O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet158/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqyelik bo’lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig’ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik,
odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.
Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, yetilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to’g’ri tushunishga xalaqit berishi mumkin.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag’batlantiradi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, saxiy va olihimmat bo’lishga undaydi.
Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta’rifiga ko’ra, ma’naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga xos bo’lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga yetkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:

  • mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi;

  • mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar;

  • o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;

  • shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi;

  • turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;

  • shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;

  • davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;

  • demokratik qadriyatlar rivoji;

  • ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.

Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi:

  • insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;

  • inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;

  • insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy
xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish