O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili



Download 1,62 Mb.
bet60/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor- birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo’lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lgan Yevropa mamlakatlarida, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi. (O’rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To’g’ri, ular umumevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so’ngra Fransiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va
J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o’chmas nom qoldirdi. Ular, avvalambor, o’z yurti, o’z millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo’shgan.
Xuddi shunday, XV111-X1X asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’laroq I. Kant, I. Hyegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hyegel ta’limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o’tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Hyegel Pruss monarxiyasining o’tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta’limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Hyegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Hyegel o’z davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o’sha davr falsafasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hyegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo’lsada, nemis davlati ekanligini o’z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqyedir, voqye bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so’zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Hyegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
O’sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proq tarqoq hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imsperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu
davlatning Yevropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g’oyasi hyech qachon so’nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Hyegel o’z millatining falsafasi va dunyoqashiga o’sha davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o’z jozibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:

  • xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;

  • mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;

  • muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;

  • mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.

O’zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog’liq:

  • birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. O’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;

  • ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;

  • uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish