Sport sho’balari - sportning u yoki bu turi bilan shug’ullanuvchi
o’quvchilar uchun tashkil qilinadi. Sport shubalarini tashkil qilish uchun eng
avvalo sharoit hisobga olinadi. Umumiy raxbarlik esa jismoniy tarbiya
o’qituvchisiga yuklatiladi. Sunga o’xshash mashg’ulotlarni o’tish uchun jamoatchi
ustoz-murabbiy, jamoatchi yo’riqchi, maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar
va o’smirlar sport maktabining yaxshi sportchi o’quvchilari taklif qilinadi. Ba’zan
xaq to’lash yo’li bilan sport turlariga ustoz murabbiy taklif qilinadi. Mashg’ulotlari
xaftada 2-3 marta o’tkaziladigan shubalarga qatnashadigan o’quvchilar oldin,
albatta, tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart (tibbiy nazorat maktabda yoki
poliklinikada o’tkaziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |