargohdan bir vaqtning o’zida bir-biriga qarshi ikki kema yo’lga chiqdi. Bir kemaning tezligi 18 km/soat ikkinchisiniki 22 km/s. Kemalar necha soatdan keyin bir-birlari bilan uchrashadi?

V

t

S

(tezlik)

(vaqt)

(masofa)

1-k-18km/s

?

120 km

2-k.-22km/s

?

120 km

18+22=40 km/s (umumiy tezlik)

120:40=3 -kemalar uchrashadi.

1-masala (doskaga qisqacha qilib yozib qo’yiladi). Skumbriya soatiga 20 km tezlikda suzishi mumkin. Akulaning tezligi skumbriya tezligidan 6km/soat ko’p. Qilich baliq esa akula tezligidan 5 marta ortiq tezlikda suzishi mumkin. (Bolalar mustaqil yechadilar)

M.Q.Sh:

Skumbriya-20 km/s



Akula-? ga qaraganda 6 km/s ko’p.

Qilich baliq-?ga qaraganda 5 marta ko’p.

Yechish:

20+6=26 km/s-akula tezligi

26*5=130 km/s-qilich baliq tezligi

Javob: Qilich baliqning tezligi 130 km/s

2-masala (o’quvchi kartochkadagi masalani o’qiydi)

To’rt qanotli uchar baliq juda katta masofani uchib o’tishga qodir. Bunday rekord masofaning uzunligi 1080 metr, davomiyligi esa 60 sekund. Uning uzunligi qandayligini topasiz:

1080:90=12 m/sek

Bolalar mustaqil yechadilar.

3-masala. (o’quvchi kartochkadagi masalani o’qiydi).

Terisi qalin dengiz toshbaqasi “Qizil kitob”ga kiritilgan. U yiliga 200 ta tuxum qo’yadi, quruqlikdagi toshbaqa esa 20 ga yaqin. Dengiz toshbaqasi necha marta ko’p tuxum qo’yadi?

Bolalar og’zaki yechishadi: 200:20=10 marta ko’p.

4-masala


Har yili okeanga yoriqlardan sizib chiqishi yoki kemalar halokati tufayli 8 mln tonna neft tushadi. Bu bir tonna neft 12 km2 dengiz sathini ifloslantiradi. Bir yil ichida suv yuzasining necha km2 ifloslanadi?

1 yil - 8 mln tonna

1 tonna – 12 km2

1 yil - ?km2

3 yilda esa? 96 * 3=288 mln km2.

Qani o’quvchilar, kema jurnali kundaliklarini oching. Uy vazifasini yozib oling.



Darsni yakunlash va baholash.

–Bizning sayohatimiz oxiriga yetdi. Bugun bizga sayohatda nimalar yordam berdi? Qanday qiziqarli va yangi narsalarni bilib oldingiz?

–Kusto jamoasi yordam uchun sizlarga minnatdorchilik bildiradi va esdalik sifatida “Dengiz tubi tadqiqotlari” nishonini sovg’a qiladi.

Uyga vazifa.

O’tilganlarni mustahkamlash bo’yicha misollarni yechib kelish.



XULOSA

Boshlang’ich sinflarda matematika kursini o’qitishda o’quvchilarga ma’naviy –axloqiy tarbiya berish va ma’rifiy ta’lim –tarbiya berish masalalariga bag’ishlangan ushbu kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosa va natijalarini oldik.

-boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy – ma’rifiy tarbiya nafaqat matematika darslarida balki matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarida ham berib borishi lozim.

-o’quvchilarga darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarida ma’naviy –ma’rifiy tarbiya berish o’sha mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.

-boshlang’ich sinflarda matematika kurslarida har bir mavzuni o’qitish jarayonida shu mavzu bo’yicha bizning buyuk allomalarimiz tomonidan qilingan ishlardan misollar va na’munalar keltirib berish maqsadga muofiqdir.

-matematikadan har bir mavzuni o’rgatish jarayonida shu mavzuga doir Respublikamiz iqtisodiga, mudofasiga, kundalik turmushimizga va boshqalarga doir aniq hayotiy masalalardan foydalanish zarur.

-o’quvchilarga ma’naviy –ma’rifiy tarbiya berishda ularning yosh xususiyatlarini, mahalliy shart –sharoitlarni, ularning o’zlashtirish qobliyatlarini va oilaviy sharoitlarini hisobga olishlari lozim.

Bundan tashqari sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham o’quvchilarga ma’naviy mantiqiy tarbiya berish yo’llari yoritib berildi. Bunda o’quvchilar matematik belgilar haqidagi she’rlardan yod olib, ular haqidagi bilimlari mustahkamlanadi, dunyoqarashi, fiklash qobiliyatlari oshadi.

Biz o’quvchilarga ma’naviy – mantiqiy tarbiya berishning amaliy ifodasi sifatida 3 – sinf o’quvchilari uchun tayyorlangan dars ishlanmasidan namuna keltirib o’tdik. Bunda o’quvchilarga ma’naviy – mantiqiy tarbiya berishda o’qituvchining og’zaki nutqi ham muhim rol o’ynaganini ko’rdik.

Boshlang’ich matematik ta’limda asosan maqsad mantiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratiladi va ta’lim jarayonida mantiqiy tafakkurning soddaroq ko’rinishi bo’lgan obrazli mantiqiy tafakkurdan foydalaniladi.

Bu obrazli mantiqiy tafakkur asosida ta’lim berish jarayonida tabiat qo’ynida, sayllar davomida, tabiiy ne’matlardan foydalangan holda ta’lim berish imkoniyatlari kattadir. Bu esa o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan qiziqish, o’rganishga bo’lgan ehtiyojini amalga oshirish vositalaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni faollashtirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.

2.“Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi boshlang’ich ta’lim” T.:2017 yil

7 –maxsus son “Sharq” .T. 1999 yil.

3.Ta’lim to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni. “Xalq ta’limi” jurnali. 1992 yil 10-12 –sonlar.

4. M.Zokirov “Ma’rifiy saboqlar” T. 2008

5. Bikboyeva N.U. va boshqalar. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”.T. “O’qituvchi” 85.

6. B.Toshmurodov. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillishtirish. Toshkent. O’qituvchi. 2000.

7. G’.I.Ahmadjanov, Sh.Levenberg. Uchinchi sinfda masalalar yechish. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T. “O’qituvchi” 1983 yil.

8. Bikboyeva N.U, Sh.Levenberg, M.A.Begjonova “Ikkinchi sinfda matematika” T. “O’qituvchi” 1988 yil.

9.Mavlanova R.A, Sh.Levenberg, M.A.Begjonova “Uchinchi sinfda matematika o’qitish”. T. 2008 yil.

10. “Boshlang’ich ta`lim”.Jurnali.8.2009.

11. Abdullaeva Q.A., Safarova R.G’., Bikbayeva N.U, Baxramov. Boshlang’ich ta‘lim davlat ta‘lim standarti. Boshlang’ich ta‘lim jurnali №6 2010-y.

12. R.A.Mavlonova, N.Raxmonqulova ―Boshlang’ich ta‘limning integratsiyalashgan pedagogikasi‖ T.: Ilm-Ziyo 2009 y.

13. R.A.Mavlonova N.Raxmonqulova ―Boshlang’ich ta‘lim pedagogikasi innovatsiyasi va integratsiyasi. T.: G’.G’ulom 2013 y

14.Shodmonova Sh.S., Mirsagatova N.S., Ibragimova G.N., Mirsoliyeva M.T. Pedagogik texnologiyalar (metodik qo’llanma). –T.: ―Fan va texnologiya‖, 2011 y. 140 b. 24-33 betlar.

15. Jumayev M.E., Tojiyeva Z.G’. „Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi“ -T: Fan va texnologiya.2005y

16. P.Eshmuhammedov , A.Abduqodirov, A.Pardayev “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.: 2008

17. P.Eshmuhammedov ,A.Abduqodirov, A.Pardayev “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar “Didaktika”. T.:2010

18. D.I.Yunusova “Matematikani o’qitishning zamonaviy texnologiyalari” T.: “Fan” nashr.-2010 yil.

19. S.Alixonov “Matematika o’qitish metodikasi”. T.: “O’qituvchi” 2008 yil.

Internet saytlari:

1.www. ziyonet.uz

2.www.tdpu.uz

3.www.google.ru




1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.


Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish