O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotish



Download 1,62 Mb.
bet185/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o’rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg’or ishlab chiqarish malakasi va insoniyatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxirasi to’planib, shu bilan birga aholining tabiiy o’sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o’z mamlakati aholisining iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning o’ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda industrlashtirish jarayoni asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng avval AQSh va keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyotining yanada yuqoriroq bosqichiga o’ta boshladi. Bunda ilmiy-texnika yutuqlari ko’proq talabga mos va yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko’p e’tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida malakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bo’lgan ishchi kuchlariga ehtiyoj keskin kamayib ketadi.
Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologiya, murakkab mashina va uskunalar bilan o’lchanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator jarayonlardan o’tgan.
Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga orttirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshiga tushadigan salmog’i keskin darajada ko’paydi.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug’ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag’ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bo’lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko’zda tutildi.
Uchinchidan, ilmiy-tadqiqot, oliy o’quv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot darajasini belgilovchi eng asosiy omil ilmiy tafakkur esa jamiyat a’zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, butun jahon miqyosida fan va ta’limga 3- 4% yalpi milliy mahsulotning miqdorida mabla² ajratilayotgan bir paytda, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 8,3% miqdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tug’diradi.
XX asrning so’nggi o’n yilligida ba’zi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy ko’rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib borayotganligini kuzatish mumkin. Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50-70 dollarni tashkil etgan bo’lsa, Afg’onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600- 3800 dollar bo’lgan. 1994 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga: Hindistonda 370 dollar, Afg’onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Koreyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo’lgan.
Demak, kambag’al davlatlarning kambag’allashishi yanada kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlakatlardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Aholining faqat miqdoriy o’sishining o’zi ko’r-ko’rona yaxshi yashash tarziga olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e’tiqodi, milliy psixologiyasi, qadriyat va an’analarini hisobga olgan holda faol demografik siyosat olib borish zarur.
Demografik muammolar va uning falsafiy tahlili. XX asr o’zining bir qator belgilari bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX asrni yana «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yuzida aholining tez sur’atlar bilan ko’payishi bilan bevosita bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va
shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug’ilish hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko’payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to’g’risida dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834 yy.) ogohlantirgan edi. U o’zining «Aholishunoslikning qonuniyati to’g’risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progressiya bo’yicha ko’payishini, uning xayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarning ko’payishi arifmetik progressiya bo’yicha ro’y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit berishi mumkin bo’lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko’payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o’rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darxaqiqat, bundan 6-8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko’rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln; 1500 yilda 440 mln; 1800 yilda 952 mln; 1900 yilda 1656 millionni tashkil etgan. XVI asr boshidan XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko’rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900 yildan to 1999 yilgacha esa bu nisbat sal kam 4 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholining tabiiy ko’payish sur’atlari turlicha bo’lib, bu o’z navbatida, Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog’ining keskin o’zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800 yilda (Napoleon zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishini, Yer yuzi aholisining 3 foizini tashkil etgan bo’lsa, Filippin orollarida yashayotgan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo’lib, planeta aholisining umumiy salmog’iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999 yil 13 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovoni bosib o’tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln. ni, Yer yuzi aholisi salmog’ining 0,94 foizni, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi salmog’i (1,05%) bo’yicha Fransiyadan o’zib ketdi. Bu borada milliarddan ko’p aholi yashaydigan Xitoy va shu ko’rsatkich tomon borayotgan Hindiston alohida o’rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlkat doirasidan chiqib jahon muammosiga aylandi. U bilan bog’liq muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish zarur.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish