O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish MMIBDO’



Download 401,58 Kb.
bet86/101
Sana22.08.2021
Hajmi401,58 Kb.
#153768
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
to'garak huquq

Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’____________________


30-Mavzu :O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari
Reja:

Darsning maqsadi:

1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish


Mavzu ustida ishlash natijasida:

vakillik hokimiyat organlari tizimi haqida;

markaziy va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati haqida bilib olasiz.

 

Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati



Joylardagi davlat hokimiyati tayanchlari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati O‘zbekiston Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuziladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning faoliyatlari kelishuvini ta’minlaydi.

VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI

Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.

Qonun belgilaydi

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasidan.

Topshiriq

O‘zingizni ma’lum bir tarmoq (xalq ta’limi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, tashqi ishlar) vaziri rolida tasavvur qiling.

Tanlab olgan tarmog‘ingizdagi muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar dasturini tuzing.

Maktab jamoasining muammolari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarinikidan kam emas. Maktabda Sizni tashvishlantirayotgan muammolarni o‘zingiz ham muvaffaqiyatli hal qilishingiz mumkin.

Guruhlarga bo‘linib, ulardan eng muhimlarini aniqlashga urinib ko‘rining va muammolarni hal etish yo‘llarini taklif qiling.

Yakunlarni chiqaramiz:

Ijro hokimiyati:

Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyat;

Iqtisodiyotni rivojlantirish samaradorligini ta’minlash;

Prezident tuzadi, Oliy Majlis tasdiqlaydi;

Hokim – joylarda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi;

Xalq deputatlari Kengashi – o‘z mintaqasidagi muammolarni hal etish;

O‘zini o‘zi boshqarish organlari;

Fuqarolik yig‘inlari: oqsoqoli – 2,5 yil;

Turar joy bo‘yicha muammolarni hal etish;

2003-yil 29-avgust – «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun (yangi tahrirda);

1999-y. 14-aprel – «O‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi  Qonun (yangi tahrirda).




Download 401,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish