O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 477,91 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi477,91 Kb.
#208455
Bog'liq
dars ishlanma Allayarova SAyyora oxirgisimm bu


Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Fizika-matematika fakulteti 3’’b’’FAOM guruh talabasi Allayarova Sayyoraning Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun “Fizika” fanidan

“ Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi. Massa. Modda zichligi. Kuch tushunchasi. Nyutonning II -qonuni”

mavzusida tayyorlagan

IKKI SOATLIK

DARS ISHLANMASI





«Nukus – 2017»

Darsning rejasi



Dars turi:

Yangi bilimlarni o’rganish va bilimlarni mustahkamlash darsi.


Mavzu rejasi;

  1. Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi.

  2. Massa.

  3. Modda zichligi.

  4. Kuch tushunchasi.

  5. Nyutonning II –qonuni

Darsning maqsadi;

a) Ta’limiy: Berilayotgan bilimlar asosida o’quvchilar bilimini kuchaytirish, o’quvchilarga mustaqil ravishda mexanik ishning mohiyati, mexanik ishni bajarilish shartlari, ish birliklarini o’rgatish, fanlararo aloqadorligini amalga oshirish.

b) Tarbiyaviy: Berilayotgan bilimlar asosida o’quvchilarning tarbiyasini nazorat qilish, ona Vatanni sevishni, ardoqlab avaylashni o’quvchilar ongiga singdirish, bir-birimizni hurmat-izzat qilishni o’rgatish, komil va yetuk inson bo’lib yetishishiga ko’maklashib yo’naltirish.

c) Rivojlantiruvchi: Talabalarning dars mavzusiga bo’lgan qiziqishlari ortishi uchun qiziqarli o’yinlar orqali mavzuni tushuntirish. Qobiliyatlari va chaqqonligini shakllantirib, diqqatni rivojlantirish.


Tayanch tushunchalar;




Pedagogik vazifalari;


O’quv jarayonining natijalari;

haqida umumiy tushuncha ega bo’ladi

doir misol va masalalarni yecha oladi


O’qitish usullari;

  1. ‘’Galereya” strategiyasi





  2. Gugurt donalari

  3. bumerang

  4. FSMU strategiyasi

O’qitish vositalari;

Do’ska, bo’r, Adabiyotlar, Plakat va tarqatma materiallar


O’qitish sharoiti;

Kutubxona,texnalogik vositalar, bilan ta’minlangan xona


Baholash;

+


Darsda misol yechishi, guruppadagi savol javobga qatnashishi,BBB,uyga vazifa,darsga yaxshi qatnashganligi.


II. Darsda o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar:

- Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi.

- Massa.


- Modda zichligi.

- Kuch tushunchasi.

- Nyutonning II –qonuni

- Kerakli formulalardan foydalanib misollar yecha olish;

III.Dars uchun kerakli o’quv materiallari va ko’rgazma qurollari:

- Fizika darsligi va dars ishlanmasi;

- Plakat va tarqatma materiallar

Darsning texnalogik kartasi;

V. Darsning bosqichlari, foydalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti:

DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT TAQSIMOTI

1-bosqich: Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.

5 min

2-bosqich: uyga vazifani so’rash


  1. ‘GALEREYA” STRATEGIYASI





20 min

3-bosqich: Yangi mavzuni yoritish:

a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik

b) yangi mavzuni yoritish


Suhbat va amaliy mashg’ulot

30 min

4-bosqich:

Yangi mavzuni mustahkamlash:



  1. Gugurt donalari

  2. Zinama-zina strategiyasi

  3. FSMU strategiyasi

20 min

5-bosqich: Baholash.

Dars yakuni.



baholash

3 min

6-bosqich: Uyga vazifa




2 min

VI. Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashiladi. Navbatchi o’rnidan turib sinfxonadagi temperatura, havo namligi va o’quvchilarning darsga ishtiroki haqida ma’lumot beradi. Sinf tozaligi, o’quv qurollar va kerakli asbob uskunalarning mavjudligi tekshirilib ko’riladi. O’qituvchi dars mavzusini sinf taxtasiga yozib qo’yadi va maqsadini o’quvchilarga bayon etadi.

Uyga vazifa so’rash: Mavzusi:Gorizantal otilgan jismning harakati.gorizontga niisbatan burchak ostida otilgan jism harakati. Dinamika. Nyuton klassik mexanikasi, uning qo’llanish chegarasi. Nyutonning birinchi qonuni.



  1. ‘GALEREYA” STRATEGIYASI
    Metod 0‘quvchi (talaba)larda kichik guriih asosida bir yo‘la bir nechta masalani muhokama qilish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo'llashda guruhning har bir a’zosi taklif etilgan barcha masalalar yechimini topishga o'z hissasini qo'shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Mashg'ulotlar davrida “Galereya” metodidan foydalanish quyidagi tartibda
    amalga oshiriladi:

Metodni qo'llash jarayonini sxema asosida quyidagicha ifodalash mumkin:



Izoh: doira ichidagi 1-t, 2-t, 3- va 4-t ifodalari quyidagi mazmunni bildiradi: 1-t —


1-topshiriq; 2-t — 2-topshiriq; 3-t - 3-topshiriq; 4-t - 4-topshiriq.

2.Yangi mavzuni yoritish: “Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi. Massa. Modda zichligi. Kuch tushunchasi. Nyutonning II –qonuni”

Bir biriga nisbatan v0 tezlik bilan harakatlanayotgan ikkita sanoq sistemasini ko’raylik. Bu sanoq sistemalaridan birini k deb belgilab, uni shartli ravishda qo’zg’almas sanoq sistemasi deb hisoblaymiz. U holda ikkinchi sanoq sistemasini kdeb belgilansa, u k sanoq sistemasiga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. K va k’ sanoq

hisobi ikkala sanoq sistemasining koordinata boshlari ustma ust tushgan vaqtdan boshlansa, x=x’+v0t, y=y’, z=z’ bo’ladi ikkala sanoq sistemasida vaqt bir xilda o’tganligi tufayli t=t’ deb yozish mumkin. Bu

x=x’+v0t, y=y’, z=z’, t=t’ (1)

tenglamalar majmuasiga Galiley almashtirishlari deyiladi.

Galiley almashtirishlari ko’rilayotgan nuqtaning tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligidan ancha kichik bo’lganda o’rinli bo’ladi. Nuqtaning tezligi yorug’lik tezligiga yaqinlashgan hollarda esa almashtirish Lorens almashtirishlariga o’tadi.


  1. Tenglikdan vaqt bo’yicha hosila olinsa, p nuqtaning k va k’ sanoq sistemasidagi tezliklari orasidagi munosabat hosil qilinadi:

yoki vx=vx’+v0

yoki vy=vy’ (2)

yoki vz=vz

Uchta skalyar ifoda nuqtaning k sanoq sistemasiga nisbatan tezlik vektori bilan uning ’ tezlik vektori orasidagi quyidagi munosabatga ekvivalent bo’lad:





Demak, ko’rilayotgan moddiy nuqtaning turli inersial sanoq sistemalariga nisbatan tezligi turlicha bo’lar ekan. (2) va(3) formulalardan yana vaqt bo’yicha hosila olinsa, quyidagi:

yoki ax=ax

yoki ay=ay

(2)


yoki az=az

yoki a=a’

Ifodalar hosil qilinadi.

Bundan biror inersial sanoq sistemasiga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan inersial sanoq sistemasidagi jism yoki moddiy nuqtaning tezlanishi birxil bo’lishi kelib chiqadi.. bu esa barcha sanoq sistemasida mexanika nuqtai nazaridan teng kuchli ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun dinamik tenglamalar bir inersial sanoq sistemasidan ikkinchisiga o'tg’nda o’zgarmaydi. Demak, barcha mexanik hodisalar istalgan inersial sanoq sistemalarida bir xilda ro’y beradi. Manashu prinsip Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi deyiladi.

Jismlarning boshqa jismlar bilan ta’sirlashmagan vaqtdagi o’z tezliklarini saqlash xossasi inertlik deyiladi. Jismlarning inertligi ularning tezliklarini birdaniga o’zgartirish mumkin emasligiga olib keladi. Jism tezligi o’zgarishi uchun ma’lum bir vaqt kerak. Berilgan vaqt ichida jism trezligi qancha kam o’zgarsa va qancha kam tezlanishga ega bo’lsa, bu jism shuncha inertroq bo’ladi.

Jismlarning inertlik o’lchovini xarakterlovchi kattalik jismning massasi deyiladi.Jismda bor bo’lgan modda miqdori ham massa deyilishi mumkin. Jismning inertligi qancha kata bo’lsa u shuncha ko’p massaga va shuncha kichik tezlanishga ega bo’ladi.

(5)

Bu yerdan ekanligini topish qiyin emas. Bu formula yordamida nomalum jismning massasini aniqlash mumkin. Buning uchun massani jismning massa birligi qilib tanlab olinadi. Bunday massali jismni etalon deyiladi. Etalonning massasini , uning tezlanishini , ko’rilayotgan jism tezlanishini a deb belgilansa, uning massasini quyidagicha aniqlash mumkin:



(6)

Masssaning birligi qilib 1899yilda 1kg (kilogram) qabul qilingan. U son jihatdan Severda (parij yaqinida) saqlananadigan platina slindrining massasiga teng. Bu birlikning kiritilishi, jismlarning massalarini aniqlash uchun ishlatiladigan ma’lum massali jismlar o’lchov toshlarini tayyorlash masalasini hal qilib berdi.ularning massalari bir kilogramm etalonning massasiga teng.

Jismning massasini o’lchash uchun uni tarozining bir pallasiga qo’yib,ikkinchi pallasiga etalon qo’yiladi. Pallalardagi ikkala jism yerga tortiladi, ularning tezlanishlari erkin tushish tezlanishlariga teng bo’ladi. Tarozi pallalari jismning massasi etalonning massasiga teng bo’lganda muvozanatga keladi. Demak tortish usulidajismning massasi etalonning massasiga teng bo’ladi.

Agar m massali jismni massalari m1,m2,………..mn bo’lgan bo’laklarga ajratilsa, u holda m massa har bir bo’lakning massalari yig’indisiga teng bo’ladi:

m= m1+m2+………..+mn

shartga massaning additivlik sharti d-di.

Jismning birlik hajmdagi massaga nisbati zichlik deyiladi.

SI sistemasida zichlik birligi qilib kg/m3 qabul qilingan. Inersiya qonunigan jismning tezligining kattaligining va yo’nalishi bu jismga boshqa jismning ta’siri yordamida o’zgaradi. Ammo tezlikning o’zgarishi tezlanish bilan xarakterlanadi. Shunday ekan , jismning tezlanishi –bu jismga boshqa jismlar ko’rsatadigan ta’sirining natijasidir deyish mumkin. Bir jismning ikkinchi jism tezligining o’zgarishiga, ya’ni uning tezlanish olishiga sababchi bo’lgan ta’sirini xarakterlovchi bo’lgan kattalik kuch deyiladi. Tabiatda kuchlar elastiklik kuchi, og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi, elektr yoki magnit kuchi singari bir nechta turga bo’linadi. Mexanikada kuchning birinchi uch turi: elastiklik kuchi, og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi o’rganiladi.

Nyutonninig ikkinchi qonunida bitta kuchning ta’siri haqida gapiriladi, ammo amalda jismga bir nechta kuch ta’sir qiladi.Jismga ta’sir qilayotgan barcha kuchlarning ta’sirini almashtiruvchi yagona kuchga teng ta’sir etuvchi kuch deyiladi. U jismga ta’sir etayotgan barcha kuchlarning vector yig’indisiga teng bo’ladi:

Agar jismga bir vaqtning o’zidabir nechta kuch ta’sir etsa,har bir kuchning ta’sirini boshqa kuchlarning ta’siriga bog’liq bo’lmagan holda alohida ko’rish mumkin. Mana shunga jismga ta’sir etayotgan kuchlarning mustaqillik prinsipi deyiladi. Demak, jism bir nechta kuch ta’sirida bo’lgan hollarda jismning tezlanishini vujudga keltiruvchi kuch deb, shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi olinadi.

Masala. Tortqi yuk ortilmagan prisepga a1 tezlanish, yuk ortilganiga esa a2 tezlanish beradi. Bir biriga ulangan bu priseplarga tortqi qanday tezlanish beradi? Tortqining tortish kuchini hamma hollarda ham bir xil deb hisoblang.

Berilgan: a1, a2, F1=F2=F3

Topish kerak: a=?

Yechish: Tortqi I prisepga F1=m1a1 kuch bilan, II prisepga F2=m2a2 kuch bilan, bir-biriga ulangan priseplarga esa F=ma kuch bilan ta’sir qiladi, bu yerda m1- I prisepning m2- II prisepning, m- bir- biriga ulangan priseplarning massalari. Yuqoridagi tenglamalardan tegishli prisep massalari topilib, m=m1+m2 ifodaga olib kelib qo’yilsa, quyidagi



Munosabat hosil bo’ladi. Bundan yoki, ekanligini hosil qilish mumkin.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yangi mavzu quyidagi metodlar yordamida mustahkamlanadi:

“GUGURT DONALARI” STRATEGIYAS I
Gugurt donalari metodi o‘quv materiallarining o'quvchi (talaba)lar tomonidan 0‘rganilgan qay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Metod
o'quvchi (talaba)larga o'quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli
muammoli masala yoki vaziyatlami yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ulami izohlash, tahlil qilish, ta'riflashda yordam beradi. Shuningdek, metod. mashg'ulot davomida har bir o'quvchi (talaba)ga turli topshiriqlami individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu metod o'quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakterdagi, ya'ni: mustaqil ishlay olish; muloqatga kirishuvchanlik; xushfe'llik; o'zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy ycndashish; f faoliyatning samarali bo'lishiga qiziqish va intilish; o'zini o'zi baholash kabi sifatlami shakllantirishga yordam berdi. Metod qo'llanilgan mashg'ulot o'quvchilami o'rganilgan yoki o'rganilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash, o'zlashtirilgan bilimlami yodga olish, to'plangan fikrlashni umumlashtirish, ulami yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko'rinishida ifodalashga o'rgatadi. Metod juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil etiladi. O'quvchi (talaba)lar tushunchalami yozma ravishda ta'riflaydi va ulami taqdimot asosida jamoaga
namoyish qiladi.
Mashg'ulotda metodni qo'llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Izoh: 0‘quvchi (talaba)lar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho‘p bittadan tushunchani ta'riflash shartligini anglatadi. Shunga ko‘ra o‘quvchi (talaba) agarda ikkita gugurt donasini tanlagan bo‘lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko‘rsatib, ulami ta‘riflaydi. Gugurt donalari sonining ortib borishiga ko‘ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta‘riflar miqdori ham ko'payib boradi.

“ZINAMA-ZINA” STRATEGIYASI


Metod o'quvchi (talaba)larda o'rganiiayotgan mavzuni kichik mavzularga
ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida o'rganish ko'nikmalarini
shakllantiradi. Shuningdek, u o'quvchi (talaba)larda mavzuni o'rganishga ijodiy
yondashish, shaxsiy fikr, o'zlashtirilgan tushunchalami tasviriy ko'rinishlarda
ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Undan foydalanish tartibi
quyidagicha:


Kichik mavzular bo'yicha imkoni boricha ma'lum otlami to'liq. bayon etish

Metodni qo'llashda o'quvchi (talaba)lar quyidagi shartlarga amal qiladi:


Kichik guruhlarning ishlariga xolis baho berish

O'quvchi
(talaba)

Zinama- zina metodiga qo’yiladigan mavzulari quyidagicha:



  1. Galileyning mexanikadagi nisbiylik prinsipi.

  2. Massa.

  3. Modda zichligi.

  4. Kuch tushunchasi.

  5. Nyutonning II –qonuni

Estafeta o’yini. bunda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan bo’ladi va 2ta qator bo’lib o’tirishadi

1-guruh


Mavzu yuzasidan Test





B)

D)

E)

2. 7500 J va 48000 N m ishlarni kilojoullarda ifodalang

A) 75 kJ va 48 kJ

B) 7,5 kJ va 4,8 kJ

D) 75 kJ va 4,8 kJ

E) 7,5 kJ va 48 kJ

3. Rasmda jismga ta`sir etayotgan kuch yo‘nalishlari keltirilgan. Qaysi holatda kuchning bajargan ishi manfiy bo‘ladi?

A)1


B)2

D)3


E)4

4. Qand solingan qutining o‘lchamlari 60x40x10 sm3 . Uni 1,5 m balandlikka ko‘tarilgandaqancha ish bajariladi? Qandning zichligi 1600 kg/m3.

A) 57,6 kJ

B) 576 kJ

D) 5,76 kJ

E) 576 J


5. 100 g massali jism 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan tekis sekinlanuvchan harakatlanadi. Ma'lum vaqtdan so‘ng uning tezligi 10 m/s ga teng bo‘ldi. Shu vaqtda ishqalanish kuchlari bajargan ishni toping.

A) 15 J;
B) 10 J;

D) -15 J;

E) -10 J.

6. 0,85 kJ va 20 N m ni joullarda ifodalang

A) 85 J va 20 J

B) 850 J va 20 J

D) 850 J va 200 J

E) 85 J va 200 J

7.Massasi 2 kg bo‘lgan jismni 30 N kuch ta'sirida 5 m ga ko‘tarildi?Bu kuchning bajargan ishi nimaga teng?

A) 0 J

B) 50 J

D) 100 J

E) 150 J


8.Tinch holatdagi og‘irligi 3Nbo‘lgan jism 5 N kuch bilan 5 m balandlikka ko‘tarilganda, bajarilgan ishni (J) toping?

A) 0;


B) 5;

D) 15;


E) 25.

9.Qaysi javobda 1 joulga to‘g‘ri ta'rif berilgan?

A) Jismni 1 N kuch ta'sirida 1 m ga ko‘chirishda bajarilgan i s h

B) 1 kg jismni 1 m ga ko‘chirishda bajarilgan ish

D) 1 kg jismni 1 N kuch ta'sirida ko‘chirishda bajarilgan ish

E) Jismni 1 N kuch ta'sirida 1 m/s2 tezlanish berishda bajarilgan ish

10.Mexanik ish qanday birlikda o‘lchanadi?

A) W


B) J

D) N


E) N/m

11.Qanday kuch jismni 0,2 m masofaga ko‘chirganda, 100 J ish bajaradi?

A) 200 N

B) 500 N;

D) 20 N;
E) 250 N

4. Darsga yakun yasash va baholash.



Darsga yakun yasash asosiy nazariy ma’lumotlarni takrorlash va bajariladigan misollar asosida, o’quvchilarni baholash asosida tashkil qilinadi.

5. Uyga vazifa berish:
Download 477,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish